1-dars Fan : Yozuv Sana: Mavzu


Joy nomlari bosh harf bilan yoziladi


Download 145.27 Kb.
bet8/10
Sana30.06.2020
Hajmi145.27 Kb.
#122395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 sinfona tili


Joy nomlari bosh harf bilan yoziladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi mashqlar ustida ishlar olib boriladi.

106-mashq. Mashq shartiga ko`ra bajariladi. Matn ifodali o`qitiladi.

Qarshi – qadimiy va navqiron shahar. Qarshi sharidan temiryo`l o`tadi. Temiryo`l Qarshini Toshkemt, Farg`ona, Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlari bilan bog`laydi.

.


  • Matndan nimalarni bilib oldingiz?

  • Joy nomlarini aniqlang..

  • Ularga so`roq bering.

Matn ko`chiriladi. Joy nomlari va shaxs nomlarining tagiga chiziladi.

107-mashq sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, doskada va daftarda bajariladi.

Shaharlar: Toshkent, Samarqand, Xiva, Nukus.

Yakkatol, Madaniyat, Qo`rg`onteopa, Oltiariq.

Mevazor, Tolariq, Yangi Qo`yliq, Ittifoq.

Ko`chalar: Qatortol, Do`stlik, Farobiy, Baraka.



  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 108-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi.

Dars yakunlandi



53-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu:Shaxs va narsaning miqdorini bildirgan so`zlar.

1)O`quvchilarga necha? Nechta? Qancha? Nechanchi? So`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni so`roqlar yordamida aniqlash, ularni so`roqlar yordamida boshqa so`zlardan farqlashga o`rgatish

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga , undan oqilona foydalanishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish ko`nikmalarini shakllantirish va chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish..



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.

1.Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.



  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi. Quyidagi savollarga javoblar topiladi.

  • Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?

  • Qanday so`zlar belgini bildiradi?

  • Belgini bildirgan so`zlarga misollar keltiring.

Husnixat mashqi o`tkaziladi.

O`zi kichkina, ingichka, kokili uzun. (igna, ip)

  1. Yangi mavzu bayoni.

Multimedia ilovada raqamlar ushbu katakda ko`rsatiladi, o`quvchilar ularning har biriga so`roq beradilar. Raqamlar asosida beshta raqamni nom bildirgan so`z bilan yozadilar.

Namuna: Bitta olma, ikkita jo`ja, to`rtta anor, sakkizta kitob.

Mashq bajarilganch, o`qituvchi quyidagi savollar asosida suhbat uyushtiriladi:


  • Miqdorni bildirgan so`zlarga qanday so`roq beriladi?

  • Necha? Nechta? So`qroqlariga javob bo`lgan so`zlar shaxs va narsalarning nimasini bildiradi?

O`quvchilar berilgan javoblarni umumlashtirib, darslikdagi berilgan qoida keltirib chiqaradi.

Sanoqni bildirgan so`zlar necha? Yoki nechta? So`rog`iga javob bo`ladi.

  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun “Raqamlarni joylashtir” didaktik o`yini o`tkaziladi.

O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linadilar, rasmlarda ko`rgan narsalarning soniga qarab raqamlar joylashtiriladi.

So`ng darslikdagi mashqlar bajariladi.

138-mashq.”Laylaklar” she`ri ifodali o`qib eshittiriladi. Nechta? So`rog`iga javob bo`lgan so`zlar aniqlanadi va husnixat asosida ko`chiriladi.

Bir juft, uch tup. Ikki laylak, bir daraxt.

Lug`at ishi o`tkaziladi:



Maskan- vatan, uy-joy, mo`jaz- ajoyib, g`alati, olmurut- nokning maydaroq turi, ark- ichki qal`a, qo`rg`on, adl-tik, qo`sh- ikkita juft.

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 139-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi.

Dars yakunlandi



53-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: 7-Nazorat ishi. Test.

1)O`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, og`zaki nutqini yozma nutqda ifodalay olishlarini , so`z, gap haqidagi ma`lumotlarini mustahkamlash, belgini, harakatni, miqdorni bildirgan so`zlar haqidagi bilimlarini tekshirish..

2) O`quvchilarni tabiatdagi o`zgarishlartni kuzatishga o`rgatish va ahillik, inoqlik xislatlarini tarkib toptirish.

3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi: Nazorat darsi.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Uy vazifasi 139-mashq parta oralab tekshiriladi, o`rganilgan mavzu yuzasidan savol-javobo`tkaziladi.

  1. Nazorat ishini tashkil etish:

Mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Barcha o`quvchilarga nazorat ishi haqida yana bir bor tushuncha beriladi., nazorat ishi daftarlari tarqatiladi va test yozdiriladi.

Test.


  1. Unli tovush nechta?

J:

  1. Gaplar nimalardan tuziladi?

J:

  1. Shaxsni bildirgan so`zlar qanday so`roqqa javob bo`ladi?

J:

  1. Narsani bildirgan so`zlar qanday so`roqqa javob bo`ladi?

J:

  1. Kishilarning ismi va familiyasi qanday harf bilan yoziladi?

J:

  1. Rang bildiruvchi so`zlar qatorini toping.

  1. Shirin, ko`k, kichik B. Sariq, oq, yashil C. Katta, odobli, nordon D. Baland, qora

  1. Nuqtalar o`rniga mos so`zlar qatorini toping.

Yozda daraxtlar .....va ......mevalar beradi.

  1. Sershox, oq B. Chiroyli, go`zal C. Shirin, mazali D. Qizil, ko`p

  1. Qanday va qanaqa so`roqlariga javob bo`lgan so`zl;ar qatorini toping:

  1. Daraxt, gul , kitob B. O`qidi, keldi, oldi C. Qizil, katta, chiroyli D. Olma, shirin

  1. Harakatni bildirgan so`zlar qatorini o`qing.

  1. Koptok, kitob, o`ynadi B. O`ynadi, yozdi, o`qidi C. Yugurdi, olma, anor D. Oq, to`p

  1. Joy nomlari berilgan qatorni ayting.

  1. Toshkent, Xumson, Chinoz B. Chirchiq, Go`zal, Mosh C. Kitob, Anvar, daftar

D. Bilol, Samarqand

O`quvchilarning nazorat ishi daftarlari yig`iladi va darsdan tashqari tekshiriladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash beriladi. Dares yakunlandi.

. 54-dars



Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu:Takrorlash

1)O`quvchilarga narsa va shaxs nomini bildiruvchi so`zlar, belgini bildiruvchi so`zlar, harakatni bildiruvchi so`zlar, miqdorni bildiruvchi so`zlar yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash va mustahkamlash

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga , undan oqilona foydalanishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish ko`nikmalarini shakllantirish va chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish..



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.

1.Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.



  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi. Quyidagi savollarga javoblar topiladi.

  • Shaxs va narsaning sanog`ini, miqdorini, tartibini bildirgan so`zlar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?

  • Qanday so`zlar shaxs va narsaning miqdorini bildiradi?

  • Tartbni bildirgan so`zlarga misollar keltiring.

Husnixat mashqi o`tkaziladi.

Yetti o`lchab, bir kes.

O`quvchilar berilgan javoblarni umumlashtirib, darslikdagi berilgan qoida keltirib chiqaradi.



Sanoqni bildirgan so`zlar necha? Yoki nechta? So`rog`iga javob bo`ladi.

  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun “Raqamlarni joylashtir” didaktik o`yini o`tkaziladi.

O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linadilar, rasmlarda ko`rgan narsalarning soniga qarab raqamlar joylashtiriladi.

So`ng darslikdagi mashqlar bajariladi.

147-mashq.So`roqlar o`rniga mos so`zlarni qo`yib , gaplarni o`qing.

(Kimlar?) O`quvchilar quyon boqdi.

Quyonlar (nechat?) to`rtta bo`ldi

(Qanday? ) Momiq quyonlar (kimga?) hammada yoqdi.

148-mashq husnixat bilan ko`chiriladi. Ajratib berilgan so`zlarga so`roq beriladi, ularning nimani bildirishi aniqlanadi.

Vatanim – quyosh,

Boshimni silar.

U menga ko`z-qosh,

Iqbolim tilar.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 149-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi.

Dars yakunlandi



55-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: Og`zaki va yozma nutq

1)O`quvchilarda nutq , matn va gap tushunchalarini hosil qilish, matn- bir voqeani ifoda etuvchi gaplar yig`indisi ekanini, gapning fikr ifoda etishini aniqlashlariga erishish. Matn ustida ishlashda uni qayta hikoyalash usulini qo`llash. Og`zaki va yozma nutqni farqlash.

2) O`quvchilarga “Hunarli kishi xor bo`lmas’ maqoini mashq orqali tushuntirish, o`quvchilarning hunarga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otish.

3) O‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.

1.Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.



  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

Harakatni bildirgan turaman, yuguraman, chiniqaman so`zlarining tagiga chizilganligi tekshiriladi.

Sport turlari haqida klaster qilinadi. Har qaysi sport turida bajariladigan harakatlar savollar asosida so`raladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.



  1. Yangi mavzu bayoni.

O`qituvchi rasm ko`rsatadi va shu rasm asosida savol-javob o`tkazadi.

-Rasmda qaysi xona ko`rsatilgan?

Sinf xonasi qamday ko`riunishda ekan?

O`quvchilar nima qilyapti?

O`qituvchi nima qilyapti?

O`quvchilarning kayfiyati qanday?

Mana shu aytgan gaplarimizning hammasi nutq deyiladi. Nutq og`zaki va yozma shaklda bo`ladi. Nutq gaplardan trashkil topadi.

“Pochtachi” o`yini orqali yangi mavzu haqida tushuncha kengaytiriladi.



  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi mashqlar bajariladi.

150-mashq multimedia ilova asosida bajariladi. Mashqda berilgan rasm asosida hikoya tuziladi.



Anvarning dadasi mohir duradgor. Ravshan aka yasagan deraza va romlarga hammaning havasi keladi. Anvar katta bo`lsa dadasiga o`xshab duradgor usta bo`lmoqchi. U o`z qo`llari bilan qushlarga in yasadi.

Shundan so`ng mashq yuzasidan qisqa savol-javob o`tkaziladi.

151-mashq. Bu mashqni bajarish uchun o`qituvchi “Hikoya” ta`limiy o`yinidan foydalanadi.Darsliklar yopiladi. Mashq asosida har bir gapdagi so`zlar aralash holda doskaga yoziladi yoki qog`ozga yozilgan so`zlar oskaga yopishtiriladi. O`quvchilar shu so`zlar ishtirokida gap tuzadi. Har bir qatorga alohida vazifa beriladi, so`ng jamlanadi.


  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 152-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi.

Dars yakunlandi



56-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: Og`zaki va yozma nutq

1)O`quvchilarda nutq , matn va gap tushunchalarini hosil qilish, matn- bir voqeani ifoda etuvchi gaplar yig`indisi ekanini, gapning fikr ifoda etishini aniqlashlariga erishish. Matn ustida ishlashda uni qayta hikoyalash usulini qo`llash. Og`zaki va yozma nutqni farqlash.

2) O`quvchilarga “Hunarli kishi xor bo`lmas’ maqoini mashq orqali tushuntirish, o`quvchilarning hunarga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otish.

3) O‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.

1.Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.



  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.



  1. Yangi mavzu bayoni.

O`qituvchi rasm ko`rsatadi va shu rasm asosida savol-javob o`tkazadi.

-Rasmda qaysi fasl ko`rsatilgan?

Bu faslda qanday o`zgarishlar bo`ladi?

Bu faslda odamlar qanday mehnat bilan mashg`ul bo`ladi?

Bu fasl hammaga yoqadimi?

Mana shu aytgan gaplarimizning hammasi nutq deyiladi. Nutq og`zaki va yozma shaklda bo`ladi. Nutq gaplardan trashkil topadi.

“Pochtachi” o`yini orqali yangi mavzu haqida tushuncha kengaytiriladi.


  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi mashqlar bajariladi.

153-mashq multimedia ilova asosida bajariladi. Mashqda berilgan rasm asosida hikoya tuziladi.



Sobira va Xolida qalin dugona. Ular bugun “Mehmon-mehmon’ o`yinini o`ynamoqchi bo`ldilar. Sobira Xolidalarnikida mehmon bo`lib keldi. Xolida Sobirani ochiq chehra bilan kutib oldi.Ular uyga kirish oldidan Volida Sobiraning qo`liga odob bilan suv quydi va toza sochiq tutdi..

Shundan so`ng mashq yuzasidan qisqa savol-javob o`tkaziladi.

154-mashqni bajarish uchun darslikdagi mashq o`qiladi va qanday matn berilganligi uning mazmuni tushuntiriladi.Ko`chiriladi, yordamlashdi so`ziga ma`nodosh so`zlar topiladi.

Zarif va Zafar

Zarif shaharda yashaydi. U qishloqdagi xolasining uyiga bordi. U yerda Zarif Zafar akasiga yordamlashdi.

Shu o`rinda o`quvchilarga mehnatsevarlik fazilati singdiriladi, kattalarga yordamlashishga undaladi.

Yrdamlashdi- ko`maklashdi.


  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 155-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi.

Dars yakunlandi



57-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: Gap

1)O`quvchilarni gapning muhim belgilari bilan tanishtirish, og`zkai va yozma nutq tuzishga o`rgatish.

2) O`quvchilarni suvni asrashga, hayvonlarni avaylashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish, husnixat ko`nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.

1.Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.



  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.



  1. Yangi mavzu bayoni.

156-mashq sharti o`qiladi va so`zlarning ma`nosini farqlashga xizmat qilayotgan tovushni aytish so`raladi. Mashqdagi adabiy-orfoepik talaffuz ustida ham ishlanadi. Har bir gapning oxirida ovoz pasaytiriladi va o`qituvchi savol beradi:

  • Nechta gap o`qidingzi?

  • Har bir gap qanday harf bilan boshlangan?

Biz hayvonot bog`iga bordik. Bog` keng maydonni egallagan. Hayvonot bog`ida dengiz akvariumi ham bor ekan.

Mashq husnixat bilan ko`chiriladi. Mashqdagi har bir gapning mazmuni yoritiladi. “Dengiz akvariumi” haqida tushuncha berialdi.

So`ng qoida keltirib chiqariladi:

Gap so`zlardan tuziladi. Gapning birinchi so`zi bosh harf bilan boshlanadi. Gapda so`zlar o`zaro bog`lanadi.

“Pochtachi” o`yini orqali yangi mavzu haqida tushuncha kengaytiriladi.



  1. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi mashqlar bajariladi.

157-mashq sharti o`gzaki tushuntiriladi. Mashq og`zaki o`qitiladi. O`qituvchi savol beradi. Nechta gap o`qidingiz? Gapning birinchi so`zi haqday harf bilan boshlangan?

Quddus Muhammadiy

Quddus Muhammadiy- bolalarning sevimli shoiri. Bolalar shoirning “Tabiat alifbesi” kitobini sevib o`qiydilar. Bu kitob ona tabiatni va jonivorlarni sevishga o`rgatadi.

Matn ustida ishlar olib boriladi. Multimedia orqali o`quvchilarga bir nechta topshiriqlar bajartiriladi.


  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 158-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi.

Dars yakunlandi




58-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Download 145.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling