1. davlat budjeti daromadlari va pul mablag'lari hisobining ahamiyat1 va vaz1falari


Download 57.68 Kb.
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi57.68 Kb.
#206193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pul mablag'lari

BUDJET TASHKILOTLARIDA KASSA

OPERATSIYALARI HISOBI1

Budjet tashkilotining naqd pul m ablag'lari tashkilot kassasida

saqlanadi. Shtatida kassir yoki buxgalter-kassir lavozimi b o 'lg an faqat

katta budjet tashkilotlarida kassa bo'ladi, qolgan holatlarda budjet

tashkilotlarida naqd pul to'lanadigan operatsiyalar hisobdor shaxslar

orqali amalga oshiriladi.

Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari «Yuridik shaxslar

tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga asosan

amalga oshiriladi. Bu qoidalarga muvofiq, barcha yuridik shaxslar,

mulkchilik shaklidan q at’iy nazar, o ‘z pul m ablag‘larini bank

muassasalarida saqlashlari shart.

Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pul

qanday maqsadlar uchun olingan b o ‘lsa, faqat shunga xarajat qilinadi.

Tashkilot o ‘z kassasida naqd pulni uning qoldig‘ining belgilangan

limiti doirasida saqlashi va uni tushum hisobidan belgilangan m e’yorlar

chegarasida xarajat qilishi mumkin. Kassadagi naqd pul qoldig'i limitlari

va tushum hisobidan foydalanish m e’yorlari muayyan zarur b o 'lgan

hollarda ko'rsatilgan limitlar bank muassasalari tomonidan qayta ко ‘rib

chiqilishi mumkin.

Kassadagi naqd pul q o ldig'ining belgilangan limitidan ortiqcha

b o 'lg an qismining hammasini tashkilotlar bank muassasasi bilan

kelishilgan tartibda va muddatlarda o ‘z bank hisobvaraqlariga hisobga

olish uchun bankka topshirishlari shart.

Naqd pul:

a) bank muassasalarining kunduzgi va kechki kassalariga;

b) in k assatorlarga-keyinchalik bank muassasalariga topshirish

uchun;


d) tashkilotlar qoshidagi birlashgan k assalarg a-k ey in ch alik bank

muassasalariga topshirish uchun;

e) aloqa k o rx o n alarig a-b an k muassasalari hisobvaraqlariga o 'tk a ­

zish uchun topshirilishi mumkin.

Budjet tashkilotlari o 'z kassalarida naqd pulni, belgilangan

limitlaridan tashqari, faqat ish haqi to'lash, mukofotlar, ijtimoiy

su g 'u rta b o 'y ich a nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar berish uchun bank

muassasasidan olingan kunni qo'shib hisoblangan holda 3 ish kunidan

ortiq bo'lmagan muddat mobaynida (bank muassasalaridan uzoq masofada

joylashgan budjet tashkilotlari uchun e s a - 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga

egadir.

X izm at safarlari bilan b o g 'liq xarajatlar uchun naqd pul xizm at

safariga yuborilayotgan shaxslarga m azkur hududda amal qilayotgan

tartib b o 'y ich a tegishli m iqdor doirasida keyin hisob berish sharti

bilan beriladi. K eyin hisob berish sharti bilan berilgan naqd p ullam ing

xarajat qilinmagan qismi ular berilgan m uddat tugaganidan keyin 3

kundan kechiktirilm asdan tashkilot kassasiga qaytarilgan b o 'lish i

kerak. Hisob berish sharti bilan naqd pul olgan shaxslar tashkilot

buxgalteriya xizm atiga yoki markazlashtirilgan buxgalteriyaga xarajat

qilingan summa to 'g 'r is id a hisobot berishlari kerak. Avval hisob

berish sharti bilan berilgan naqd pul summasi b o 'y ich a to 'liq hisobot

topshirilganidan keyingina yangidan hisob berish sharti bilan naqd pul

beriladi.

Kassa operatsiyalari O 'zbekiston Respublikasi Davlat statistika

qo'm inasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakllardagi hujjatlar

bilan rasmiylashtiriladi va barcha tashkilotlarda, ulaming idoraviy

bo'ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, o'zgartirishsiz

q o'llanilishi kerak.




Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling