1. Diagnostika stendlarining turlari. Kuch va inertsiya stendlari. Yonilg’i sarfini aniqlash qurilmalari. Chiqindi gaz tarkibini aniqlovchi qurilmalar


Download 0.93 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1510366
  1   2   3   4
Bog'liq
Avtomobillarning diagnostikalash istiqbollari


Avtomobillarning diagnostikalash istiqbollari
Reja:


1.Diagnostika stendlarining turlari. Kuch va inertsiya stendlari.
2.Yonilg’i sarfini aniqlash qurilmalari.
3.Chiqindi gaz tarkibini aniqlovchi qurilmalar.
Texnik diagnostika - mashinalar, qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va boshqalarda nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi alomatlarni aniqlash va oʻrganish. Mashinalar, qurilmalar va texnik tizimlarning risoladagi ish maromlari yoki holatlaridan muayyan darajadagi ogʻishlarni oldindan bilish, oldini olish va bartaraf qilish maqsadida oʻtkaziladi. Texnik diagnostika nazorat qilinayotgan obyekt (mashina, qurilma, televizor va boshqalar)ni tashqi koʻzdan kechirish, maxsus diagnostika apparatlari yoki diagnostika dasturlaridan foydalanish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi obyektlar (avtomobillar, mototsikllar, traktorlar va boshqalar) maxsus ustaxonalar yoki taʼmirlash korxonalaridagi diagnostika punktlarida, muqim (qoʻzgʻalmas) obyektlar (stanoklar, texnik tizimlar va boshqalar) turgan joyida Texnik diagnostikadan oʻtkaziladi. Nazorat qilinayotgan obyekt va uni tekshirish vositalari (apparatlari va boshqalar) birgalikda diagnostika tizimini tashkil qiladi. Ular oʻzaro taʼsirlashib, diagnostika algoritmini amalga oshiradi. Natijada obyektning texnik holati toʻgʻrisidagi xulosa tuziladi (mas., "mashina buzuq emas", "stanok ishga yaroqsiz", "televizorda chastotalar detektori ishdan chiqqan" kabi xulosalar qayd qilinadi). Texnik diagnostikani amalga oshirish uchun obyektning matematik modeli (uning risoladagi va buzuq holatlari bayoni) ni tuzib olish usulidan ham foydalanish mumkin. Mas., shovqin bilan yoki titrab ishlovchi obyektlarni tekshirishda shovqin yoki titrash egri chiziqlari (akustik Texnik diagnostika usuli), mikroelektron texnologiya yoki payvandlash jarayonida obyektlarni rentgen nurlarida tasvirlash model vazifasini oʻtashi mumkin.
Diagnostika vositalarini apparatli, dasturli va dasturapparatli turlarga boʻlish mumkin. Hozir Texnik diagnostikaning kompyuterli va raqamli vositalaridan keng foydalaniladi. Texnik diagnostika texnik obyektlarning ishonchliligini taʼminlash va risoladagidek tutib turishda juda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Uslubiy jihatdan Texnik diagnostikaning tibbiy diagnostika bilan umumiy tomonlari mavjud (qarang DiagnostikaDiagnostika vositalari).


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling