1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik


Download 41.97 Kb.
bet7/12
Sana06.11.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1751926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya

Sintoiylik (sintoizm) dini qadimgi Yaponiyada vujudga kelgan. Uning nomlanishi xitoycha “sinto” (xudolar yo‘li) so‘zidan olingan. Sintoiylik dinining vujudga kelishi tarixiga oid aniq ma’lumotlar mavjud emas. Sintoiylik yaponlar uchun ham tarix, ham an’ana, ham hayot tarzidir.

  • Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, Mikado (imperator) - osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon ikkinchi darajali ruhlar (“Kami”)ning vorisidir. Yaponlar “kami”ni ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. Xudojo‘y yapon vafot etgach, o‘zining ham o‘sha “kami”lardan biri bo‘lishiga ishonadi.

  • Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhi va tabiatga sig‘inishga o‘rgatadi. Sintoiylikda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalardan boshqa hech qanday diniy urf-odatlar yo‘q. Unda “Umum qonunlariga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat qil”, degan ma’naviy qoida mavjud.

  • Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonliktushunchalarini tabiatan yaxshi bilganlar. “Kodziki” - sintoiylikning muqaddas kitobidir. Bu kitob Yaponiya va yapon xalqini tushunishning kaliti hisoblanadi.

  • Yapon yozuvlarida ta’kidlanishicha, olamda birinchi bo‘lib tartibsizlik hukmronlik qilgan. Undan so‘ng yer Osmondan ajralib chiqqan hamda ayol va erkak jinsi paydo bo‘lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Idzanami, erkak jinsi timsolida uning eri Idzanagi yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh xudosi Amaterasu, erkak jinsidagi oy xudosi Sukiyomi, shamol va suv xudosi Susanoo tug‘ilgan. Sintoiylik yaponlarga mavjudot olami, tabiat va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat haqidagi qarashlarni singdiradi.

  • Sintoiylikka ko‘ra, “kami” faqatgina yapon millati bilan bog‘liq. Chet ellik kishining esa “kamiga” ibodat qilishi axloqsizlik sanaladi. Shu bilan birga, sintoiylik yaponlarning boshqa dinlarga e’tiqod qilishlariga qarshilik qilmaydi. Mana shuning uchun ham deyarli barcha yaponlar, sintoiylik bilan bir qatorda, yana boshqa bir dinga e’tiqod qiladilar.

    Sintoiylikda har bir ibodatxonaning o‘z xudosi bo‘lib, uning boshqa ibodatxonalarga hech qanday aloqasi yo‘q. Har bir yapon oilasining o‘z ibodatxonasi mavjud. Ibodatxonada amalga oshiriladigan marosimlar, yilda bir marta bo‘ladigan rangin bayramlar yaponlar hayotining zaruriy qismi bo‘lib qolgan

    Download 41.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling