1-dars Mavzu: Fanga kirish. Akademik yozuv axborot


Download 187.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana10.01.2023
Hajmi187.33 Kb.
#1086324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Maruza Fanga kirish.Akademik yozuv axborot.

Og’zaki nutq turlari 
I.Siyosiy-ijtimoiy nutq: 
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq. 
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq. 
3. Siyosiy sharh. 
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi. 
5. Miting nutqi. 
6. Rasmiy-diplomatik nutq. 
7. Ilmiy-ommabop nutq. 


II.Akademik nutq: 
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari. 
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar). 
3. Ilmiy sharh. 
4. Ilmiy axborot. 
III.Sud nutqi: 
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi. 
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi. 
3. Oqlovchi (advokat) nutqi. 
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi. 
5. 
O'z-o'zini 
himoya 
qilish 
nutqi. 
IV. Ijtimoiy-maishiy nutq: 
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi). 
2. Ta'ziya (motam nutqi). 
3. Tabrik nutqi (tost). 
V.Diniy nutq: 
1. Hutba. 
2. Va'z. 
Yozma nutq og‘zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan bo’lib,
adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi 
grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bolaklari, gaplar, ularning
qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og‘zaki nutq 
kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va 
zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog‘lash vositasidir.


Yozma manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak
avlod foydalanishini ta’minlaymiz. 
Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, shuningdek, hujjatlar,
ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar kiradi. Yozma nutq 
savodxonligi har bir kishidan o‘z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik 
qoidalariga, adabiy til me yorlariga rioya qilgan tarzda ifodalashni talab 
qiladi.Tilning mavjud barcha vositalari va ular imkoniyatlaridan maqsadga
muvofiq tarzda o ‘rinli, to ‘g‘ri foydalanilgan holda tuzilgan nutq madaniy nutqdir. 
Nutq madaniyati esa ana shu tilni — aloqa-aralashuv qurolini
ishlatishga bo‘lgan munosabatdir. Bu noyob qufolni ishlatishga bo‘lgan
munosabat qanchalik yomon bo‘lsa, uni ishlatishga qanchalik befarqlik bilan 
qaralsa, nutqning madaniylik darajasi ham shunchalik past bo‘ladi va aksincha, 
munosabat qanchalik yuqori bo‘lsa, nutq ham, aloqa ham shunchalik madaniy 
bo‘ladi. So‘zlovchi yoki yozuvchida til imkoniyatlariga munosabat, uning
ishlatilishidagi boshqa omillar: tafakkur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar,
maqsadga boigan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo‘lsa, nutq madaniyati 
ham yuqori saviyada bo‘ladi va aks holda nutq madaniyati ham past saviyada 
bo‘ladi. 
Yozma nutq og'zaki nutqni rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Axir, 
matnlarni qayta tuzish, asosiy fikrlarni shakllantirish - bularning barchasi bizning 
muloqotimizning ajralmas qismidir. Keyinchalik og'zaki nutqning rivojlanishi 
nafaqat butun jamiyatning rivojlanishi, balki insonning shaxsiy fazilatlarini ham 
anglatadi. ozma nutqning xususiyatlari 
O'z fikrini yozma nutq bilan etkazish uchun, bir kishi matnni o'qiydigan odamning 
fikrini tartibga solishga yordam beradigan paragrafni ishlatadi. Bo'shliq paneli 
matnning bir qismini bir-biridan ajratib qo'yishga imkon beradi. Agar ma'lum 
tanlovlar, shriftlar foydalansangiz, bu bilan siz o'quvchining diqqatini ma'lum bir 
ma'lumotga jalb qilishingiz mumkin. 
Yozma nutqning buzilishi 
Insonda yozma nutqning qisman buzilishi disgrafiya deb ataladi. U o'zini namoyon 
bo'lishining qat'iyati bilan tavsiflangan xato bilan o'zini namoyon qiladi. Buning 
sababi yozma jarayonlarga bevosita ishtirok etadigan aqliy rivojlanishning yuqori 
funktsiyalarining mavjud emasligidan kelib chiqadi. Nutq terapevtlari bu 
muammoni bartaraf etishlari mumkin. 
Va nihoyat, yozma til og'zaki gaplardan sezilarli darajada farq qiladi va oxirgisi kabi 
bir qator afzallik va kamchiliklarga ega. 



Download 187.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling