1. Didaktika bu: a ta’lim nazariyasi


Download 59.5 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1388232
Bog'liq
4-вариант


IV-VARIANT
1. Didaktika – bu:
a) ta’lim nazariyasi;
b) rivojlanish nazariyasi;
c) tarbiya nazariyasi;
d) ta’lim-tarbiya nazariyasi.
2. Didaktika nimani o’rganadi?
a) o’qitish mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalarini;
b) shaxsning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini;
c) bolaning atrofdagilar bilan o’zaro munosabatini;
d) shaxsga ta’lim hamda tarbiya berishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni.
3. Ta’lim funksiyalari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish;
b) o’quv fanlari mazmunini o’zlashtirib olish;
c) bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish;
d) tevarak-atrofdagi voqealarni tushuntirish.
4. Didaktikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating.
a) rivojlanish, mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirish;
b) ta’lim berish, tarbiyalash, shakllantirish;
c) bilim, ko’nikma, ta’lim, malaka;
d) ta’lim mazmuni, ta’lim shakli, ta’lim metodlari, ta’limiy vositalar.
5. “Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi” tushunchalari didaktikaning qaysi jihatini yoritadi?
a) ta’lim funksiyalari;
b) ta’lim vositalari;
c) ta’lim metodlari;
d) ta’lim natijasi.
6. Ta’lim muassasasi pedagogik tizimining konseptual asosini qanday g’oyalar tashkil etadi?
a) ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi;
b) tarbiyaviy, didaktik, ijtimoiy-gpoyaviy;
c) tarbiyaviy, didaktik, muloqot;
d) ijtimoiy-gpoyaviy, aksiologik, didaktik.
7. O’zRning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
a) 1992 yil, 12 iyul;
b) 1997 yil, 29 iyul;
c) 1992 yil, 12 avgust;
d) 1997 yil, 29 avgust.
8. O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq kimlar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga egalar?
a) kasbiy bilim, kopnikma va malaka, shuningdek, ta’lim muassasalarida ishlash tajribasiga ega shaxslar;
b) tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar;
c) oliy pedagogik maplumot hamda 5 yillik pedagogik stajga ega shaxslar;
d) faoliyat jarayonida ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan muloqot qilish malakasini opzlashtirgan shaxslar.
9. Ta’lim muassasasi nima?
a) qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko’rsatadigan yuridik shaxs;
b) pulli ta’lim xizmatlarini koprsatish orqali moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish huquqiga ega yuridik shaxs;
c) rivojlangan xorijiy mamlamatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yoplga qopyish huquqiga ega yuridik shaxs;
d) ta’lim sohasidagi islohotlarni tashkil etishga maspul yuridik shaxs.
10. Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Didaktika (ta’lim nazariyasi), Maktabshunoslik;
b) Ta’lim menejmenti, Didaktika (ta’lim nazariyasi);
c) Didaktika (ta’lim nazariyasi), Tarbiya nazariyasi;
d) Tarbiya nazariyasi, Ta’lim menejmenti.
11. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish; ta’lim sohasini o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish; rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish. Ular ... sanaladi.
a) ta’lim tizimini rivojlantirishning istiqbol rejalari;
b) ta’limiy islohotlarning asosiy, bosh yopnalishlari;
c) “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi;
d) “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning ustuvor tamoyillari.
12. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari qaysi variantda berilgan?
a) ta’lim jarayonining ishtirokchilari;
b) ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchilar;
c) ta’lim xizmatlarining istemolchilari;
d) shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
13. Davlat ta’lim standartlari nima?
a) ta’lim jarayonining samarali tashkil etish yo’llari, shakl va metodlari to’grisida malumotlardan iborat yo’riqnoma;
b) o’quv yuklamlari hajmini aniqlashga xizmat qiladigan mezonlar yig’indisi;
c) umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan meyoriy hujjat;
d) o’quv jadvalining tarkibiy elementlarini aks ettiruvchi manba.
14. DTS qanday ta’lim turlari uchun joriy etiladi?
a) maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar;
b) umumiy oprta, maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’lim;
c) umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim;
d) bolalar bogpchasi, umumiy oprta ta’lim, oprta maxsus, kasb-hunar ta’limi.
15. Individ kim?
a) xatti-harakatlarni ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan biologik mavjudot;
b) xatti-harakatlarni shartli reflekslar asosida tashkil etuvchi biologik mavjudot;
c) xatti-harakatlarni shartsiz reflekslar asosida tashkil etuvchi biologik mavjudot;
d) xatti-harakatlarni ongli ravishda tashkil etuvchi biologik mavjudot.
16. SHaxs kim?
a) shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy mavjudot;
b) muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan ijtimoiy mavjudot;
c) psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan ijtimoiy mavjudot;
d) psixologik jihatdan taraqqiy etgan hamda ma’lum darajada ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega ijtimoiy mavjudot.
17. SHaxsga xos bo’lgan barcha tug’ma xususiyatlarning boyib borishi, yangi sifatlarning hosil qilinishi, shuningdek, organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik funksiyalarning takomillashishi, faoliyat hamda xatti-harakatning miqdor va sifat jihatdan o’zgarib borish jarayoni deganda nima tushuniladi?
a) shaxsning rivojlanishi;
b) shaxsning o’sishi;
c) shaxsning shakllanishi;
d) shaxsning takomillashuvi.
18. SHaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir koprsatadi?
a) irsiyat, tabiiy muhit, ijtimoiy munosabatlar;
b) muhit, tarbiya, bilim;
c) irsiyat, muhit, tarbiya;
d) tarbiya, irsiyat, faoliyat mazmuni.
19. Tarbiya metodlari nima?
a) shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish orqali uni har tomonlama kamol toptirish yo’llari;
b) shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish, uning hayoti va faoliyatini uyushtirish asosida unda ma’naviy-axloqiy tushuncha, e’tiqod va fazilatlarni tarkib toptirish usullari;
c) shaxsning hayoti va faoliyatini uyushtirish asosida unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash usullari;
d) shaxsning ijtimoiy ongini shakllantirish orqali uni fuqaro sifatida tarbiyalash yo’llari.
20. Tarbiya metodlarining quyidagi turlari kim tomonidan ilgari surilgan: 1) tarbiyalanuvchilarning ongi, sezgisi va irodasiga ta’sir koprsatuvchi metodlar; 2) faoliyatni tashkil qiluvchi va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantiruvchi metodlar; 3) xulq-atvor va faoliyatni tartibga soluvchi, rag’batlantiruvchi va tuzatuvchi metodlar?
a) K.Z.Zaripov;
b) A.Q.Munavvarov;
c) G.I.Opukina;
d) B.Farberman.
21. Tarbiya metodlari qaysi javob variantida keltirilgan?
a) ongni shakllantiruvchi metodlar, og’zaki bayon qilish metodlari, pedagogik rag’batlantirish (xulq-atvorni tuzatish) metodlari;
b) ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantiruvchi metodlar, ko’rsatmali metodlar, amaliy mashg’ulotlar metodlari;
c) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantiruvchi metodlar, pedagogik rag’batlantirish (xulq-atvorni tuzatish) metodlari;
d) ongni shakllantiruvchi metodlar, ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantiruvchi metodlar, og’zaki ta’sir koprsatuvchi metodlar.
22. Quyidagilarning qaysilari jazolash metodlari sanaladi?
a) ogohlantirish, uyaltirish, musobaqa;
b) tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish;
c) tenbeh berish, pedagogik talab, xayfsan berish;
d) uyaltirish, o’git, ogohlantirish.
23. Jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, unda yashovchi kishilar tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida nima deb ataladi?
a) axloqiy harakat;
b) axloqiy me’yor;
c) axloqiy yondashuv;
d) axloqiy qarash.
24. “Ijtimoiy munosabat, kundalik faoliyat, mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil etishda muayyan qoidalarga qat’iy rioya etish”. Ushbu holat qanday tushuncha mazmunini yoritadi?
a) faoliyat;
b) rivojlanish;
c) intizom;
d) ta’lim.
25, O’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashga o’rgatish; o’quvchilarni turli mazmunga ega mehnat ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish; o’quvchilarda mehnatga muhabbatni uyg’otish, mehnatsevarlik, tejamkorlik xislatlarini tarbiyalash. Ular mehnat tarbiyasining ... sanaladi.
a) vazifalari;
b) yo’nalishlari;
c) tamoyillari;
d) konsepsiyasi.
26. Mehnat tarbiyasi mazmunida aks etuvchi xo’jalik-iqtisodiy omillarni aniqlang: 1) ta’lim muassaasasi imkoniyatlari; 2) o’quvchilarning yosh xususiyatlari; 3) ta’lim muassasasining moddiy ta’minoti; 4) o’qituvchi kadrlarning salohiyati; 5) ishlab chiqarish sharoitlari; 6) ta’lim muassasasining an’analari.
a) 1, 2, 4, 5, 6;
b) 2, 3, 4, 5, 6;
c) 1, 2, 3, 4, 5;
d) 1, 3, 4, 5, 6.
27. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanishini taminlash, ishlash qobiliyatini rivojlantirish; ularda yangi harakat turlariga nisbatan ko’nikma, malakalar hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish; o’quvchilarning yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan asosiy harakat sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish, ularda o’z sog’ligiga ongli munosabatni tarbiyalash. Ular jismoniy tarbiyaning ... sanaladi.
a) maqsadi;
b) vazifalari;
c) yo’nalishlari;
d) tamoyillari.
28. O’quvchilarda jismoniy madaniyatni tarbiyalashning asosiy vositalariga nimalar kiradi?
a) jismoniy tasir, organizmni chiniqtirishga yordam beruvchi tabiiy va sun’iy omillar;
b) gimnastika, harakatli o’yinlar, turizm, sport;
c) jismoniy mashqlar, organizmni chiniqtirishga yordam beruvchi tabiiy va gigienik omillar;
d) quyosh, suv, havo, uyqu.
29. Quyida keltirilgan jismoniy tarbiya vositalaridan qaysi biri maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshi bolalarining jismoniy quvvatini oshirishga, jismoniy, aqliy jihatdan rivojlanishiga yordam beradi?
a) gimnastika;
b) shaxmat-shashka va tennis;
c) harakatli va didaktik o’yinlar;
d) sayohat.
30. “Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. CHunki o’qimoq, o’qitmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud kerakdir”. Ushbu fikr kim tomonidan ilgari surilgan?
a) Alisher Navoiy;
b) Ibn Sino;
c) Abdulla Avloniy;
d) YAn Amos Komenskiy.
Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling