1. Distillangan suvga kaliy metali tashlanganda idishda qaysi sinf vakillari uchrashi mumkin?


Download 9.3 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi9.3 Kb.
#1398549
Bog'liq
5.Eritmalar-WPS uquvchilar uchun


5.Eritmalar

1. Distillangan suvga kaliy metali tashlanganda idishda qaysi sinf vakillari uchrashi mumkin?
1) oksidlar: 2) kislotalar; 3) tuzlar: 4)asoslar: 5) gidridlar.
A) 3, 5 B) 2, 4
C) 1, 4 D) 2. 3
2. Qizdirilgan temir suv bug’i bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’ladigan qattiq moddani toping.
A) reaksiya ketmaydi
B) temir (II)-gidrid
C) temir kuyundisi
D) pirit
3. Erigan modda miqdori (mol)ning eritma hajmiga nisbati qanday ataladi?
A) mol ulush.
B) zichlik
C) molar konsentratsiya
D) normal konsentratsiya.
4. NaNO3 ning 25°C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 90 ga teng. Shu temperaturada 200 g suvga necha gramm NaNO3 qo‘shilsa. to‘yingan eritma hosil bo‘ladi?
A)135 B)90 C)150 D)180
5. 20 g natriy gidroksid 60 g suvda to‘liq eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.
A) 25 B) 80 C) 50 D) 40
6. 20 g natriy gidroksid 30 g suvda to‘liq eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.
A) 20 B) 80 C) 60 D) 40
7. 10 g kaliy gidroksid 40 g suvda to‘liq eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.
A) 10 B) 40 C) 20 D) 30
8. 25 g natriy bromid 100 g suvda eritilganda hosil bodgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.
A) 15 B) 35 C) 20 D) 25
9. 40 g kaliy nitrat 360 g suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.
A)10 B)15 C)5 D) 20
10. 31 g natriy oksidi 69 g suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 31 B) 15,5 C)20 D)40
11. 62 g natriy oksidi 138 g suvda eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 31 B) 20 C) 15,5 D) 40
12. 31 g natriy oksidi 169 g suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 15 B) 30 C) 20 D) 25
13. 47 g kaliy oksidi 153 g suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 42 B) 56 C) 28 D) 47
14. 47 g kaliy oksidi 513 g suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 18 B) 16 C) 8 D) 10
15. 60 g kaliy nitrat necha gramm suvda eritilganda 30%li eritma hosil bo‘ladi?
A) 140 B) 210 C) 70 D) 105
16. 80 g kaliy nitrat necha gramm suvda eritilganda 20%li eritma hosil bo‘ladi?
A) 240 B) 320 C) 480 D) 160
17. 70 g bariy nitrat necha gramm suvda eritilganda 70%li eritma hosil bo'ladi?
A) 70 B) 130 C) 100 D) 30
18. 40 g natriy sulfat necha gramm suvda eritilganda 25%li eritma hosil bo‘ladi?
A) 160 B) 120 C) 80 D) 200
19. 12 g litiy xlorid necha gramm suvda eritilganda 12%li eritma hosil bo‘ladi?
A) 88 B) 112 C ) 76 D) 100
20. 2020 g kaliy nitrat eritmasida 2 mol tuz bo`lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 15 B) 10 C) 20 D) 5
21. 2020 g kaliy nitrat eritmasida 404 g tuz bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 15 B) 10 C) 20 D) 30
22. 2020 g kaliy nitrat eritmasida 202 g tuz bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 15 B) 10 C) 20 D) 5
23. 2020 g kaliy nitrat eritmasida 10 mol tuz bo`lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 50 B) 80 C) 40 D) 60
24. 2020 g kaliy nitrat eritmasida 4 mol tuz bo`lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 20 B) 15 C) 10 D) 25
25. Erigan moddaning ekvivalent miqdorini shu eritmaning hajmiga (l) bo‘lganda qanday konsentratsiya kelib chiqadi?
A) molar konsentratsiya
B) eruvchanlik koeffitsiyenti
C) foiz konsentratsiya
D) normal konsentratsiya
26. Normal konsentratsiya (CN) qanday aniqlanadi?
A) erigan moddaning miqdori shu eritmaning hajmiga (ml) bo'linadi
B) eritmaning massasi shu eritmaning hajmiga (I) bo'linadi
C) erigan moddaning massasi shu eritmaning massasiga bo'linadi
D) erigan moddaning ekvivalent miqdori shu eritmaning hajmiga (I) bo`linadi
27. Erigan moddaning ekvivalent miqdori qanday aniqlanadi?
A) erigan moddaning ekvivalent miqdori (nekv ) erituvchi massasiga (kg) bo`linadi B) eritmaning molar konsentratsiyasi shu eritmaning hajmiga ko'paytiriladi
C) erigan moddaning massasi erigan moddaning ekvivalent massasiga bo'linadi.
D) erigan moddaning miqdori (mol) shu eritmaning hajmiga bo' linadi
28. Erigan moddaning massasini ayni erigan moddaning ekvivalent massasiga bo'lish orqali nima aniqlanadi?
A) erituvchining massasi
B) normal konsentratsiya
C) erigan moddaning ekvivalent miqdori D) molar konsentratsiya
29. Eritmaning hajmi qanday aniqlanadi?
A) erigan moddaning miqdori shu eritmaning massasiga ko`paytiriladi
B) erigan moddaning gramm ekvivalent miqdori (nekv) shu eritmaning normal konsentratsiyasiga (CN) bo'linadi
C) erigan moddaning massasi ayni erigan moddaning ekvivalent massasiga bo'linadi D) erigan moddaning ekvivalent miqdori (Nekv) shu eritmaning zichligiga (g/ml) bo'linadi
30. Qaysi tuz eritmasi inert elektrodlar vordamida elektroliz qilinganda katodda vodorod, anodda kislorod ajralib chiqadi?
A) natriy nitrat
B) mis (II) bromid
C) mis (II) sulfat
D) kumush nitrat
31. Tarkibida 40% NaOH bo`lgan eritmaga 0,1 kg suv qo‘shilganda eritma konsentratsiyasi 10%ga kamaydi.
Boshlang‘ich eritmaning massasini (g) aniqlang.
A) 400 B) 300 C) 200 D) 500

Download 9.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling