1-dars Mavzu: Fanga kirish. Akademik yozuv axborot


Download 187.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.01.2023
Hajmi187.33 Kb.
#1086324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Maruza Fanga kirish.Akademik yozuv axborot.

 
 
Akademik yozuv 1 fanidan talabalar bilimini baholash mezoni. 
Baholash.Talabalar kurs davomida ularning faol ishtiroki, amaliy mashg‘ulotlarda 
topshiriqlarni bajarishi, mustaqil ta’limda kreativ taqdimoti hamda test natijalariga 
ko‘ra baholanadilar. Kurs bo‘yicha baholanish quyidagicha foizni tashkil qiladi: 
• 
amaliy mashg‘ulotlar: 30% 


• 
mustaqil ta’lim: 20% 
• 
yakuniy nazorat: 50% 
Ilova 3. Til va Nutq. 
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda
ko‘p narsalarni bilishi kerak.U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o 
‘rganadi. Eshitib, o ‘qib o ‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning 
imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z
tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa,
shunday yashagan va bu gungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan 
bo‘lardi. 
Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining
har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko'pchilik tomonidan 
rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-
avlodga og'zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning
ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. 
Til ilm olishda zamon va makon g'ovini o'rtadan ko'taradi. U tufayli eng 
qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham 
olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham 
o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi
mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o'zlashtiramiz. Xuddi
shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida 
o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz. 
Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki
u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib,
umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy
xossalarini o'rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat 
tugldiradi. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini
bajaradi.
Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, 
saqlanadi va avloddan-avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda
millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-
tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson
tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani 
bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali 
grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o ‘zaro bogianishda borliq 
haqidagi hukmlami ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.Til
insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning


ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ij'timoiy 
hodisadir. 
Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq
holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga
chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur jarayonining
natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa 
tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab
beruvchi quroldir. 
Til– kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigannoyob 
ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebahomulki bo‘lib, 
o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasigaxizmat qiluvchi tilga 
o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. 
Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tilikeyinchalik yozma shaklda ham 
namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum 
me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydobo‘lgan. Til hodisalaridan ma'lum 
me'yor asosida foydalanish adabiy o‘zbektilining shakllanishiga olib kelgan.
So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab 
kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari 
nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbektili deb 
ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum 
belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.
Til murakkab qurilishga molik bo‘lib, dastlab uning ikki holati lison va nutq 
farqlanadi. Lison– kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan 
vaulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu 
boylikdanfoydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi.
Lison kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud mavhum hodisa 
bo‘lib, aql bilan idrok qilinadi; nutq esa ana shu mavhum hodisadan foydalanish 
jarayoni natijasida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo‘lib, uni talaffuzbirliklari 
sifatida eshitamiz(yozuvda esa ko‘ramiz). Lisonda mavjud hodisalarga lisoniy 
birliklar deyiladi; lisoniy birliklarning nutq jarayoni natijasida moddiy shakl olgan 
holatiga nutqiy birliklardeyiladi.Har bir kishining miyasidagi til xotirasi qismida 
lisoniy birliklarning vaulardan foydalanish qoidalarining ramzlari mavjud, har bir 
kishi ehtiyojga qarab bu ramzlardan foydalanib nutq hosil qiladi.
Ayrim adabiyotlarda til bilan nutq o‘zaro dixotomiya, oppozitsiya hosiletuvchi 
hodisalar deb qaralib, til - nutq tarzida baholanadi. Nutqqa muqobil holda 
ajratiladigan hodisadeb til emas, balki lison ta'kidlanishi lozim. Bu munosabatni
chizmadaquyidagicha ko‘rsatish mumkin:


T i l 
Lison
nutq 
Lison bilan nutq o‘zaro dixotomiya hosil etadi, lekin zidlanuvchi(oppozitiv) 
hodisalar emas, balki asos va hosila munosabatidagi hodisalar. Til hodisasi dastlab
nutqda paydo bo‘ladi, takror-takror ishlatilishinatijasida miyaning til xotirasi 
qismida bu hodisaning ramzi shakllanadi, keyinchalik ana shu ramzdan nusxa olib 
nutqiy birlik hosil qilinadi. Demak, asli til hodisalari nutqdan lisonga ko‘chadi va 
keyin-gina lisondan nutqqa olibchiqiladi.
Lisonda bor imkoniyatlar-gina nutqda voqelanadi, lisonning imkoniyatlari 
boy bo‘lib, nutqda uning ma'lum bir qismi-gina namoyon bo‘ladi deyishdanlison 
go‘yo azaliy, tug‘ma, mukammal degan fikr tushuniladi. Vaholanki hali 
tili chiqmagan go‘dakning miyasidagi til xotirasi qismida hech qanday 
ramzbo‘lmaydi; go‘dak nutqni egallay boshlaganidan keyin-gina miyasida ramzlar 
paydo bo‘ladi. Demak, lison azaliy(zot) emas, balki nutq asosida shakllanadigan, 
to‘ldiriladigan boylik. Tilning taraqqiyoti nutq yordamida voqe bo‘ladi. Har qanday 
yangilik, masalan, yangi leksema yasash, boshqa tildan leksemaolish avvalo nutqda 
voqe bo‘ladi, bu yangilik til taraqqiyoti qonunlariga zidbo‘lmasa lisonda ramz 
sifatida muhrlanadi, ana shundan keyin lisondagi bu 
ramzdan nusxa olib nutq hosil qilinadi.
Tilni o‘rganish, o‘rgatish ham lison asosida emas, nutq asosida amalga 
oshiriladi, chunki bevosita kuzatishda berilgan hodisa– nutq. Nutqni kuzatish orqali 
til qurilishini, til qurilishining lison deb ataladigan holatini anglashga harakat 
qilinadi. Tilshunosning tilni kuzatish, o‘rganish quroli– nutq. Tilga, lisonga xos 
hodisalarning mohiyati, bu hodisalar orasidagi munosabatlar nutqni kuzatish orqali 
aniqlanadi. Ushbu qo‘llanmada hozirgi adabiyo‘zbek tilining qurilishi mavhum 
fikrlash yo‘li bilan emas, balki bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisalar tahlili 
asosida bayon qilinadi. 
Til va yozuv. Til - aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga 
oshirishga xizmat qiladi. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq 
yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning 
uchun u Fanning maqsadi – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma 
savodxonligi yetuk mutaxas sisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til 
bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, 
nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani 
shakllantirishdir. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga 
qarab gap tuzadi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning 
umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning 
uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab 


gapir. Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish 
barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida 
ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga 
ega. Shuning uchun ham Alisher Navoiy barcha mahluqotlarning zoti sharifi inson 
ekanligini ta’kidlaydi. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. 
Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha 
shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida 
saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; 
vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi. 

Download 187.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling