1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik


Xristianlik cherkovining bo’linishi


Download 41.97 Kb.
bet11/12
Sana06.11.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1751926
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya

Xristianlik cherkovining bo’linishi. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi xristianlikning keyingi taqdiriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Imperiya qulashiga qadar Rim cherkovini yepiskop boshqargan. Imperiya qulagach (476-yilda) Rimdagi dunyoviy hokimiyat ham
cherkovning qo‘liga o‘tgan. Huddi shu vaqtdan boshlab Rim yepiskopi Rim papasi unvonini oldi.
Imperiyaning sharqiy qismi – Vizantiyada esa, kuchli imperator hokimiyatining saqlanib qolganligi Vizantiya cherkovining (Konstantinopol) cheklanmagan huquqqa ega bo‘lib olishiga imkon bermadi. Vizantiyada cherkov imperatorga bo‘ysundirildi. Natijada Rim cherkovi Konstantinopol cherkovini o‘ziga bo‘ysindira olmadi. Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim Papasi va Konstantinopol Patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida yuz berdi.
Katoliklik
867-yilda Papa Nikolay va Konstantinopol Patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054-yili rasman tan olindi. Ulardan biri Rim Papasiga bo‘ysunuvchi katolik (butun dunyo) cherkovi, ikkinchisi esa Konstantinopol Patriarxiga bo‘ysunuvchi pravoslav (chin e’tiqod) cherkovi degan nomni oldi.
Katoliklik Yevropa, Amerika qit’asi davlatlarida keng tarqalgan. Afrikadagi qator mamlakatlarda va Lotin Amerikasi davlatlarida asosiy e’tiqod shakli, Vatikan davlatida esa rasmiy din hisoblanadi.
Katoliklik ta’limotiga ko‘ra, cherkov ezgu, xayrli ishlar xazinasiga ega. Cherkov bu xazinani tasarruf qilish, uni ulashish orqali gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga kechirim tuhfa qilish huquqiga ega. Bu huquq “indulgensiya”lar to‘g‘risidagi ta’limotning, ya’ni pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarni kechirishning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Pravoslavlik

  • Pravoslavlik tarixan xristianlikning sharqiy yo‘nalishi sifatida shakllandi. U asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan.

  • “Pravoslav” atamasi yunoncha “ortodoksiya” so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslavlikning manbaviy asoslari Vizantiyada shakllandi.

  • Pravoslavlikda yagona markaz hozirga qadar yo‘q. Bugungi kunda dunyoda 15 ta avtokefal (ya’nimustaqil) – Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya-Slovakiya, Rus, Amerika va 4ta avtonom maqomga ega pravoslav cherkovlari mavjud. Ular umumcherkov ahamiyatiga molik masalalarni hal etishda bir-birlari bilan aloqada bo‘lib turadilar.

  • Pravoslavlikda diakon, yepiskop, mitropolit, patriarx kabi diniy rutbalar mavjud. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari “mitropolit” deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi Patriarxdir.

  • Xristianlikning 7 sirli marosimi pravoslavlikning ham asosini tashkil etadi. Faqat ularning bajarilishida katoliklar bilan pravoslavlar orasida ba’zi bir farqlar bor.

  • Pravoslavlikda ibodat asosan mahalliy tillarda olib boriladi. Rojdestvo, Pasxa kabi umumxristian bayramlari pravoslavlikning ham asosiy bayramlari hisoblanadi.

  • Cherkovlar bo‘linganidan so‘ng katoliklar tomonidan qabul qilingan aqidalarni pravoslavlar xato, “Muqaddas yozuv” va “Muqaddas rivoyatlar”ga zid, deb hisoblaydilar. Shuningdek, katoliklar tomonidan qabul qilingan bayramlarni ham pravoslavlar nishonlamaydilar.


Download 41.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling