1. davlat budjeti daromadlari va pul mablag'lari hisobining ahamiyat1 va vaz1falari


Kirim va chiqim kassa hujjatlarini qayd etish jurnali


Download 57.68 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi57.68 Kb.
#206193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pul mablag'lari

Kirim va chiqim kassa hujjatlarini qayd etish jurnali

Kirim hujjati

Summa

Izoh


Chiqim hujjati

Summa

Izoh


Sana

Raqam

Sana

Raqam






























Kassa operatsiyalari jumlasiga naqd pulni kassaga qabul qilish

va kassadan naqd pulni berish bo'yicha operatsiyalar kiradi. Kassa

operatsiyalari tegishli kassa hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.

Kassa operatsiyalarining hisobi ikkinchi tartibli 120-«Kassa» sub­

schyotida olib boriladi.

Budjet tashkiloti bank muassasasidan naqd pulni kassimi yoki

uning vazifasini bajaruvchi shaxsning nomiga yozilgan chek bo'yicha

oladi. Tashkilot kassasiga kelib tushgan pul kirim kassa orderi bilan

bosh buxgalterning, ijrosi bo'yicha esa kassiming imzosi qo'yilib

rasmiylashtiriladi. Tashkilot kassasiga pul topshirgan shaxsga pul

haqiqatda topshirilganligini tasdiqlovchi kirim kassa orderining

kvitansiyasi beriladi. Kvitansiyada kirim kassa orderining hamma

ma’lumotlari bo'ladi. U tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.

Bank muassasasidan chek bo'yicha olingan naqd pul kassaga kirim

qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:



  • Debet 120 - «Kassa» subschyoti;

  • Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: l47-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti) yoki

  • Kredit 100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida:147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilaroldidagi majburiyat» subschyoti).

Hisobot berish sharti bilan berilgan bo‘nakning xarajat qilinmay

qolgan summasini hisobdor shaxsdan kassaga qabul qilinganida quyidagi

buxgalteriya provodkasi tuziladi;


  • Debet 120 - «Kassa» subschyoti;

  • Kredit 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.

Kassa taftishi natijasida aniqlangan ortiqcha mablag1 kirim qilin­

ganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:



  • Debet 120 - «Kassa» subschyoti;

  • Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti (G'azna­chilikka о ‘tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo ‘yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiymatliklaming ortiqchalaribo ‘yicha kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki

  • Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida:293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar vamoddiy qiymatliklaming ortiqchalari bo 'yicha kelib tushgansummalar» subschyoti).

Xodimlarga ish haqi to'langanida quyidagi buxgalteriya provodkasi

tuziladi:



  • Debet 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;

  • Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.

Talabalarga va aspirantlarga stipendiya to‘langanida quyidagi bux­

galteriya provodkasi tuziladi:



  • Debet 181 - «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;

  • Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.

Hisobdor shaxslarga hisobot berish sharti bilan berilgan bo‘nak

summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:



  • Debet 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;

  • Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.

Xarajat qilinmagan summalaming qoldiqlari bankka kassir tomonidan

qaytarilganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:



  • Debet 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: l47-«Budjet mablag'laribo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyat»subschyoti)

yoki

  • Debet 100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti).

  • Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.

Deponent summalar to‘langanida quyidagi buxgalteriya provodkasi

tuziladi:



  • Debet 177 - «Deponentlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;

  • Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.

Kassa kitobini yuritish va pulni saqlash

Tashkilotning barcha tushumlari va naqd pul berilishi kassa kitobida

hisobga olinadi. Har bir budjet tashkiloti budjet mablag'lari bo'yicha bitta

kassa kitobini hamda budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha ham bitta

kassa kitobini yuritadi, bu kitoblar varaqlari raqamlangan, ip o'tkazilgan

va unga surg'uchli yoki mastikali muhr bosilgan bo'lishi lozim. Kassa

kitobidagi varaqlar soni mazkur budjet tashkilotining rahbari va bosh

buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.

Budjet tashkilotlarida yoki budjet tashkilotlariga xizmat ko'r-

satayotgan markazlashtirilgan buxgalteriyalarda kassa operatsiyalari

hisobi kassir tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

tasdiqlagan shakldagi maxsus kitob- (KO-4-shakl)da olib boriladi.


Kassa kitobi

(....yil . . . yanvar kuni uchun) (so‘m va tiyin)



Kassa


ordcrining

raqami



Kimdan olingan

yoki kimga berilgan

Korrcspon-

dcnsiyala-

nuvchi


subschot-

ning raqami




Kirim



Chiqim



1

2

3

4

5




Kunning boshiga qoldiq




200,00




7

Bankdan 0245536-sonli chek

bo'yicha olib kelindi



100

650000,00





10

Menenjer Erbolayev Po'latjonga

xizmat safari (Konizarga) uchun

bo‘nak berildi


160




15000,00


11

15-sonli to'lov vedomosti bo'yicha

xodimlarga ish haqi berildi



180




450000,00


8

Qayumova Ruzvonbibi xizmat safari

(Konizarga) uchun olgan bo'nakning

sarflanmagan qismi kassaga qaytarib

topshirdi



160

5000,00





12

Qayumov Ostonaqulga xizmat safari

(Konizarga) uchun bo'nak berildi



160




30000,00


13

Qayumov Mirzakarimga xizmat

safari (Bag'dodga) uchun bo'nak

berildi


160




25000,00


14

Murodov Axadjonga xizmat safari

(Jondorga) uchun bo'nak berildi



160





20000,00

15

Ostonaqulova Bibirobiyaga xizmat

safari (Konizarga) uchun bo'nak

berildi


160




20000,00


16

Sarimsaqov Jo'raqo'ziga xizmat

safari (Qirqvoldiga) uchun bo'nak

berildi


160




20000,00


17

Ostonaqulova Qumrinisoga xizmat

safari (Rishtonga) uchun bo'nak

berildi


160




20000,00


18

Qayumov Rahimjonga deponent

qilingan ish haqi summasi berildi



177




15000,00


19

Mamadaliyev Turdialiga xizmat

safari (Polosonga) uchun bo'nak

berildi


160




20000,00





Jami bir kunda

Kunning oxiriga qoldiq

Shu jumladan, ish haqiga





655000.00

20200.00

10000,00


635000,00


Kassir Ostonaqulova Umriniso


Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling