1. Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]


Download 23.3 Kb.
bet4/4
Sana09.01.2022
Hajmi23.3 Kb.
#264803
1   2   3   4
Bog'liq
document

fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs;

fuqarolikning o‘zgarishi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish yoki tugatish;

chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs;

O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqqan hamda xorijga doimiy yashashga chiqib ketish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

yashash — shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida qonuniy asosda turishi;

yashash guvohnomasi — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat fuqarosining shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat etilganligining tasdig‘i sifatida berilgan hujjat.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.

O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’uldir.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmonlar tarzida qabul qilinadi va imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

[OKOZ:



1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega bo‘lish va bekor qilinishi]

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:

a) 1992-yil 28-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs;

b) O‘zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy propiskadan o‘tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa;

v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs;

g) ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.

Ushbu modda birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy propiskada turganlik to‘g‘risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.

Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash chog‘ida, ushbu modda birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bog‘liq holatlar boshlangan paytda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonun hujjatlari qo‘llaniladi.

6-modda. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish

1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjat O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Quyidagilar o‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjudligini ko‘rsatuvchi pasporti yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda;

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda.

8-modda. Nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolish

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohdan o‘tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er-xotinning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Er-xotindan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi o‘zgarishi ikkinchisining fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Nikohning bekor qilinishi ushbu nikohda tug‘ilgan yoki nikoh bekor qilinguniga qadar farzandlikka olingan bolaning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

[OKOZ:



1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]

9-modda. Xorijda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining saqlab qolinishi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijda yashashi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishiga sabab bo‘lmaydi.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda davlat tomonidan himoya qilinishi

Xorijda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligi ostida bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi va chet davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda o‘ziga berilgan barcha huquqlardan, xalqaro huquqning umum tan olingan normalaridan, xalqaro urf-odatlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun choralar ko‘rishi shart. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi.

[OKOZ:



1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.01.00 Fuqarolikda xalqaro huquqiy masalalar]

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas.

[OKOZ:


1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.03.00 Ikki fuqarolik va fuqarolikning bo‘lmasligi]

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat fuqaroligiga mansubligi O‘zbekiston Respublikasida tan olinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki fuqaroligini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar bir vaqtning o‘zida chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi yoki javobgarlikdan ozod etilishi mumkin emas.

[OKOZ:



1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega bo‘lish va bekor qilinishi]

2-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish asoslari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:

tug‘ilganlik bo‘yicha;

bola farzandlikka olinganda;

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin.

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish

Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida:

a) ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsa;

b) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa;

v) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida nazarda tutilgan holda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir.

Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

15-modda. Ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash

O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) u tug‘ilgan paytda chet davlat fuqarolari bo‘lgan yoxud ota-onasidan biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olmaydi.

16-modda. Bola farzandlikka olinganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola farzandlikka oluvchilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

17-modda. Bola farzandlikka olingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida farzandlikka olingan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bolaga farzandlikka olganlarning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat berilishi mumkin.

[OKOZ:



1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega bo‘lish va bekor qilinishi]

3-bob. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash

18-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish turlari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish:

umumiy tartibda;

soddalashtirilgan tartibda;

alohida tartibda amalga oshiriladi.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:

a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa;

b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa;

v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;

g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;

d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ushbu modda birinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan shart O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan va nikoh tuzilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bunda, agar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga jami bir yuz sakson uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatga chiqqan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashalgan muddat uzluksiz deb hisoblanadi.

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:

a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;

b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;

v) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;

g) davlat tilini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.

Ushbu modda birinchi qismining “a” bandida nazarda tutilgan shart ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi uchun manfaatli kasbga yoxud malakaga ega bo‘lgan vatandoshga va (yoki) uning oila a’zolariga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslarga berish maqsadga muvofiqliligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.

Qabul qilingan qaror asosida shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish to‘g‘risida kafolat xati beriladi, agar ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan davlat fuqaroligidan chiqadigan bo‘lsa.

Kafolat xatining amal qilish muddati bir yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining qaroriga binoan kafolat xatining amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Kafolat xati ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq ariza beruvchi chet davlat fuqaroligidan chiqqanligi haqida hujjat taqdim etganidan keyin amalga oshiriladi.

21-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti milliy manfaatlardan kelib chiqib, chet davlatlarning fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ushbu Qonunning 19 va 20-moddalari talablari qo‘llanilmagan holda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berishi mumkin.

22-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash

Agar ilgari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxsning fuqaroligi ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining “a” va “g” bandlariga muvofiq yo‘qotilgan bo‘lmasa, u O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega. Iltimosnomada O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilish sabablari ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ushbu Qonunning 19, 37 va 38-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini bir martadan ortiq tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

[OKOZ:



1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega bo‘lish va bekor qilinishi]

4-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tugatish

23-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tugatish asoslari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagilar oqibatida tugatiladi:

a) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish;

b) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganlik.

24-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ushbu Qonunning 37 va 39-moddalarida belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish asoslari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:

a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;

b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;

v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;

g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;

d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;

e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

26-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi faktlarini aniqlash

Chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirgan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Tashqi ishlar vazirligi deb yuritiladi) xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.

27-modda. Xorijda doimiy yashayotgan va doimiy konsullik hisobiga turmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash

Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun konsullik muassasalari:

konsullik muassasasiga shaxsan murojaat qilgan shaxslarning murojaatlarini yoxud konsullik muassasalariga Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan ma’lumotlarni tekshiradi;

shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi chet davlatning so‘rovnomalarini o‘rganadi;

o‘z konsullik okruglaridagi mamlakatlarda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi;

xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi deb yuritiladi) har chorakda beradigan so‘rovnomalariga ko‘ra doimiy konsullik hisobi ro‘yxatlari bo‘yicha tekshiradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.

Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik muassasasiga doimiy konsullik hisobiga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Konsullik muassasasi ariza beruvchining shaxsini aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan shaxslarning ro‘yxati bilan solishtiradi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga o‘z vaqtida turmaganligi sabablarini o‘rganadi. Bunda ariza beruvchiga ushbu Qonun 25-moddasining qoidalari tushuntiriladi.

Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini doimiy konsullik hisobiga qo‘yish uchun hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Kasallik, yashab turilgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi va fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar uzrli sabablar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborot Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.

28-modda. Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi faktini aniqlash

Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganligi fakti aniqlangan taqdirda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga topshiradi.

Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi.

Qaror chiqargan sud qarorning ko‘chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yoki Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

Sudning qarori asosida Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.

29-modda. Chet davlatning foydasini ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi faktini aniqlash

Chet davlatning foydasini ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanadi.

Hukm chiqargan sud hukmning ko‘chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.

Sudning hukmi asosida Ichki ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.

30-modda. Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash

Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun ichki ishlar organlari va konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga ushbu Qonunning 25-moddasi qoidalari tushuntiriladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.

[OKOZ:


1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.03.00 Bolalar fuqaroligi va ota-onalar fuqaroligi]

31-modda. Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash

Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun ichki ishlar organlari va konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki uning qonuniy vakiliga ushbu Qonunning 25-moddasi qoidalari tushuntiriladi.

Agar shaxs yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlatning fuqaroligini tugatish to‘g‘risida axborot taqdim etmasa, Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.

[OKOZ:


1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.03.00 Bolalar fuqaroligi va ota-onalar fuqaroligi]

5-bob. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda va farzandlikka olinganda bolaning fuqaroligi

32-modda. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda bolaning fuqaroligi o‘zgarishi

Agar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkin.

Ota-ona (yolg‘iz ota yoki ona) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini o‘zgartirganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolmasa, o‘zgarishi mumkin.

Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda, bolaning fuqaroligi o‘zgarmaydi. Bolaning fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi.

33-modda. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi

Agar O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa va bunda ular o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasa, ota-onasining notarial tartibda tasdiqlangan arizasiga, vasiyning yoxud homiyning iltimosnomasiga ko‘ra bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi.

34-modda. Ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan taqdirda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi

Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin.

Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi bo‘lib qolaversa, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan va doimiy yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin.

35-modda. Ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolishi

Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan bo‘lsa, boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib qolaversa, bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan otasining yoki onasining iltimosnomasiga ko‘ra, bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolgan otasining yoki onasining yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat berilishi mumkin.

36-modda. Bolaning fuqaroligini o‘zgartirish chog‘ida uning roziligini olish zarurligi

Ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda yoki bola farzandlikka olingan taqdirda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.

[OKOZ:


1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.04.00 Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va qarorlarni ijro etish]

6-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish chog‘ida hujjatlarni tayyorlash tartibi

37-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalarga doir umumiy talablar

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs iltimosnomani doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs esa konsullik muassasasiga beradi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan ularning tuzilish sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanishi kerak. Agar ariza beruvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra iltimosnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning topshirig‘iga ko‘ra o‘zga shaxs ariza beruvchi va ichki ishlar organining mansabdor shaxsi yoxud konsullik muassasasining konsullik mansabdor shaxsi hozirligida iltimosnomani yoki boshqa hujjatni ariza beruvchi hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sababini ko‘rsatgan holda imzolashi mumkin. Bunday hollarda ichki ishlar organining mansabdor shaxsi yoki konsullik muassasasining konsullik mansabdor shaxsi tomonidan iltimosnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi.

38-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

so‘rovnoma;

pasport va (yoki) yashash guvohnomasi;

nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa yashash guvohnomasi;

tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;

O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti yoxud manfaatdor vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning iltimosnomasi;

sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga pasport (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.

39-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

so‘rovnoma;

pasport;

nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa pasporti;

davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

Agar O‘zbekiston Respublikasida ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramog‘idagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning o‘ziga nisbatan mulkiy e’tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.

40-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish masalalariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi

Iltimosnomani qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini uch ish kuni ichida tekshiradi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoxud zarur axborotni boshqa davlat organlaridan so‘rab olishga haqli.

Iltimosnoma ushbu Qonunning 37, 38 va 39-moddalarida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan e’tiboran ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.

[OKOZ:


1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.04.00 Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va qarorlarni ijro etish]

7-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari va ko‘rib chiqishni tugatish asoslari

41-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari

Ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ushbu Qonunning 52-moddasida belgilangan tartibda tuziladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga materiallarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi talabnomani uch ish kuni ichida kiritadi.

Talabnomani ko‘rib chiqish, tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash muddati bir oyni tashkil etadi. Qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar olish zarur bo‘lganda talabnomani ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni qabul qilgan konsullik muassasasi ularni diplomatik pochta jadvalini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuborish uchun materiallarni Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlash muddati bir oydan oshmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishning umumiy muddati talabnoma O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sanadan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

42-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish

Quyidagi holatlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish asoslari hisoblanadi:

a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uning mulkiy majburiyatlari mavjudligi;

b) shaxsning qidiruvda ekanligi;

v) agar shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlangan va jazoni o‘tayotgan bo‘lsa;

g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hukmining mavjudligi;

d) bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etganlik;

e) O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidlik;

j) shaxsning vafot etganligi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilganligi to‘g‘risida ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi arizachini yoki uning qonuniy vakilini O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.

Ushbu modda birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, shaxs ichki ishlar organiga yoki konsullik muassasasiga qayta murojaat qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilgan taqdirda to‘langan davlat boji yoki konsullik yig‘imi qaytarib berilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha takroriy murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng bir yil o‘tgach ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan qabul qilinadi. Ariza beruvchiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yangi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, takroriy iltimosnoma ko‘rsatilgan muddatdan oldin ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

[OKOZ:


1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.04.00 Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va qarorlarni ijro etish]

8-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash va fuqaroligini tan olish tartibi

43-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi ariza uning doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashayotgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi ariza va arizaga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ariza beruvchida uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda ariza beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.

Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo bo‘lganda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli davlat organlariga so‘rovnoma yuboradi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha xulosa chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ushbu Qonun 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qo‘yiladi. Pasporti olib qo‘yilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, u o‘zining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli.

Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan xulosalar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.

44-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish haqidagi so‘rovnoma doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashab turgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish to‘g‘risidagi so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

davlat boji yoki konsullik yig‘imi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish haqidagi so‘rovnomani ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy muddati O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga talabnoma kiritilgan paytdan e’tiboran bir oyni tashkil etadi. So‘rovnomani ko‘rib chiqish jarayonida shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi tekshiriladi. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.

45-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rasmiylashtirish masalalariga oid materiallarni tayyorlash

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga topshiriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

so‘rovnoma;

fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi;

nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

arizachining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotnoma (o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa);

davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizani ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy muddati ariza topshirilgan kundan e’tiboran uch oyni tashkil etadi.

Ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan taqdirda, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan xulosaga asosan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

[OKOZ:


1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.04.00 Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va qarorlarni ijro etish]

9-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi

46-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasini tuzish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini hal etishga doir konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi organdir. Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiya rais, rais o‘rinbosari, kotib va Komissiyaning boshqa a’zolaridan tarkib topadi.

Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.

Komissiya majlisida rais yo‘q bo‘lgan taqdirda uning vazifalari rais o‘rinbosarining zimmasiga yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

47-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari

Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan takliflar kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur yo‘nalishda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish;

fuqarolik masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyotni va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

48-modda. Komissiyaning huquqlari

Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:

yurituvida turgan ish yuzasidan tegishli davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va materiallarni talab qilib olish;

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish, tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga kiritish;

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot olish uchun o‘z majlislariga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif etish.

Komissiya O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida ushbu Qonun 42-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaror qabul qiladi.

49-modda. Komissiyaning ishini tashkil etish va qarorlarini qabul qilish tartibi

Komissiyaning zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladigan majlislari Komissiya ishining tashkiliy shaklidir.

Komissiyaning majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir.

Komissiya majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda muhokama etiladigan masalalar yuzasidan ma’ruza qilishi mumkin.

Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan Komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya a’zolarining ovozlari teng bo‘lib qolganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning majlisida ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni dastlabki tarzda ishlab chiqish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

[OKOZ:


1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.04.00 Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va qarorlarni ijro etish]

10-bob. Yakunlovchi qoidalar

50-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari zimmasiga, xorijda yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi.

O‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.

51-modda. Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga ichki ishlar organi yoxud konsullik muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yo‘l hujjati beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.

52-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasi

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha manfaatdor davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, shuningdek hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

53-modda. Nizolarni hal etish

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

55-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish

1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda):

5-moddasining 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

22-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga ilovaning 6-bandi “i” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risida arizalar berish uchun” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

1) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi 632-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 338-modda);

2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 633-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 339-modda);

3) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 714-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) I bo‘limining 10-bandi;

4) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-389-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 310-modda) 1-moddasi;

5) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-411-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 276-modda) 1-moddasi;

6) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-542-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 267-modda) 2-moddasi.

56-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

57-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 6, 45-moddalari va 55-moddasining 1-bandi 2020-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 13-mart,



O‘RQ-610-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 03/20/610/0299-son)
Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling