1-dars. Sintaksis haqida umumiy tushuncha


Download 0.95 Mb.
Sana31.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1312081
Bog'liq
6-SINF. So‘z turkumlari

So‘z turkumlari


@uzbek_tilim

Tildagi barcha so‘zlar o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga ko‘ra ma’lum guruhlarga ajratiladi. So‘zlarning bunday guruhlari so‘z turkumlari deyiladi. Bu ularning umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bo‘linishidir.

Tildagi barcha so‘zlar o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga ko‘ra ma’lum guruhlarga ajratiladi. So‘zlarning bunday guruhlari so‘z turkumlari deyiladi. Bu ularning umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bo‘linishidir.


@uzbek_tilim

So‘zlarni turkumga ajratishda:

  • birinchidan, ularning ma’no tomoni e’tiborga olinadi: ot – predmet, sifat – belgi, fe’l – harakat, ravish – harakatning belgisi;
  • ikkinchidan, ularning morfologik xususiyatlari e’tiborga olinadi, ya’ni qo‘shimchalari e’tiborga olinadi;
  • uchinchidan, so‘zlarni gapda qanday vazifada kelishiga qarab ham so‘z turkumlariga ajratish mumkin.

@uzbek_tilim

Yuqoridagi xususiyatlarni e’tiborga olgan holda biz so‘zlarni quyidagi turkumlarga ajratamiz:

  • 1. Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ravish
  • 2. Yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama
  • 3. “Oraliq”dagi so‘zlar: undov, taqlid, modal

@uzbek_tilim

Mustaqil so‘zlar deb ham mustaqil lug‘aviy tushuncha, ham grammatik ma’no ifodalaydigan, gapning biror bo‘lagi vazifasini bajaradigan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi atash ma’noli so‘zga aytiladi: poyezd – temir yo‘l relsi bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositasi va h.k.

  • Mustaqil so‘zlar deb ham mustaqil lug‘aviy tushuncha, ham grammatik ma’no ifodalaydigan, gapning biror bo‘lagi vazifasini bajaradigan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi atash ma’noli so‘zga aytiladi: poyezd – temir yo‘l relsi bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositasi va h.k.
  • Yordamchi so‘zlar deb faqat grammatik ma’no ifodalab, mustaqil ma’noga ega bo‘lmaydigan so‘zlarga aytiladi. Bular mustaqil holda gap bo‘lagi bo‘la olmaydi. Ular har xil qo‘shimcha ma’no ifodalaydi.
  • “Oraliq”dagi so‘zlar ichiga kiradigan undovlar – kishining his-tuyg‘usini, taqlid so‘zlar – biror obrazga taqlidni, modal so‘zlar – munosabatni ifodalaydi.

@uzbek_tilim

Shunday qilib, o‘zbek tilida quyidagi so‘z turkumlari mavjud:

  • 1. Ot 7. Ko‘makchi
  • 2. Sifat 8. Bog‘lovchi
  • 3. Son 9. Yuklama
  • 4. Olmosh 10. Undov so‘zlar
  • 5. Ravish 11. Taqlid so‘zlar
  • 6. Fe’l 12. Modal so‘zlar

@uzbek_tilim

1-topshiriq. So‘zlarga so‘roq bering va ma’nosini aniqlang.


@uzbek_tilim

Daftar, bola, Ahmad, o‘qi, chiroyli, oq, o‘nta, ikkinchi, men, siz.

2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni qaysi so‘roqqa javob bo‘lishiga ko‘ra jadvalga joylashtiring.


@uzbek_tilim

91-mashq. So‘zlarga so‘roq berib, guruhlarga ajrating. Ular ishtirokida gaplar tuzing


@uzbek_tilim
Maroqli, tabiat, iroda, shubhalanmoq, shu, minglarcha, hatto, harakatchan, ehtirom, ta’sir, ko‘rsatmoq, bo‘ysundirmoq, qo‘llab-quvvatlamoq, va, haqiqat, unutmoq, biroq, agar, oliyjanob, million, ertalab, tez, ular, yaratmoq, yuzlab, keskin, oddiy, biz, har qaysi, albatta, voy, oh.

92-mashq. Hikmatli so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring. So‘zlarga so‘roq berib, ularning qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlang.


@uzbek_tilim

1. Olimlarning xizmati mangu qoladi. (Ulug‘bek)

2. Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan bilim o‘rganinglar. (Abu Ali ibn Sino)

3. O‘qib-o‘rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman, degan odamni tentak deb bilmoq kerak. (Suqrot)

4. Ilm urug‘lari sochilsa, elga baraka beradi. (D. Mendeleyev)

Savol va topshiriqlar


@uzbek_tilim
1. So‘z turkumlari deb nimaga aytiladi?
2. Mustaqil so‘z turkumlari qaysilar?
3. Yordamchi so‘z turkumlari haqida gapiring.

93-mashq. Uyga vazifa


@uzbek_tilim

«Ilm — tuganmas xazina» mavzusida matn tuzing. Undagi so‘zlarning so‘rog‘ini va qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlang.

Foydalanilgan adabiyot:


@uzbek_tilim

Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, D. Nabiyeva.— T.: «Tasvir» nashriyot uyi. 2017. — 208 b.

I. Mahmudov N. va boshq.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling