1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi
Download 429.38 Kb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-fizika-namuna
3.
Yangi mavzuning bayoni. 0‘qituvchi o‘tilgan awalgi mavzuni xulosalaydi. Moddaning molekulalardan, molekulalar atomlardan tashkil topganligini yana bir bor ta’kidlaydi. So'ngra yangi mavzuni bayon etishni boshlaydi. Bunda «molekula» so‘zining ma’nosini tushuntirib beradi.
«Molekula» lotincha «moles» - «kichik massa» ma’nosini anglatadi. Shundan so‘ng darslikdagi 6- rasm tushuntiriladi.Molekulalaming o‘lchami esa 7- rasmga asosan tushuntiriladi. Aniq o‘lchashlarga ko‘ra, molekulalaming o'lchami 10‘ t0 - 1£H m tartibda bo‘ladi. Molekulalar konsentratsiyasi deb, hajm birligidagi molekulalar soniga aytiladi van harfi bilan belgilanadi. Bunda n= N/V. Uning asosiy birligi 1/m 3 = nr 3 . Undan tashqari, srrr 3 va dm
3
kabi birliklarda ham o‘lchanadi. Molekulalar massasini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: m 0 = m/N yoki m 0 =
(1000 kg/m 3 )/(3,7*10 28 nr
3 ) »2,7*10' 26 kg.
Darslikda keltirilgan massaning atom birligi, uning qiymati, molekular massa haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Odatda o‘quvchilar molekular massa va atom massani tushunishlari qiyinroq bo‘ladi. Shuning uchun bu tushunchalami misollar orqali oddiy ravishda tushuntirish tavsiya etiladi. Bu tushunchalami anglab olishlari uchun o‘quvchilarga qo‘shimcha ravishda azot (N 2 ), osh tuzi (NaCl) kabi moddalaming molekular massasini aniqlash topshirig‘ini berish mumkin. Darslikda berilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda molekulalar mavjud ekanligining isbotiga oid quyidagilami ham bayon etish tavsiya etiladi: Atom va molekulalar borligining garchi bilvosita boisa ham birinchi ishonchli isbotini ingliz olimi D.Dalton bergan. Dalton doimiy nisbatlar qonunini topgan. Bu qonunga muvofiq har qanday kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishida reaksiyaga kirishuvchi moddalaming massalari tayinli bir nisbatda bo‘ladi. Masalan, vodorod va kisloroddan suv hosil bo‘lishida reaksiyaga kirishgan vodorod va kislorod gazlari massalarining nisbati hamisha 1:8 ga teng. Bu faktni tushunish uchun suvning nihoyatda mayda zarrasi, ya’ni suv molekulasi hosil bo‘lishida vodorodning tayinli bir miqdordagi atomlari kislorodning tayinli miqdordagi atomlari bilan qo‘shiladi, deb faraz qilishga to‘g‘ri keladi. Suv molekulasi vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomidan iborat. Shuning uchun suv hosil bo‘lishida vodorod va kislorod massalarining nisbati vodorod atomi ikkilangan massasining kislorod atomi massasiga nisbatiga teng. Hech qanday sharoitda bu nisbat o‘zgara olmaydi. XX asrda atom va molekulalarning o‘lchamlari mukammal asboblar ishlatilib, turli usullar bilan bevosita o‘lchangan. Alohida atomlar tasvirini hosil qilishga va ulaming o‘lchamlarini baholashga imkon beradigan ionli mikroskopni ko‘rib chiqaylik. Bu asbob radiusi 10 sm chamasida bo‘lgan sferik shisha idishdan va volfram ninadan iborat. Volfram ninaning uchi idishning markaziga to‘g‘ri keladi. Nina uchining egrilik radiusi metallarga ishlov berishning hozirgi zamon texnikasi imkon beradigan darajada kichik qilib, ya’ni 5x10 -6 sm chamasida qilib ishlanadi.Sferaning ichki yuziga elektr o‘tkazadigan yupqa parda qoplanadi.Bu parda, televizion trubka ekraniga o‘xshab, tez harakatlanuvchi zarralar zarbi ta’siridan yorug‘lik chiqaradi.Musbat zaryadlangan uch (ninaning uchi) bilan manfiy zaryadlangan yupqa parda o‘rtasida bir necha yuz voltli kuchlanish hosil qilinadi. Shisha idish ichidagi havo so‘rib olinib, vakuum hosil qilinadi va unga geliy qamaladi. Nina uchidagi volfram atomlari mikroskopik «g‘adir-budurliklar» hosil qiladi. Geliyning xaotik (tartibsiz) harakat qilib yurgan atomlari volfram atomlariga yaqinlashganda nina uchidagi atomlar yaqinida, ayniqsa, kuchli bo‘lgan elektr maydon geliy atomlaridan elektronlarini yulib olib, bu atomlami ionga aylantiradi. Geliy ionlari ninaning musbat zaryadli uchidan itariladi va sferaning radiuslari bo‘ylab katta tezlik bilan harakat qiladi. Bu ionlar sfera yuziga uiilib, undan yorug‘lik chiqaradi. Buning natijasida nina uchidagi volframning alohida atomlari joylashishining kattalashgan manzarasi shisha idish sirtida ekrandagi kabi ko‘rinadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling