1-dars Mavzu: Fanga kirish. Akademik yozuv axborot
FANGA KIRISH. AKADEMIK YOZUV VA
Download 187.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza Fanga kirish.Akademik yozuv axborot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yilgan talablar.
1. FANGA KIRISH. AKADEMIK YOZUV VA AXBOROT. Ilova 1. Ilova 2. Kursning qisqacha mazmuni Inson jamiyatda yashaydi, uning a’zosi hisoblanadi. Jamiyat a’zolari bir-birlari bilan munosabatda bo’ladilar. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy-ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Hozirgi kunda o‘zbek tilining mavqei tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish Akademik yozuv yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilganligi barcha mutaxassislarniing millaidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini mukammal bilishlarini taqazo etmoqda. Ushbu kursda o‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish blan bog‘liq nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, nutqning rasmiy, ommabop, va ilmiy uslublarini chuqur o‘zlashtirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, ilmiy mazmundagi nutqni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etish hamda yozishga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yilgan talablar. Akademik yozuv 1 fani bo‘yicha talabalar: - o‘zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini; - o‘zbek tilining gap qurilishi; - rasmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak. -o‘zbek tilida sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; (bilim) - davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo‘lish, ish yuritish ko‘nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; - nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llash, o‘zbek tilida ish yuritish ko‘nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. (ko‘nikma) - o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; - sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; - o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. (malaka) Download 187.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling