1. Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]


Download 295.41 Kb.
bet1/2
Sana22.03.2023
Hajmi295.41 Kb.
#1286698
  1   2
Bog'liq
PF-5395 03.04.2018




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining muvofiqlashtirilgan va kelishilgan faoliyatini ta’minlash mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi bosqichida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, davlat organlari ayrim rahbarlari tomonidan boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishda mas’uliyatni zimmasiga olmaslik yoki vakolat doirasidan tashqariga chiquvchi, ko‘pincha amaldagi qonun hujjatlari normalariga zid qarorlar qabul qilish holatlarining saqlanib qolishi ko‘zlangan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Yuzaga kelgan holat ishonib topshirilgan sohada aniq natijalarga erishish uchun vazifalar, vakolatlar va javobgarlikni aniq belgilash, boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilishda davlat organlarining to‘liq mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, yuqori turuvchi tuzilmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo‘yish zaruratini taqozo etadi.
Huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qonun hujjatlari normalarining bir xil qo‘llanilishini ta’minlash, ekspert-huquqiy ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun barcha darajadagi rahbarlarning harakatlarini birlashtirish va shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda maslahatchining bo‘linmalari deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining harakatlarini birlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga, qonunlarning so‘zsiz ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, rasmiyatchilik, sansalorlik hamda korrupsiya ko‘rinishlari uchun shart-sharoit yaratuvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash;
davlat boshqaruvi tizimini, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani kompleks tahlil qilish hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, bir xil va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlarining ijrosi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshirish;
Hukumatning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligini kuchaytirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida vakolatlar va javobgarlik sohalarini aniq belgilab berish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, hududlarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi javobgarligi va mustaqilligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasidagi faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qilish;
sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida kadrlarga oid davlat siyosati olib borilishini ta’minlash, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, siyosiy boshpana berish, shuningdek, amnistiya aktini qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish masalalari bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Maslahatchining bo‘linmalariga quyidagi huquqlar berilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlari ijrosiga oid ma’lumotlarni so‘rab olish;
davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish, tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yangi normativ-huquqiy hujjatlarni yoki boshqa hujjatlarni qabul qilish hamda amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish;
respublika davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlariga, amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga nomuvofiq bo‘lgan, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda optimallashtirish, rasmiyatchilik, sansalorlik, sarf-xarajatlar va korrupsiya ko‘rinishlarining ko‘payishiga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining ijro etilmaganligi holatlari bo‘yicha materiallarni aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun davlat organlariga, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
umummajburiy ko‘rsatmalar, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat va idoraviy bayonnoma qarorlari, yozma topshiriqlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
hukumat bayonnoma qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi va ular imzolanganidan keyin hisobga olinishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3628-son qaroriga muvofiq davlat organlarida tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ekspert-tahlil guruhlarining ishini tashkil etish va muvofiqlashtirish Maslahatchining bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo‘shatilayotgan 35 nafar shtat birligi, Institut tomonidan amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalar, shuningdek, Institut balansida bo‘lgan mol-mulk va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar Xizmatga o‘tkazilgan holda tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qo‘yilsinki, Maslahatchining bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi idoralar:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan, jumladan:
tegishli sohalardagi ahvolni birgalikda o‘rganish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish va ularni ishlab chiqish;
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini hamkorlikda o‘rganishni, tegishli sohalarda xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga ilg‘or xorijiy tajribani kiritish hamda tashkilotlarning tavsiyalarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
yetakchi mutaxassis (konsultant)larni, jumladan xorijiy mutaxassis (konsultant)larni hamkorlikdagi ishlarga jalb etish orqali;
b) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan, jumladan:
joylardagi ahvolni tanqidiy o‘rganishni, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni aniqlashni tashkil etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayniqsa, joylarda so‘zsiz ijro etilishini va ushbu hujjatlar amalga oshirilishining sifati, muddati hamda samaradorligi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yaqindan hamkorlik qiladi.
7. Xizmat:
bir hafta muddatda Xizmatning tuzilmasi, uning Nizomi va shtat jadvali tasdiqlanishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, shuningdek, Xizmatning mas’ul xodimlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar;
Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hukumatning sifat jihatidan yangi, zamonaviy va samarali faoliyat yurituvchi tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasining, jumladan uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligi va mustaqilligini kuchaytirish, shuningdek, qarorlar qabul qilishda vakolatlar hamda mutasaddi bo‘lgan sohalarni aniq belgilab berishni nazarda tutgan holda, kiritilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida katta mablag‘ va resurslarni jalb qiladigan, asossiz hamda samarasi past yig‘ilishlar va majlislar o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-aprel,
PF-5395-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida:
1) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
2) 1-ilovada:
6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati:
davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining harakatlarini birlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;
davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga, qonunlarning so‘zsiz ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, rasmiyatchilik, sansalorlik hamda korrupsiya ko‘rinishlari uchun shart-sharoit yaratuvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlaydi;
davlat boshqaruvi tizimini, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani kompleks tahlil qiladi hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, bir xil va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlarining ijrosi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;
Hukumatning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligini kuchaytirish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida vakolatlar va javobgarlik sohalarini aniq belgilab berish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qiladi, ularning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, hududlarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi javobgarligi va mustaqilligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasidagi faoliyatini takomillashtiradi va muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qiladi;
sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida kadrlarga oid davlat siyosati olib borilishini ta’minlaydi, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, siyosiy boshpana berish, shuningdek, amnistiya aktini qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish masalalari bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlaydi”;
21-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yordamchi xodimlar Devonning Ishlar boshqaruvchisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Axborot-resurs markazi xodimlari hamda Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining yordamchi xodimlari mazkur Xizmat rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
3) 2-ilovaning “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” bloki “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” bloki bilan almashtirilsin;
4) 3-ilovada:
5-band chiqarib tashlansin;
“Mas’ul Xizmat” grafasining 6 — 8 va 14-bandlaridagi “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentida:
a) 13-bandning uchinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Devonga kelib tushgan qonun Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga yuboriladi.
Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonun bilan tartibga solinadigan masalalarning mazmunidan kelib chiqqan holda, uni ekspert jihatdan o‘rganib chiqish yoki Xizmat huzuridagi Maslahat kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin.
19. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonunning huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi. Huquqiy ekspertiza natijasida qonunni imzolash mumkinligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining e’tirozlari bilan qaytarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.
Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati Qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi”;
v) 22-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilinishi, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobi yuritilishini tashkil etish uchun”;
g) 23-bandning birinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 49-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, parlamentarizm, saylov va siyosiy tizim, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish, sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek fuqarolik, siyosiy boshpana berish, amnistiya va afv etish masalalari bo‘yicha”;
e) 52 va 53-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 55-band chiqarib tashlansin;
z) 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tqazilgandan keyin Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakolatiga kiritilgan masalalarga oid hujjatlari bundan mustasno”;
i) 58-banddagi “ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi” so‘zlari “ularni ko‘rib chiqish uchun Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakolatiga kiritilgan masalalarga oid hujjatlari bundan mustasno” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 64-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilishni tashkil etish (zarurat bo‘lganda), shuningdek ularning tizimli hisobini yuritish uchun”;
l) 65-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati loyiha imzolangandan keyingi kundan kechiktirmay uni quyidagilarga yuborilishini ta’minlaydi”;
ikkinchi xatboshidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini, shuningdek ularga axborot-tahlil materiallarni hujjatni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish uchun;
tegishli tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini rasmiy e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lgan taqdirda);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resurslarida e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lgan taqdirda) yuboradi";
n) 69-bandning birinchi xatboshisidagi “Devonning farmonni imzolashga kiritgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan Devonning Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati bilan birgalikda” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o) 118 va 123-bandlardagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
p) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolanish va e’lon qilish tartibi sxemasi (1-ilova) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolanish va e’lon qilish tartibi
SXEMASI


Download 295.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling