1. Dastlabki va avtomatik o’t o’chirish vositalari. O’t o’chirishning mukim va kuchma vositalari


Sanoat korxonalarining yong’inga qarshi suv ta’minoti


Download 208.65 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi208.65 Kb.
#1819675
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dastlabki o\'t o\'chirish vositalari

Sanoat korxonalarining yong’inga qarshi suv ta’minoti.
To’qimachilik korxonalarida yong’inga qarshi samari kurashish maksadida o’t o’chirish vodoprovodlari mavjud bo’ladi. Bu vodoprovod kupincha xujalik va ishlab chiqarish vodoprovodi bilan birgalikda qo’llaniladi. Bu vodoprovod kuvurlariga suv kul, daryo, kanal, suv ombori, atezian kuduklari, shaxar vodoprovod tizimi va boshka manbalardan olishini mumkin.
O’t o’chirish uchun mo’ljalangan suv ta’minoti manbaning turiga va himoyalanuvchi obyektning xarakteriga karab vodoprovod kurilmalarining soni belgilanadi. Odatda ochik manbalardan bo’ladigan suv ta’minoti murakkab hisoblanadi. Bu sxema uz tarkibida suv chiqarish inshooti, dastlabki suv ko’targich nasoslari, suv tozalash kurilmalari, toza suv saqlash xavzalari, suvni ikkinchi kayta ko’tarish nasosi stansiyasi, suv bosimi xosil kiladigan minora (suv minorasi), kuvurlar va o’t o’chirish grantlari kabi kupgina kurilmalarni uz ichiga oladi. Kupgina to’qimachilik korxonalarida o’tga qarshi suv ta’minoti korxona xovlisiga kurilgan suv xovuzlaridan olinadi. Suv xovuzlarining hajmi o’t o’chirishning mexaniq vositalarini 3 soat davomida tinimsiz ta’minlab turishga mo’ljallanadi. Ular korxona xududdida shunday joylashtirishtiriladiki, suv nasoslar ishlatilganda o’t o’chirish ichaklari uzunligi 150 m dan, avtonasoslar ishlatilganda esa 200 metrdan ortib ketmasligi kerak.
Ma’lumki, suv korxona vodoprovodi tarmog’i bir xilda sarf bo’lmaydi, suv bilan ta’minlash nasoslari esa ma’lum hajmda suv berib turadi. Korxona vodoprovod sistemasida suv sarfini rostlash uchun, hamda baland-pastligi jixatdan xar xil bo’lgan nuqtalarda bosimini rostlab turish uchun suv minoralari quriladi. Vodoprovod sistemasida suv sarfikam bo’lganda kelayotgan ortikcha suv shu suv minorasiga tushadi va aksincha suv sarfi ortikcha bo’lganda shu minoradagi zaxira suvdan ishlatiladi.
Minoraning ishidagi suv un mino’tlik uzluksiz ishlatishga yetadigan bo’ladi. Xujalik extiyojlari uchun so’tkali suv sarfining 20 foiz mikdorida, nasoslarni avtomatik ravishda yurgizlaganda esa 5 foiz mikdorida suv zaxirasi olinadi. Xozirgi payta bakdagi suvning satxi pasayishi bilan nasoslari avtomatik ravishda yurgizib yuborish uskunalari qo’llaniladi. Bunday xollarda suv minorasidagi suv hajmi 5 mino’tlik uzluksiz sarflashga hisoblanadi.
Suv minorasining balandligi odatda kuyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Nm=Neb+ hc + (La+Lb), m (9.1)

Bu yerda Neb - suvning vodoprovod sistemasidagi minimal erkin bosimi, m;


 hc - suv minorasidan uchastkaning oxirgacha bosimning pasayishi, m;
La+Lb - suv minorasi joylashgan va uchastka oxiridagi yer yuzasining balandlik belgisi, m.
U t u ch i r i sh n i n g t a sh k i v o d o p r o v o d s i s t ye m a s i
Ishlab chiqarish korxonasi xududida, xom ashyo va tayyor maxsulot omborlari yong’inni o’chirish maksadda doimo kerakli bosim ostida yetarli mikdorda suv bilan ta’minlanishi kerak. Bu maksadda korxona xududida o’t o’chirish grantlari bilan ta’minlangan vodoprovod sistemasi o’tkaziladi.
Paxta tolasi omborlarini tashki tomonidan o’chirish uchun mo’ljallangan gidrantlar orqali yuboriladigan suv, kichik omborlar uchun - 10 l/s; urta va katta omborlar uchun - 20 l/s va bulardan tashkari omborlar uchun - 30 l/s mikdorida hisoblanadi.
Texnik- iktisodiy samaradorligi bo’yicha o’t o’chirish vodoprovodlari ikki xil - past va yukori bosimli bo’ladi. To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish va xujalik-maishiy vodoprovod bilan umumlashtirilgan past bosimli vodoprovod hamda yukori bosimli vodoprovod o’rnatilgan.
Past bosimli vodoprovod sistemasida, suv bosimi ichak uchidan ya’ni stvoldan chikayotgan suv okimi 10 m yukorigacha ko’tarila olishi kerak. Bunday vodoprovodda yong’in paytida suv bosimini oshirish uchun motopompa yoki avtonasos ishlatiladi
Yukori bosimli vodoprovod sistemasida esa suv bosimi stsionar nasoslar orqali xosil qilinadi. Nasoslar odatda ikkitadan o’rnatiladi, biri ish nasosi, ikkinchisi zaxira nasosi. Bunda yana elektr nasoslaridan tashkari ish unumdorligi 1200 l/min bo’lgan statsionar suvnasoslar xam nazarda to’tilishi kerak. Bu nasoslar yoki motopompa fakatgina yong’in paytida ishlatiladi. Boshka paytda past bosimli vodoprovod sistemasidek ishlay beradi. Bu yukori bosimli vodoprovodda suv bosimi obyektdagi eng yukori binodan 10 metr balandlikka uzluksiz suv okimini uzatib bera olishi kerak. Shu bilan birga berilayotgan suv sprisk diametri 19 mm, ichakning uzunligi 100 m gacha, suv okimining sarfi 5 l/s bo’lgandagi xolat hisoblanadi.
Shu shartlarda gidrantlardagi (36-rasm) kerakli suv bosimi (m) kuyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
hgidr=hspr+Hshl+H+t (9.2)
Bu yerda: hgidr - spriskdagi bosim, m;
hshl - shlangdagi suv bosimining kamayishi, m;
N - gidrant va stendrdagi suv bosimining kamayishi, m;
t - korxona binosining eng baland nuqtasining balandligi, m.
O’t o’chirish maksadida qo’llaniladigan vodoprovod sistemasi boshi berk yoki xalkali bo’lishi mumkin. Korxona xududining xoxlagan yeriga suvni olib borishda eng ishonchlisi xalkali sistemasidir.
Yong’in paytida vodoprovoddan suvni olishda unga bo’tun uzunligi bo’yicha gidrant o’rnatiladi. Gidrantlar odatda chorraxalarga yakin yerlarga, binolarning kulaganda “bosib kolish” mintaqasidan uzoqrok yo’llar buylab, ularning chetidan 2,5 m dan uzoq bo’lmagan masofada o’tkaziladi. Binolardan esa N/2+3m masofada o’tgani ma’kul (N-binoning balandligi, m). Ular odatda bir-biridan 100 m gacha bo’lgan masofada o’rnatiladi. Korxona xududining xar bimr nuqtasi ikkita gidrantdan beriladigan suv bilan ta’minlanishi kerak. Bunda past bosimli vodoprovoddagi gidrantlarning ta’sir doirasi 150 m, yukori bosimli vodoprovoddagi gidrantlarning ta’sir doirasi 120 m qilib olinadi.
Gidrantlar ikki xil, ya’ni yer osti va yer usti gidrantlari bo’lishi mumkin. Rasmda ko’rsatilgandek, yer osti gidrantlari chuyan kopkok bilan yopiladigan kuduklar ichiga o’rnatiladi. Bularni ishga tushirish biroz murakkabrok, korongida hamda yer yuzi kor bilan koplagan vaqtlarda topish kiyinrokdir; afzalligi esa kishda kuvurladagi suv muzlab kolmaydi.
Yer usti gidrantlarida suv muzlab kolishi mumkin, lekin afzal tomoni shundaki, ular xar doim yakkol ko’rinib turadi va tez ishga tushirib yuborish mumkin. To’qimachilik korxonalarida yer osti gidrantlari qo’llaniladi.
U t u ch i r i sh n i n g i ch k i v o d o p r o v o d s i s t e m a s i .
To’qimachilik korxonalarida ichki vodoprovod jumlari ishlab chiqarish sexlarida, zinapoya kataklarida, evakuatsiya qilish eshklari yonida, maishiy binolar koridorlarida o’rnatiladi. Jumraklar devor yoki ustunlarga (kolonna), yerdan 1,35 m balandlikka o’rnatilib, yogochdan yasalgan oynabandlangan va kizil rangda “PK” (pojarniy kran) deb yozib kuyilgan javon ichiga o’rnatilgan bo’ladi. Javoning ichiga doira shaklida urab kuyilgan uzunligi 10 yoki 20 m li ichak va spriskining diametri 13 yoki 16 mm bo’lgan stvol joylashtiriladi. Odatda bir sexda diametrlari bir xil bo’lgan stvollar qo’llaniladi. Vodoprovod jumragining diametri 51 yoki 61 mm bo’lishi va uning uchida shlang bilan tez va zich to’tashtirish imkonini beradigan GR kallagi bo’ladi. Shlang bilan stvol xam shunday kallak bilan to’tashtiriladi.
Jumraklar orasidagi masofa shunday tanlanadiki, binoning shu kavatidagi xar bir nuqta ikki jumrak okimidan chikayotgan suv bilan himoyalangan bo’lishi kerak. Bundagi suv sarfi bino uchun ikkita jumrak baravar ishlaganda xar bir jumrakka 2,5 l/s mikdoridagi suv sarfi hisobidan olinadi.
Korxona bo’yicha yong’in paytida bo’ladigan suv sarfi binoni tashkaridan o’chirish (gidrantlar), ichkaridan o’chirish (ichki vodoprovod jumraklari), avtomatik ravishda o’tni o’chirish (sprinkler va drencher) va boshka suv yordamida o’t o’chirish vositalari orqali bo’ladigan suv sarfi yigindisidan iborat. Umumlashtirilgan vodoprovod sistemalarida bu suv sarfiga yana xujalik maishiy hamda ishlab chiqarish zarurtlari uchun ishlatiladigan suv sarfi xam kushiladi.
Ichki vodoprovod tarmog’ining suvni pastdan va yukoridan tarkatish turlari mavjud. Yukoridan tarkatish turida magistral kuvurlar yukorigi texnik kavatda yoki fermalar orasidagi bushilikda joylashtiriladi. Suvni pastdan yukoriga tarkatish turi ekspluatatsiyada ishonchi va keng tarkalgandir.

Download 208.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling