1-dars Fan : Yozuv Sana: Mavzu


Download 145.27 Kb.
bet5/10
Sana30.06.2020
Hajmi145.27 Kb.
#122395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 sinfona tili


23-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: So`zlarni alifbo tartibida yozsih

1)O`quvchilarga alifbo haqida ma`lumot berish, so`zlarni bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatdan tahlil qilish orqali so`zlarning tovush tarkibini aniqlashga o`rgatish

2) O`quvchilarni va`daga vafo qilishga, keksalarning duosini olishga , atrofdagi odamlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning so`zlarni alifbo tartibida yozddirish orqali lug`atdan foydalanish ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Ff harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



Ff

Farruh favvora rasmini chizdi.

O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi..

O`qituvchi tovush va harflarni “Alifbo” kitobi yordamida bilib olganliklarini aytib , suhbat asosida mavzuni tushuntirishda davom etib, quyidagi savollar bilan o`quvchilarga murojaat etiladi.


  • Alifbe kitobi sizlarga nechta harflarni o`rgatdi? (29 ta)

  • Ulardan nechtasi harf birikmasi? (3 tasi)

O`quvchilarga Alifbo ko`rsatiladi.

  • Bu nima? (Alifbo)

  • Barakalla! Unda nimalarni ko`ryapsiz?(harflarni)

  • Unda harflar qanday joylashtirilgan? (tartib bilan)

  • “Alifbe” kitobida 1-, 2-, 3-bo`lib qaysi harflar o`rganilgan? ( O, n, a)

  • Barakalla! Bolajonlar siz birinchi bo`lib ?ona/ so`zini o`qishni va yozishni o`rgangan ekansiz/ Endi diqqat qiling, “Alifbo” da qaysi harflar 1-, 2-, 3- o`rinda turibdi? ( Aa, Bb, Dd)

  • Demak, bolajonlar:

Alidboda harflar tartib bilan joylashadi.

O`quvchilar birgalikda alifboni tartib bilan aytib chiqishadi.



  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

60-mashq doskada yoziladi. Mashq shartiga ko`ra bajartiriladi, tushirib qoldirilgan harflarni qo`yib so`zlar o`qitiladi va alifbo tartibida joylashtiriladi.

Anjir, bodom, do`lana, olxo`ri, tog`olcha, yong`oq, shaftoli, shotut.

Bog`imizda anjir, bodom, olxo`ri va shaftoli daraxtlari bor.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

“Davom ettir” o`yini o`tkaziladi.O`yin shartiga ko`ra har bir o`quvchi alifbo tartibida bittadabn so`z aytadi. Bu o`yinda sinfdagi barcha o`quvchilar qatnashadi.

61-mashqni o`quvchilar og`zaki bajaradilar.Bo`sh kataklar o`rniga unli harflarning mosini qo`yib berilgan gapni o`qiydilar.

Men Alifboni yod bilaman. Siz-chi?

O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.


  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 62-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi

24-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: So`zlardan undoshlarni aniqlash.

1)O`quvchilarga alifbo haqida ma`lumot berish, so`zlarni bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatdan tahlil qilish orqali so`zlarning tovush tarkibini aniqlashga o`rgatish

2) O`quvchilarni va`daga vafo qilishga, keksalarning duosini olishga , atrofdagi odamlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning so`zlarni alifbo tartibida yozddirish orqali lug`atdan foydalanish ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi. Lug`at diktant yozdiriladi, undagi undosh harflar aniqlanadi va tgiga chiziladi.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Xx harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi.



Xx

Xolida xola patir non yopdi.

O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi..

O`qituvchi tovush va harflarni “Alifbo” kitobi yordamida bilib olganliklarini aytib , suhbat asosida mavzuni tushuntirishda davom etib, quyidagi savollar bilan o`quvchilarga murojaat etiladi.

Alidboda harflar tartib bilan joylashadi.

Alifboda harflar nechaga bo`lib o`rganiladi? (ikkiga)

Bular qaysilar? (Unli va undosh harflar)

Unli harf deb nimaga aytiladi? ( O`pkamizdan cxhiqayotgan havo oqimi to`siqqa uchramasa, unli harflar talaffuz qilinadi)

Undosh harf;lar-chi? ( O`pkamizdan chiqayotga havo oqimi to`siqqa uchrasa, undosh tovush hosil bo`ladi?)

Alifboda nechta undosh bor? (23 ta)

Demak bolajonlar bugun biz sizlar bilan so`zlardagi undosh tovushlarni aniqlashni o`rganamiz.

O`quvchilar birgalikda alifboni tartib bilan aytib chiqishadi.


  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan test bajariladi.

  1. O`zbek tilida nechta undosh harf bor?

  1. 6 ta B) 29 ta D) 23 ta

  1. O`zbek tilida nechta undosh tovush bor?

  1. 24 ta B) 29 ta D) 23 ta

  1. Ushbu so`zlarda qaysi undosh harf tushib qolgan? Ya*malak, *ola, *ona.

  1. “h” undoshi B) “x” undoshi D) “b” undoshi

  1. O`zbek tilida nechta harf birikmasi bor?

  1. 19 ta B) 6 ta D) 3 ta

  1. Ushbu so`zlarda qaysi undosh harf tushib qolgan? Ozo*, farzan*, obo*.

  1. “d” undoshi B) “b” undoshi D) “t” undoshi

O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.

  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 5 ta ketma-ket kelgan undoshlarga so`z tuzib kelish topshiriladi.. Mashqning sharti tushuntiriladi.

Dars yakunlandi



25-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: Bo`g`in

1)O`quvchilarga bo`g`in haqida ma`lumot berish, so`zlarni bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatdan tahlil qilish orqali so`zlarning tovush tarkibini aniqlashga o`rgatish

2) O`quvchilarni qushlarni sevishga, ularning palaponlarini asrashga, parvarishlashga, ularga ozor bermaslik, qushlar bizning do`stimiz ekanligi haqida tushuncha hosil qilish.

3) O‘quvchilarga so`zlarni chiziqcha orqali bo`g`inga ajratib yozish, tahlil qilish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

“Bu - meniki” metodi. O`qituvchi harf yozilgan kartochkalarni o`quvchilarga tarqatadi. Har biz kartochkada har xil harf yozilgan bo`ladi. Shundan so`ng o`quvchilar so`zlarni o`qiy boshlaydi. O`quvchilar qo`llaridagi kartochkalarda yozilgan harf bilan boshlanadigan so`zni eshitishi bilanoq “Bu- meniki”- deb javob beradi. O`qituvchi so`zlarni tezroq o`qiydi., o`quvchidan ziyraklik talab qilinadi, topilgan so`zlar alifbo tartibida terib chiqiladi.Masalan: tarqatilgan harflar: A,B,O.

So`zlar: Avtobus, baxt, olmaxon..

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Yy harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



Yy

Yaxshiga yondosh, yomondan qoch.

  1. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu multimedia orqali tushuntiriladi.

Topishmoq aytiladi: Suvga yoysa bo`ladi,

So`ng o`ljaga to`ladi. (Tor)

So`ng o`qituvchi tomonidan to`rning nima uchun kerakligi haqida tushuncha beriladi.



  • O`quvchilarga baliq so`zida nechta harf borligi so`raladi (5 ta)

  • Nechta unli bor? (2 ta : a,i)

  • Baliq so`zida nechta bo`g`in bor? (2 ta)

So`ng qoida keltirib chiqariladi:

So`zda nechta unli harf bo`lsa, shuncha bo`g`in bo`ladi. So`zlar bo`g`inlarga bo`linadi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

63-mashq dosjada yoziladi. Mashq shartiga ko`ra bajartiriladi, o`quvchilarni so`zlarni qarsaklar yordaida bo`ginlarga bo`ladilar va yozadilar.

Op-poq, so-vuq, yax-ma-lak, qol-qop, qu-yosh, mu-saf-fo, ha-vo.

Lug`at ishi o`tkaziladi.

Musaffo- juda ham sof, beg`ubor.

Yaxmalak- muzdan bo`lgan yer.

64-mashq. Doskaga rsm ilinadi. Hikoya mavzusi ustida to`xtaladi. Ajtratilgan so`zlar doskada bo`g`inga bo`linib, yoziladi:

I-ni-dan, tu-xum, bu-vi-si, Ha-san, bo-la, och-di.

Shu o`rinda qushlarga g`amho`rlik qilish, ularning polaponlarini parvarish qilish haqida tushuncha berib o`tiladi.

“Bo`g`indan soz` top” o`yini o`tkaziladi.O`yin shartiga ko`ra har bir o`quvchi bo`g`inlardan mashqda berilgan so`zlarni hosil qilishi aytiladi.

So`ng o`quvchilar hikoyani davom ettiradilar. Har bir o`quvchining javobi tinglanadi.

O`quvchilar bilan o`qituvchi tanlagan so`zlarni fonetik tahlil qilinadi. O`qituvchi tekshiradi.

O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.


  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 65-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi

26-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: So`zlarni bo`ginga bo`lish

1)O`quvchilarga bo`g`in haqida ma`lumot berish, so`zlarni bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatdan tahlil qilish orqali so`zlarning tovush tarkibini aniqlashga o`rgatish

2) O`quvchilarni qushlarni sevishga, ularning palaponlarini asrashga, parvarishlashga, ularga ozor bermaslik, qushlar bizning do`stimiz ekanligi haqida tushuncha hosil qilish.

3) O‘quvchilarga so`zlarni chiziqcha orqali bo`g`inga ajratib yozish, tahlil qilish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

“Bu - meniki” metodi. O`qituvchi harf yozilgan kartochkalarni o`quvchilarga tarqatadi. Har biz kartochkada har xil harf yozilgan bo`ladi. Shundan so`ng o`quvchilar so`zlarni o`qiy boshlaydi. O`quvchilar qo`llaridagi kartochkalarda yozilgan harf bilan boshlanadigan so`zni eshitishi bilanoq “Bu- meniki”- deb javob beradi. O`qituvchi so`zlarni tezroq o`qiydi., o`quvchidan ziyraklik talab qilinadi, topilgan so`zlar alifbo tartibida terib chiqiladi.Masalan: tarqatilgan harflar: A,B,O.

So`zlar: Avtobus, baxt, olmaxon..

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Zz harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



Zz

Zar gilam zar-zar gilam

Kotaray desam og`ir gilam. (yer).

  1. Mustahkamlash

O`qituvchi yuqorida keltirilgan topishmioq javobini ayatdi. So`ng yer haqida ma`lumotlar keltiradi. Biz Yer sayyorasida yashashimiz, mana shu yer bizni boqishi, kiyintirishi, yashash uchun boshpana ekanligi tushuntiriladi. So`ng topishmoq javobi yuzasidan fonetik tahlil o`tkaziladi.

  • O`quvchilarga yer so`zida nechta harf borligi so`raladi (3 ta)

  • Nechta unli bor? (1 ta : e)

  • Yer so`zida nechta bo`g`in bor? (1ta)

So`ng qoida keltirib chiqariladi:

So`zda nechta unli harf bo`lsa, shuncha bo`g`in bo`ladi. So`zlar bo`g`inlarga bo`linadi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

66-mashq dosjada yoziladi. Mashq shartiga ko`ra bajartiriladi, Topishmoqdagi so`zlarni bo`g`inlarga bo`ling. Har bir so`zda nechta unli tovush va nechta bo`g`in bor? O`quvchilarni so`zlarni qarsaklar yordaida bo`ginlarga bo`ladilar va yozadilar.

Suv-ga yoy-sa bo`-la-di,

So`ng o`l-ja-ga to`-la-di. (ba`liq)

64-mashq. Matnni o`qing. Ajratib ko`rsatilgan so`zlarni bo`g`inlarga bo`lib yozing.

O`quvchilarga shu o`rinda do`lana o`simligi haqida tushuncha berib o`tiladi.

Do`-la-na, sha-g`al-li, o`-sa-di, besh-ta, u-ning, me-va-si, ju-da.

“Bo`g`indan soz` top” o`yini o`tkaziladi.O`yin shartiga ko`ra har bir o`quvchi bo`g`inlardan mashqda berilgan so`zlarni hosil qilishi aytiladi.

O`quvchilar bilan o`qituvchi tanlagan so`zlarni fonetik tahlil qilinadi. O`qituvchi tekshiradi.

O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.


  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 68-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi

27-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: So`zlarni bo`g`inlab ko`chirish.

1)O`quvchilarga so`zlarni bo`g`inlab bir satrdan ikkinchi satrga ko`chirish malakasini shakllantirish, bo`g`in ko`chirish qoidalariga rioaya qilish.

2) O`quvchilarga svetofordan foydalanish, yo`l harakati xavfsizligiga rioya qilish, kattalarni hurmat qilishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning bo`g`in ko`chirish qoidalaridan yozma nutqda to`g`ri foyadalana olish ko`nikmalarini rivojlantirish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

O`quvchilar bilan bir nechta so`zlar fonetik tahlil qilinadi.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik O`o` harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

O`o`

O`ylovsiz boshdan tosh yaxshi..


  1. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu multimedia orqali tushuntiriladi.

Multimedia ilovasida svetofor rasmi ko`rsatiladi. o`quvchilarga har bir chiroqqa tegishli so`zlar yozilgan bo`ladi va tushuntiriladi.



Qizil rang taqiq belgisi- mumkin emas! Bo`g`inlab ko`chirish mumkin emas! Masalan: o-na, o-ta, a-ka, u-ka so`zlarida ikkita unli harf, lekin yolg`iz qoldirib ko`chirish mumkin emas.

Sariq rang- ogohlantiruvchi belgi- o`tish mumkin emas. Ma`no, sa`va, da`vo so`zlaridagi tutuq belgisi birinchi bo`g`inda qoladi, ikkinchi bo`g`inga o`tish mumkin emas.

Yashil rang- o`tish mumkin. Barcha ikki, uch bo`g`inli so`zlarni bo`g`inga bo`lib ko`chirish mumkin, -deb svetofor misolida tushuntiriladi.

Shu o`rinda yol` harakati xavfsizligiga rioya qilish zarurligi yana bir bor ta`kidlanadi.

So`ng darslikdagi 69-mashq bajariladi.

O`quvchilar oldin so`zlarni bo`g`inga bo`lib doskaga yozadilar, keyin savol beriladi:

-O`ylang, so`zlarni bir satrga sig`may qolgan qismi ikkinchi satrga qanday ko`chiriladi?

Bo`g`inlarga bo`lish Bo`g`inlab ko`chirish

Mu-qad-das Muqad-das, Mu-qaddas

Sar-kar-da Sar-karda, sarkar-da

A-zim-jon Azim-jon

o-na-xon. Ona-xon

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

70-mashq. So`zlarni kochirish qoidasiga moslab bo`g`inlarga bo`lib yozing.

Hi-lo-la, ol-ma, sak-kiz, o`quv-chi, ki-tob, ushoq, sur`-at, ma`-no.

71-mashqdagi so`zlar bo`g`inga bo`lib o`qitiladi. O`quvchilar mashqdagi so`1zlarni ikki guruhga ajratadilar.

Mumkin emas! Mumkin!

A`lo, odob Qorbobo

Eshik, o`roq, G`ayrat

Odam, opa, Tennis

Asal, e`lon O`rtoq

uka ozoda

O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.


  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 65-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi
28-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: So`zlarni bo`g`inlarga bo`lish

1)O`quvchilarga so`zlarni bo`g`inlab bir satrdan ikkinchi satrga ko`chirish malakasini shakllantirish, bo`g`in ko`chirish qoidalariga rioaya qilish.

2) O`quvchilarga svetofordan foydalanish, yo`l harakati xavfsizligiga rioya qilish, kattalarni hurmat qilishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning bo`g`in ko`chirish qoidalaridan yozma nutqda to`g`ri foyadalana olish ko`nikmalarini rivojlantirish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

O`quvchilar bilan bir nechta so`zlar fonetik tahlil qilinadi.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik G`g` harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

G`g`

G`ayrat - g`ayratli bola..


  1. Mustahkamlash

Multimedia ilovasida svetofor rasmi ko`rsatiladi. O`quvchilarga yana bir bor tushuntiriladi, har bir chiroqqa tegishli so`zlar yozilgan bo`ladi va tushuntiriladi.


Download 145.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling