1. davlat budjeti daromadlari va pul mablag'lari hisobining ahamiyat1 va vaz1falari


Download 57.68 Kb.
bet8/11
Sana05.01.2022
Hajmi57.68 Kb.
#206193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pul mablag'lari

Ikki kirim va o'nta chiqim hujjatlarini ilovalari bilan tekshirib, qabul qilib oldim.

Bosh buxgalter Akbarova Gulsunbibi

Kassa kitobidagi yozuvlar ikki nusxada sharikli ruchka, kimyoviy

qalam yoki siyoh bilan, nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz orqali, qayd etiladi.

Varaqlaming ikkinchi nusxalari yirtib olinadigan bo‘lishi kerak, ular

kassiming hisoboti bo'lib xizmat qiladi. Varaqlaming birinchi nusxalari

kassa kitobida qoladi. Varaqlaming birinchi va ikkinchi nusxalari bir

xil raqam bilan raqamlanadi. Kassa kitobiga o ‘chirib-yozish va izohsiz

tuzatishlar kiritish man etiladi.

Kassa kitobiga yozuvlar har bir order yoki uning o ‘miga o ‘tadigan

boshqa hujjat bo‘yicha pul berilganidan yoki pul olinganidan keyin

kassir tomonidan darhol qayd etiladi. Har k u n i-ish kuni oxirida kassir

bir kunlik operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassada keyingi sanaga pul

qoldig‘i chiqariladi va ikkinchi yirtib olinadigan varaq (kassa kitobidagi

bir kunlik yozuvlar nusxasi)ni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan

birgalikda kassa kitobiga imzo chektirib buxgalteriyaga topshiradi.

Agar budjet tashkilotlarida har kuni umumiy summasi 200 so‘mgacha

bo'lgan operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir

marta tuzilishi mumkin. Kassa kitobi to‘g ‘ri yuritilishini nazorat etish

budjet tashkilotining bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.

Oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan chiqim kassa orderi

yoki uning o‘mini bosadigan boshqa hujjat bilan kassadan berilgan

pul kassadagi naqd pul qoldig‘ini hisoblashda e ’tiborga olinmaydi. Bu

summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi

kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pul kassadagi ortiqcha

pul hisoblanadi va daromadga olinadi.

Bir necha kassirlar ishlaydigan budjet tashkilotida katta kassir ish

kuni boshlanishidan oldin boshqa kassirlarga chiqim operatsiyalari

uchun zarur bo'lgan naqd pul miqdorini b o ‘nak sifatida kassir tomonidan

qabul qilingan va berilgan pul hisobini yuritish kitobiga imzo chektirib

beradi.

Kassirlar ish kuni oxirida katta kassirga olingan bo‘nak va kirim

hujjatlari bo'yicha qabul qilingan pul to‘g‘risida hisob berishi hamda

naqd pul qoldig‘i va amalga oshirilgan operatsiyalarga doir kassa

hujjatlarini katta kassirga kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan

pullar hisobini yuritish kitobiga imzo chektirib beradi.

Kassir ish haqi to ‘lash va stipendiyalar berish uchun olingan bo‘nak

pul yuzasidan ulami to'lash uchun to'lov vedomostida ko'rsatilgan

muddatda hisobot beradi. Bu muddat tugaguniga qadar to'lov

vedomostlari bo'yicha berilmagan naqd pul qaytarib topshiriladi. Bu

pul kassirlar tomonidan muhrlangan xaltalar, paketlar va boshqalarda

summasi ko'rsatilgan holda katta kassirga topshiriladi.

Har bir tashkilot naqd pul bilan hisob-kitoblami amalga oshirish

uchun o 'z kassasiga ega bo'lishi lozim. Naqd pulni qabul qilish, berish



hamda vaqtincha saqlash uchun mo ‘Ijallangan, alohida ajratilgan va

maxsus jihozlangan xona kassa deb ataladi. Budjet tashkilotlarining

rahbarlari kassaning tegishli ravishda jihozlanishi va pulning kassa

xonasida saqlanishini, shuningdek, uni bank muassasasidan olib

kelish hamda bank muassasasiga topshirilishi vaqtida but saqlanishini

ta’minlashlari shart. Rahbarlaming aybi bilan pul mablag'larini saqlash

va tashish vaqtida pulning but saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar

yaratilmagan hollarda, ular qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka

tortiladi.

Tashkilotlaming kassalari zarur bo'lgan hollarda sug'urta tash­

kilotlari tomonidan sug'urta qilinishi mumkin. Kassa xonasi alohida

ajratilgan bo'lishi, eshiklari esa, operatsiyalami amalga oshirish vaqtida

ichkaridan qulflanadigan bo'lishi kerak. Kassa ishiga aloqador bo'lmagan

shaxslaming bu xonaga kirishi man etiladi.

Budjet tashkilotlaridagi barcha naqd pul va qimmatli qog'ozlar,

odatda, yonmaydigan metall javonlarda saqlanadi. Ular kassa ishi

tugaganda kalit bilan qulflanadi va kassiming surg'uchli muhri bilan

muhrlanadi. Metall javonlaming kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanadi

hamda ulami kelishilgan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish

yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Metall

javonlar turgan xonalaming eshiklarini ochiq qoldirish, shuningdek bu

javonlaming eshiklarida kalitlami qoldirish qat’iyan man etiladi.

Kalitlaming hisobda turgan dublikatlari paketlar, qutichalar va

shu kabilarga solinib, kassirlar tomonidan muhrlanadi va budjet

tashkilotilarining rahbarlarida saqlanadi. Kamida har oyda bir marta

komissiya tekshiruvi o'tkaziladi. Kalit yo'qolganligi aniqlangan hollarda

budjet tashkilotining rahbari ichki ishlar organlariga bu haqda xabar

beradi va zudlik bilan metall javonni almashtirish chorasini ko'radi.

Muayyan budjet tashkilotiga tegishli bo'lmagan naqd pul va boshqa

qiymatliklami kassada saqlash taqiqlanadi.

Kassa xonasini va metall javonlami ochishdan oldin kassir qulflar,

eshiklar, deraza panjaralari va muhrlaming butligini ko'zdan kechirishi

hamda qo'riqlash tizimi soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch

hosil qilishi kerak.

Muhr shikastlangan yoki buzilgan, qulf, eshik va panjaralar buzilgan,

sindirilgan hollarda kassir zudlik bilan bu haqda budjet tashkilotining

rahbarini xabardor qiladi. U esa. sodir bo'lgan voqea to'g'risida ichki

ishlar organlariga xabar beradi va militsiya xodimlari yetib kelguniga

qadar kassani qo'riqlash choralarini ko'radi.

Bunday hollarda, budjet tashkilotining rahbari, bosh buxgalteri

yoki ulaming o'mini bosuvchi shaxslar hamda kassir, ichki ishlar

organlarining ruxsatini olgandan keyin, kassada saqlanayotgan pul

mablag'lari va boshqa qiymatliklar mavjudligini tekshiradi. Bu tekshiruv

kassa operatsiyalari boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Tekshiruv

natijalari to'g'risida to'rt nusxada dalolatnoma tuziladi va u tekshiruvda

qatnashgan barcha kishilar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning

birinchi nusxasi-ichki ishlar organlariga, ikkinchisi-agar tegishli

shartnoma tuzilgan bo'lsa, sug'urta kompaniyasiga, uchinchi si-yuqori

tashkilotga (agar u mavjud bo'lsa) beriladi, to'rtinchisi esa, mazkur

budjet tashkilotida qoladi.

Ishchi va xizmatchilaming moddiy javobgarligi to ‘g ‘risida amal-

dagi qonunchilikka muvofiq, kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha

qiymatliklaming but saqlanishi uchun hamda tashkilotga qasddan

qilingan harakatlar, shuningdek, o ‘z vazifalariga pala-partish va sovuq-

qonlik bilan qarashi natijasida yctkazilgan zarar uchun to 'la moddiy

javobgar hisoblanadi.

Kassiming ishga tayinlanganligi to ‘ g‘risida buyruq (qaror) chiqarilganidan

keyin, budjet tashkilotining rahbari kassimi imzo chektirib 0 ‘zbekiston

Respublikasi Markaziy bankining «Yuridik shaxslar tomonidan kassa

operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tanishtirishi, bundan so‘ng

kassir bilan uning to‘la shaxsiy moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnoma

tuzilishi kerak. Kassir to‘la moddiy javobgarligi to'g'risida o'zining shaxsiy

delosida saqlanadigan majburiyat beradi.

Shtat bo'yicha kassir lavozimi bo'lmagan kichik budjet tashkilotlarida

naqd pul bilan to'lanadigan operatsiyalar budjet tashkiloti bo'yicha

buyruq bilan rasmiylashtiriladigan hisobdor shaxslar orqali amalga

oshiriladi. Kassir o'ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib

topshirishi man etiladi.



Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling