1. Davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish qaysi loyiha asosida amalga oshirish belgilangan?


Download 35 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi35 Kb.
#1741263
Bog'liq
umumiy testlar


1). Davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish qaysi loyiha asosida amalga oshirish belgilangan?
“Elektron hukumat” lloyihasi
"Raqamli parlament" loyihasi
Raqamli idora” loyihasi
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi

2). Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish bu?
markaziy idoralarning hokimiyatni taqdim etmasligi va mahalliy institutlarning boshqaruv jarayonida ishtirok etishini cheklanishi
Fuqarolar o‘zlarining kundalik hayotlariga ta’sir qiladigan har qanday boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishidir
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda turli boshqaruv darajalari o‘rtasida mas’uliyat, vakolat va resurslarni qayta taqsimlash hisoblanadi
vakillik institutlarining kuchayishi va turli jamoaviy manfaat guruhlarining rag‘batlantirilishi

3). Taraqqiyot strategiyasining 6-yo‘nalishi qanday nomlanadi?
Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish
Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish

4). Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha hududlarda birlamchi tibbiy xizmati qanday tamoyil asosida yo‘lga qo‘yish belgilangan
bir mahalla-bir poliklinika
maktab va poliklinika hamkorligi
bir qadam” tamoyili
mahalla va tibbiy xizmatlar birligi

5). “Xalqparvar davlat” milliy dasturi amalga tatbiq etish qaysi g‘oya asosida ishlab chiqilgan?
Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash g‘oyasi
“aqlli tartibga solish” modeli
Xalq bilan muloqot g‘oyasi
Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasi

6). “Legal Tech” platformasi nima?
Sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvi tizimi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimi
Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining tizimi
Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi tizim

7). Ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash orqali qaysi ta‘lim muassasasini ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish nazarda tutilgan?
Oliy ta‘lim muassasalarini
prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarni
professional ta‘lim muassasalarini
maktablarni

8). Taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra davlat qarzini boshqarishda yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori yiliga qancha bo‘lishi belgilangan?
3,5 milliard AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi
5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini
4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini
7,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini

9). 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qaysi tamoyilga asoslanib ishlab chiqilgan?
“Inson qadri uchun”
Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari”
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish

10). Har bir tuman budjetining necha foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish belgilangan?
kamida 10 foizini
kamida 15 foizini
kamida 20 foizini
kamida 5 foizini
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling