1-dars Mavzu: Fanga kirish. Akademik yozuv axborot


  FANGA KIRISH. AKADEMIK YOZUV VA


Download 187.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana10.01.2023
Hajmi187.33 Kb.
#1086324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Maruza Fanga kirish.Akademik yozuv axborot.

 
1. 
FANGA KIRISH. AKADEMIK YOZUV VA 
AXBOROT. 
Ilova 1. 
Ilova 2. 
Kursning qisqacha mazmuni 
Inson jamiyatda yashaydi, uning a’zosi hisoblanadi. Jamiyat a’zolari bir-birlari bilan 
munosabatda bo’ladilar. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash uchun tildagi 
uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy-ish 
yuritish tilini ham bilishi kerak. 
Hozirgi kunda o‘zbek tilining mavqei tobora ortib borayotganligi, lotin 
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish 
Akademik 
yozuv


yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilganligi barcha mutaxassislarniing millaidan qat’iy 
nazar, o‘zbek tilini mukammal bilishlarini taqazo etmoqda. 
Ushbu kursda o‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini 
o‘zgartirib, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan 
bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish blan bog‘liq nutqiy ko‘nikmalarni 
hosil qilish, nutqning rasmiy, ommabop, va ilmiy uslublarini chuqur o‘zlashtirish, 
o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, ilmiy 
mazmundagi nutqni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etish hamda yozishga o‘rgatish 
ko‘zda tutiladi. 
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yilgan talablar.
Akademik yozuv 1 fani bo‘yicha talabalar: 
- o‘zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap qurilishi; 
- rasmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak. 
-o‘zbek tilida sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; (bilim) 
- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo‘lish, ish yuritish 
ko‘nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va 
ko‘nikmalarini qo‘llash, o‘zbek tilida ish yuritish ko‘nikmalarini faoliyatiga tatbiq 
eta olish, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. (ko‘nikma) 
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda
to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; 
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni 
mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; 
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli 
foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga
ega bo‘lishi zarur. (malaka)

Download 187.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling