1. Davlatning funksiyalari, shakllari va mexanizmi. Davlatning funksiyalari- davlat faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro'yobga chiqariladi. Ular quyidagi turlarga bulinadi


Download 17.64 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi17.64 Kb.
#1175198
Bog'liq
qonunchilik yakuniy


1.Davlatning funksiyalari, shakllari va mexanizmi. Davlatning funksiyalari- davlat faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro'yobga chiqariladi. Ular quyidagi turlarga bulinadi. 1.Faoliyat ko'rsatish makoni bo'yicha: ichki va tashqi 2.Faoliyat ko'rsatish muddati bo'yicha: doimiy va vaqtinchalik 3.Ijtimoiy jihatdan muhimligi bo'yicha: asosiy va asosiy bo'lmagan 4. Amalga oshirishning huquqiy shakli bo'yicha: huquqni ijod qilish, huquqni ijo qilish va huquqni muhofaza qilish Davlat shakllari deyilganda , davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo'linishi tushuniladi. Boshqaruv shakli deganda , davlat hokimiyati, uning idoralarining aholi bilan uzaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. Boshqaruv shakliga kura davlatlar monarxiya va respublika turlariga bo'linadi. Davlatlar tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo'lishi mumkin. Hokimiyatni ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni boshqarishda qullaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tartibot deb ataladi. u ikki xil bo'ladi: 1.Demokratik 2.Nodemokratik Davlat mexanizmi- jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi.
2.Ijtimoiy munosabatlar va huquq tuahunchasi. Huquq- davlat tomonidan o'rnatilgan va u tomonidan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo'lgan xulq atvor qoidalarining tizimi. Huquq funksiyalari: Tartibga solish- jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va alohida shaxs xulq atvorini kerakli yo'nalishga solish Qo'riqlash- huquqiy muhofaza va yuridik ma'suliyat choralarini, ularni qullash tartibini o'rnatish. Tarbiyalash- turmushda nimalar qilish mumkin nimalar taqiqlanadi. Har xil vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Zarur bo'lganda majburlash, hatto jazolashni ham nazarda tutadi.
3. Huquqning mohiyati haqida nazariyalar. Huquq albatta davlat irodasini ifodalaydi. Huquqiy davlatda davlatning irodasi jamiyat, xalq irodasi bilan mos tushganligi sababli bunday davlatda huquq jamiyat yoki xalq irodasini ifodalaydi deb ta'kidlash mumkin. "Huquq" atamasi ikki obyektiv hamda subyektiv huquq ma'nosida qo'llaniladi. Obyektiv huququq - huquq normalarining yig'indisi. Subyektiv huquq esa ma'lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo'lgan huquq.
5.Qonuniylikni ta'minlashda konstitutsiyaning axamiyati. Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi

6.Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo'lish asoslari. “Mulk huquqi” — moddiy neʼmatlarning aniq bir shaxslarga tegishliligi (oʻzlashtirilganligi)ni mustahkamlovchi, tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining asosiy tartibotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi FKga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining Mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga binoan, "har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli". Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida"gi qonun (1990-yil 31-oktabr) asosida bozor munosabatlarining tashkil topishi uchun iqtisodiy manba hisoblangan xususiy mulkchilikka yoʻl ochildi.


7.Fuqarolik huquqining funksiyalari. Fuqarolik huquq tizimi. Fuqarolik huquqining tamoyillari va funksiyasi Fuqarolik huquqining metodi uning tamoyillari bilan chambarchas bog’liq. Fuqarolik huquqining tamoyillari fuqarolik huquq normalarining mazmuniga singdirilgan asosiy raxbariy qoidalardir. Ular Fuqarolik Kodeksining 1- moddasida o'z ifodasini topgan. Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlarining tengligi tamoyili. Bu xususida yukorida batafsil tuxtalgan. Mulkning daxlsizligi tamoyili. U iqtisodda mulkni huquqiy tartibga solishning asosi hisoblanadi. Mulkning daxlsizligi tamoyili O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53- moddasida ham qayd etilgan, “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.” Shartnomaning erkinligi tamoyili. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo'l qo'yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Masalan, Ommaviy shartnomada tashkilotning o'z zimmasiga olgan majburiyati. (FK 358-modda).
4.Huquqi xulq-atvor tushunchasi belgilari ha tasnifi. Huquqiy xulq-atvor tushunchasi va turlari Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida kishilarning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etadi. Yuridik adabiyotlarda asosiy diqqat-e’tibor kishilar xulq-atvorining huquq-qa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib, huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi. Jamiyatda kishilarning xulq-atvori turli shakllarda namoyon bo‘lib, uni ifodalanishiga, samaradorligiga, motivlariga, maqsadlari va oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy xatti-harakat bo‘lib, yuridik shakldagi qonuniy xatti-harakat ta’sirida huquq amalda bo‘ladi. Huquqiy xatti-harakat doirasi va chegarasi huquqiy normalarining dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi. Huquqiy ta’sir etish yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uning hayot faoliyati me’yoriy tartibga solinadi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. Huquqiy xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari: – ijtimoiy foydaliligi – ushbu xatti-harakatlar jamiyat, shaxs va davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zarar keltirmaydi; – ixtiyoriyligi va ongliligi – jamiyat a’zolarining asosiy tarkibi huquqiy harakatlarni jazo choralaridan qo‘rqishdan emas, balki o‘z tashabbuslari bilan ixtiyoriy ravishda, huquqni hurmat qilish asosida amalga oshiradi; – huquq normalariga mos kelishi – shaxslarning xattiharakatlari amaldagi huquq normalariga mos kelishi va o‘rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalari bilan ruxsat etilgan bo‘lishi talab qilinadi. Jamiyatda vujudga keladigan va amalga oshayotgan huquqiy munosabatlarning asosiy qismi o‘z asosiga ko‘ra huquqiy xatti-harakatdan iboratdir. Huquqiy hulq-atvorni bir qator asoslarga ko’ra tasniflash mumkin: faol (aktiv) huquqiy-atvor; odatiy huquqiy hulq-atvor; sust (passiv) huquqiy hulq-atvor.
8.Ma'muriy huquqbuzarlik tushunchasi, mohiyati vaaturlari. Ma'muriy huquqbuzrlik uchun javobgarlik. Maʼmuriy huquqbuzarlik -huquqbuzarlikning bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi MJKga koʻra, qonun hujjatlariga binoan maʻmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan ayb mavjud boʻladi. Qonunga koʻra, Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga toʻlgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik jinoyatdan ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab farqlanadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi.
9.Oila huquqi tushunchasi. Oila huquqi va uning o'ziga xos xususiyatlari. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasidir. U qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam va tez rivojlanadi. Jamiyatimiz asosi-oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanmoqda. Oila a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar ahloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Oila huquqini predmeti bo‘lib, oila a'zolari o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar hisoblanadi.
10.Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yurudik javobgarlik. O'zb Res-ning Konstitutsiyasida Ekologiya huquqi prinsiplari 50-54-55-93-100-moddalari asosida barcha ekologik agrar qonunlar Konstitutsiya talablariga mos ravishda qabul qilindi. Xususan O'zb Res tabiatni muhofaza qilish tug'risidagi 1995-yil qabul qilingan qonunning 3-4-moddalari talabidan kelib chiqib ekologik huquq prinsiplari quyidagicha: 1-Tabiat resusrlaridan oqilona foydalanish va ularning muhofazasini ta'minlash 2- Insonning yashash muhiti bolmish biosfera va ekologik tizmlar barqarorligini saqlash 3- Inson va uning kelgusi avlodlari ginetik fondi haqida g'amxurlik qilish 4-Fuqarolarning hayoti uchun qulay , tabiiy muhitga ega bulish huquqini ta'minlash 5-Ta'lim muassalarida ekologik o'qishning majburiyligini ta'minlash 6-Jamiyatning ekologik iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg'unlashtirish 7-Tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag'batlantirish.
11.Mehnat qonuni va uning mazmun mohiyati. Mehnat nizolari va ularni hal etish. Mehnat huquqi mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy tashkil etishdagi mehnat bo`yicha munosabatlarni tartibga soladi, ya`ni jamiyatda mavjud bo`lgan birgalikdagi mehnat jarayonidagi kishilar o`rtasidagi aloqani tartibga soladi. Mehnat sharoitlarining noqulayligi, mehnat shartlarining o`zgartirilishi, bekor qilinishi, xodimlarga qonunda nazarda tutilgan kafolatlarni bermaslik kabi qator ob`yektiv hamda sub`yektiv sabablarga ko`ra xodim va ish beruvchi o`rtasida o`zaro kelishmovchilik-mehnat nizosi yuzaga keladi.Agarda bu ixtilof tomonlarning o`zaro kelishuvi bilan bartaraf etilmasa, u holda bu nizo qonunda belgilangan huquqiy vositalar yordamida hal etiladi. Mehnat nizolarini ko`rib hal etilishi usuliga ko`ra umumiy va maxsus mehnat nizolariga, mohiyatiga ko`ra mehnat shartlarini belgilash, o`zgartirish , bekor qilishga oid mehnat nizolari hamda mehnat shartlarini qo`llash bilan bog`liq mehnat nizolariga bo`linadi

13. Xalqaro huquq normalari v amanbalari. Xalqaro huquq tushunchasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi. Xalqaro ommaviy huquq-xalqaro munosabatlarda qatnashadigan va ishtirok etadigan davlatlar (sub`yektlar)ning yuridik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xalqaro ommaviy huquq-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro munosobatlarning bazaviy xalqaro printsiplarini belgilab beradi. Xalqaro ommaviy huquq davlatlararo milliy munosabatlarni, davlatlar bilan xalqaro tashkilotlar, xalqaro miqiyosda fuqarolarning asosiy huquq, burch va erkinliklarini, xalqaro huquq doirasida xalqaro nizo va kelishmovchiliklarni hal qilish bilan bogʻliq hamda boshqa munosabatlarni oʻzida ifodalaydi. Xalqaro huquq — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa qatnashuvchilar (subʼyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui.


14.O'zb Res konstitutsiyasining asosi tamoyillari, maqsad ha vazifalari. Konstitutsiya (lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: davlat suvereniteti; xalq hokimiyatchiligi; fuqaro (inson)lar erkinliklari va huquqlarining dahlsizligi hamda ustuvorligi; demokratizm; davlat va shaxsning o‘zaro mas’ulligi; qonuniylik; konstitutsiyaning ustuvorligi; hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi; mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish; sud tuzilishi va sudlov.
15.Bitimlar. Vakillik va ishonchnoma tushunchalari Bitimlar-fuqarolar ha yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga aytiladi.( O'zb Res Fuqarolik kodeksi 11-moddasi) Shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda fuqarolik huquqi bilan belgilangan harakatlar bitim deyiladi. Vakillik — bir shaxsning boshqa shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishi. V. asosan bir shaxs (vakil)ning vakolat boʻyicha tuzgan bitimi; vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Mazkur vakolat ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan boʻlishi kerak. Fuqarolar fuqarolarga, yuridik shaxslarga V. qilishlari mumkin. Yuridik shaxs faqat oʻz ustavida koʻzda tutilgan hollardagina yoki faoliyat harakteriga muvofiq boʻlgandagina fuqarolar yoki yuridik shaxslarning vakili boʻlishi, muomalaga layoqatli shaxslar oʻzlari tanlagan vakillar orqali bitim tuzishlari mumkin
12.Jinoyat huquqining asosiy tushunchasi . jinoiy jazo tushunchasi va turlari Jinoyat huquqi - huquq tizimining bir tarmogʻi; oliy davlat hokimiyati organi tomonidan oʻrnatilgan, qonun bilan qoʻriqlanadigan, ijtimoiy munosabatlar uchun xavfli boʻlgan tajovuzlarning jinoyat ekanligi va jazoga loyiqligini, jazo choralari tayinlash shartlari va tartibini hamda jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni belgilaydigan huquqiy meʼyorlar yigʻindisi.. Jinoiy jazo - jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan davlatning majburlov chorasi. Sud hukmi bilan qoʻllaniladi. J. j.ning qatʼiy roʻyxati faqat jinoyat qonunida beriladi va JKda koʻrsatilmagan boshqa birorta chora J. j. chorasi hisoblanmaydi



Download 17.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling