1. Detallarning ishlash Iayoqati va uni ta’minlash Detallarni kerakli o'lchamda tayyorlashda moslamalarning vazifasi
Download 110.5 Kb.
|
DETALLARNI KARAKLI O`LCHAMDA TAYYORLASH VA STANDARTLASH ASOSLAR
MAVZU:DETALLARNI KARAKLI O`LCHAMDA TAYYORLASH VA STANDARTLASH ASOSLAR Reja: 1.Detallarning ishlash Iayoqati va uni ta’minlash 2.Detallarni kerakli o'lchamda tayyorlashda moslamalarning vazifasi 3.Detallarni bazalash. Bazalarning klassifikasiyasi Yangi loyihalanayotgan mashina va detallar ishda ishonchli, aniq, mustahkam, ishlash muddati uzoq, yigmsh yengil, ish unumi yuqori, boshqarish qulay, o'chamlari kichik, estetik ko'rinishli, iqtisodiy jihatdan tejamli bo'lishi kerak. Loyihalanyotgan mashina detallarining ishlash Iayoqati ularning mustahkamligi, bikrligi, issiqqa, yeyilishga va titrashga chidamliligi bilan belgilanadi. Detallaming ishlash Iayoqati uning ishlash sharoitiga qarab belgilanadi. Detallaming qanday sharoitda ishlashiga qarab, qanday shart qo'yilishni belgilash kerak va shu shartni bajarilishni ta’minlash lozim.Bikrlik detallarning ishlash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida elastik deformatsiyasi ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi uchun bikrligi ta’minlangan bo’lishi kerak. Masalan. vallarning bikrligi ta’minlangan bo’lsa, ularga o ‘rnatilgan podshipniklar, tishli g’ildirak, muftalarni yaxshi ishlashiga sharoit tug‘dirilgan bo’ladi. Bikrlikni ruxsat etilgan qiymatlarini elastik nazariyasi asosida aniqlash mumkin. Yeyilishga chidamlilik: Materiallarning yeyilishga qarshilik ko’rsata olish xususiyati, yeyilishga chidamlilik deb ataladi. Yeyilish bu detallarning o ‘zaro ishqalanishi tufayli sodir boMib, o‘z o’lchamlarini asta sekin o ‘zgarishidir.Issiqlikka chidamlilik detallarning berilgan muddati davomida ruxsat etilgan issiqlikda ishlay olish xususiyati issiqlikka chidamlilik deb ataladi. Detallar o'zaro bir-biriga ishqalanishi natijasida qiziydi, bu qizish natijasida detallarning mustahkamligi pasayadi, moylami moylash xususiyati kamayadi, natijada o‘zaro ishqalanuvchi detallarning yeyilishi ortadi. Titrashga chidamlilik mashinalaming ishlash jarayonida titrash natijasida detallarda qo‘shimcha dinamik kuchlar hosil boiadi, bu esa ularning toliqishiga sabab boiadi va ishdan chiqishini tezlashtiradi. Detallarning titrashga chidamliligini ta’minlash uchun rezonans hodisasini keltirib chiqaradigan sabablami yo‘qotish kerak. Ma’lumki, rezonans hodisasi detallaming o‘zida hosil boladigan xususiy tebranish chastotasi bilan tashqi kuch ta’sirida boladigan tebranish chastotasi bir xil boigan hollarda ro‘y beradi.Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat bo‘ladi: 1) xomashyo tayyorlash - quyish, bolg‘alash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish; 2) mashina detallarini yakuniy shakl va oichamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida ishlov berish; 3) yig‘ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlanii hosil qiiish; 4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig‘ish; 5) mashina yoki mahsulotni sozlash va smash; 6) mashina yoki mahsulotni bo‘yash va ulami konservatsiya qiiish.Texnologik jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan detalning qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi.Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi. Shu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga boTinadi, bu qismlaming yig‘indisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibi' qismlarga boTinadi: texnologik amal; holat; o‘tish; yurifh; harakatlar yig‘indisimashinasоzlikda texnоlоgik moslama – deb detallarga mexanik ishlоv berish, mashinalarni yigmish yoki nazоrat qilish jarayonlarini bajarishda qo'llaniladigan texnоlоgik jihоzlarni yordamchi qurilmalariga aytiladi. mоslamalar, ishchi va nazоrat asbоblari birgalikda texnоlоgik оstnastka deyiladi. Ularning asоsiy guruhini (70% atrоfida) dastgоhlarda mexanik ishlоv berish uchun qo'llaniladigan mоslamalar tashkil etadi. Dastgоh mоslamalarini qo'llanishi mexanik ishlоv beriluvchi detalni, uni ishlоv berish jarayonida turgmunligini saqlagan hоlda ishоnchli bazalash va mahkamlashni; ishlоv berish unumdоrligi va aniqligini ta`minlaydi; ishchilarni malakasidan qatmiy nazar ishlоv beriluvchi detalni yuqоri sifatini dоimiyligini ta`minlaydi; mоslamalarni mexanizasiyalash natijasida mehnat unumdоrligini оshiradi; mehnat sharоitini yengillatib, uni xavfsizligini ta`minlaydi; jihоzlarni texnоlоgik imkоniyatlarini оshiradi; texnik asоslangan vaqt me`yorlarini qo'llashga imkоn beradi.Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling