1. Don va don mahsulotlarini saqlash tarixi Saqlash jarayonida donning xususiyatlarini boshqarish


Saqlash jarayonida donning xususiyatlarini boshqarish


Download 1 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1535788
1   2   3   4
Bog'liq
7 Don va don mahsulotlarini saqlashdagi ro’y beradigan jarayonlar

2. Saqlash jarayonida donning xususiyatlarini boshqarish.
Donni saqlash jarayonida uning sifatiga ta’sir etuvchi barcha amillar to ‘liq o‘rganiladi. Don uyumida kechadigan jarayonlar bir-biriga o‘zaro bog'liq bo‘lib, sifat va miqdorini pasaytirmasdan yaxshi saqlash uchun don uyumining har bir xususiyati o‘rganiladi. Don uyumining xossalari va unga atrof-muhit sharoitining ta’sirini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, unda kechadigan barcha fiziologik jarayonlarning jadalligi bir yoki bir necha omillarga bog‘liq. Bular ichida eng asosiysi: don uyumi hamda atrof-muhit (havo, ombor tuzilishi elementlari, idishda va h.k.)ning namligi; don uyumini va atrof-muhit obyektlari; don uyumiga havoning kirib turishi hisoblanadi. Yuqoridagi tavsiflab o ‘tganimizdek, bu sharoitlar don uyumining barcha tirik komponentlariga (don, mikroorganizmlar, begona o ‘t urug‘lari, hasharot va kanalar) obyektiv qonuniyat asosida ta’sir etadi, don uyumi xususiyatlarining tashqi muhit bilan o ‘zaro bog‘liqligini, shuningdek, uning saqlanuvchanligi hamda saqlash tartibiga ta’sir etuvchi sharoitlarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin. Ma’lumki har bir don yoki urug‘ qisbloq xo‘jaligida e’tibor qilinadigan xususiyatlaridan tashqari hosildorlik, vegetatsiya davri, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va turli iste’mol ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Masalan bug‘doyning har xil navlari o‘ziga xos un chiqishi va nonvoylik sifat ko‘rsatkichlariga ega; makkajo‘xorining ko‘pgina navlari va duragaylari yaqqol ifodalanuvchi texnologik xususiyat va furajlik qimmatiga ega; zig‘ir urug‘ining tarkibida sifatli yog‘ mavjud bo‘ladi; kungaboqar doni tarkibida yog‘ miqdori naviga qarab bir-biridan keskin farq qiladi; suli, arpa, tariq va sholini qayta ishlashda navlarga mos holda turli xil iste’mol sifatiga ega bo‘lgan yormalar olinadi va h.k.


Вular ming barchasi donlarni saqlashda ularni alohida-alohida joylashtirishni talab etadi. Shuningdek don va urug‘larning navdorlik xususiyatlariga barcha turdagi xo‘jaliklarda hisobga olinadi va 34 shunga ko‘ra uning tovar narxi belgilanadi. Yuqori sifatli kafolatli doqlarga ustama haq ham belgilanadi. Donni saqlash omborlari xo'jaliklardan yuqori sifatli elita donlarini sotib oladilar. Qabul qilingan donlar urug'lik va oziq-ovqat maqsadlari uchun saqlanadi. Donlarni iste’molchilarga, shuningdek urug‘lik uchun saqlangan donlarni yetkazib berish uchun korxonalarga nav xususiyatlami, saqlash rejimlarini mukammal biladigan malakali mutaxassislarni talab qiladi. 0 ‘simlikning o ‘sishi va rivojlanishi sharoitlari, shuningdek donning shakllanishi, hosil sifatiga va miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Donchilik va o'simlikshunoslik kursidan bizga m a’lumki, tashqi muhit omillari o‘simliklarni rivojlanishi va hosilning shakllanishiga ta’sir etadi. Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan urug‘lar turlicha rivojlanib, turli xil hosil berishi mumkin. Bunga mos holda ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, to‘liqligi yirikligi va boshqa texnologik sifat ko'rsatkichlari har xil bo‘ladi. Don sifatiga o‘g ‘itlash ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Mavsumiy iqlim sharoitlari ham don sifatiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. M asalan yig‘im-terim oldidan va terim vaqtida namlik ko‘p bo‘lsa, yog‘ingarchilik m e’yoridan ortiq bo‘lsa donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik ko'rsatkichlari keskin tushib ketadi. Aksincha qurg‘oqchilik bo‘lsa don haddan tashqari qurib ketadi, yoki namlik yetishmasligidan donlar to ‘liq yetilmay qoladi. Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ham o'zgaradi. Ayniqsa zararkunandalar donning nonvoylik xususiyatini hamda sifatini keskin tushiradi. Kasallik va zararkunandalar ham sifatini va miqdorini pasaytirib yuboradi. Shuningdek don sifati va hosildorlikka begona o‘tlar ham katta la’sir ko'rsatadi. Begona o‘t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yuxshi o “sib rivojlanmaydi. Hosildorlik keskin pasayadi va uning sifati buziladi. Begona o‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy o‘simlik donlariga qo‘shilib ketadi va don massasini ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati pasayadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 35 begona o ‘t urug‘larining k o ‘pchiligi zaharli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi lozim. Donning sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘im-terim jarayonlariga ham bog‘liqdir. M azkur jarayonlar qanchalik sifatli tashkillashtirilsa, hosil sifati va miqdori shuncha yuqori bo‘ladi. Yig‘im-terim ishlarini o‘z vaqtida va qisqa muddatda tug‘allash, nobudgarchilikning oldini olish, don ekinlaridan m o‘l hosil yetishtirishning asosiy garovidir. Don ekinlari 2 xil usulda yig‘ib olinadi: - to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri; - avval o‘rib, keyin yig‘ib olish. Don ekinlari hosilini avval o ‘rib keyin yig‘ib olish asosiy usul hisoblanadi. Bunda donlar mum pishiqlik davrida о ‘ruvchi mashinada yerdan 15 sm balandlikda o ‘rilib, quritish uchun an‘gizga tashlab ketiladi. Donning to ‘la pishib yetilishi quritish paytiga to 'g 'ri keladi. Quritilgan don maxsus mexanizatsiyalar yordamida yig‘ishtirib olinadi va yanchiladi. Hosilni oldin о ‘rib keyin yig‘ib olish usulining afzalligi shundaki, bunda o ‘rim to ‘g‘ridan to ‘g‘ri yig‘ishga nisbatan 5-6 kun erta boshlanadi, nobudgarchilik keskin kamayadi. Don ekinlari hosili oldin o ‘rib keyin yig‘ib olinganda, urug‘lik va nonvoylik sifatlari to ‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘rib, yanchilgan donnikiga qaraganda ancha yaxshi bo’ladi.
Don va don mahsulotlarining fizik xossalari Har qanday don uy umi saqlash davrida hisobga olinishi lozim bo ‘lgan muayyan fizik xossalarga ega bo‘ladi. Bunday fizik xossalarga quyidagilar kiradi: sochiluvchanlik, о‘z-o‘zidan saralanish, g ‘оvaklik, har xil gaz va bug‘larga nisbatan sorbtsionlik, (gaz va bug‘larni o‘ziga singdirishi), issiqlik sig‘imi, issiqlik o ‘tkazuvchanlik, harorat o ‘tkazuvchanlik, issiqlik va namlik o‘tkazuvchanlik. Bu xossalardan to‘g‘ri va mohirlik bilan foydalanish isrofgarchilikni kamaytiradi. Don uyumi sifatini oshirish, shuningdek donni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha korxona va tashkilotlarda hamda un ishlab chiqarishda donning to ‘xtab qolishi, tizimlarda donlarning ushlanib qolinishini oldini olishga imkon beradi. Donning fizik xossalari mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarida, shu jum ladan donlarni xirmonlarga joylashtirish, quritishning zamonaviy usullarini tadbiq etish, donni qayta i shlash bilan bog‘ liq j arayonlarda tebranma transportyorlarni qo ‘ Hash va donlarni yirik inshootlarda (siloslar, zamonaviy elevatorlar, metall asosli bunkerlar va h.k.) saqlashda ayniqsa muhimdir. Don massasi ikki fazali dispers sistema (don va havo) bo‘lib, sochiluvchan material hisoblanadi. Yaxshi sochiluvchanlik donni noriyalar, transportyorlar. pnevmotransportyorli uskunalarda aralashtirish joylash, omborxona va transportlarga joylash va boshqalarda yengillik tug‘diradi. Hozirgi paytda donni ortish-tushirish ishlarida, sochiluvchanlik xususiyatlaridan keng koMamda foydalanilmoqda. Bu prinsipga bog‘liq holda un va yorma zavodlarida don elevatorlari vertikal uslubda qurilgan. Maxsus noriyalar yordamida elevatorning yuqorigi qavatiga ko‘tarilgan don massasi o‘zining to‘kiluvchanligi natijasida pastga belgilangan mashinalarga oqib tushadi. Silos elevatorlarda yuklash-tushirish jarayonlari ham yuqoridagi prinsipga aoslangan. Omborxonalami don massasiga to‘ldirish 39 darajasi ham sochiluvchanlikka bog‘liqdir: sochiluvchanlik qanchalik yuqori bo‘lsa silosning to ‘lishi shunchalik tez va yaxshi boiadi. Shuningdek, sochiluvchanlik omborxonalami statistik hisoblashda qo‘llaniladi. Donning sochiluvchanligi muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u don omborlari, un, yorma va omuxta-yem zavodlari, yuklash-tushirish uskunalari va boshqalarni proyekt qilish va ularni ekspluatatsiya qilishda muhim ahamiyatga egadir. Odatda don massasining sochiluvchanligi uchun ishqalanish burchagi va tabiiy qiyalikni o ‘lchash yo‘li bilan aniqlanuvchi ishqalanish koeffitsienti xarakterlidir. Ishqalanish burchagi deganda don massasining biror yuzada sirpana boshlaydigan nisbatan kichik burchak tushuniladi. Don massasining tabiiy qiyaligi yoki og‘ish burchagi deganda tekis yuzaga erkin to ‘kilayotgan don hosil qilgan konussimon shaklning yuzaga nisbatan burchagi tushuniladi. Donning sochiluvchanligiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi. Bulaming eng asosiylari quyidagilardir: donning granulometrik tarkibi va granulomarfologik xarakteri (shakli, o‘lchami, don yuzasining tuzilishi va ko‘rinishi), namlik, aralashmalar turi va miqdori, material, don massasi oqib tushadigan yuzaning shakli va tuzilishi. Yuzasi silliq, sharsimon shaklga ega bo‘lgan urug‘lardan (no‘xat, tariq, lyupin) tashkil topgan don massasi yuqori sochiluvchanlikka, shuningdek nisbatan kichik ishqalanish burchagi va tabiiy oquvchanlik qiyaligiga ega bo‘ladi. Bu turdagi donlarning sochiluvchanlik xususiyatiga yuqoridagi omillar nisbatan sezilarsiz ta ’sir etadi. Donnning shakli sharsim onlikdan qanchalik chetlansa va qanchalik uning yuzasi g‘adir-budir bo‘lsa, don massasining sochiluvchanligi shuncha kichik bo‘ladi. Misol qilib sholi, arpa va suli donlarini olish mumkin. M azkur donlarning sochiluvchanligiga boshqa om illar ham ta’sir ko‘rsatadi: namlik, aralashmalar, don massasi harakatlanayotgan yuzaning xarakteri va boshqalar. Agar don massasida aralashmalar mavjud b o lsa, uning so- , chiluvchanligi pasayadi. Don massasi tarkibidagi уengil aralashmalar (poxol, to ‘pon va boshqalar) miqdori ortib ketsa, shuningdek notekis yuzali begona o ‘t urugiari ko p miqdorda b o is a sochiluvchanlik umuman yo‘qolishi mumkin. B unday donlar dastlabki tozalashdan o ‘tkazilm aguncha ularni silos elevatorlarga joylashga ruxsat etilm aydi. N am likning ortib ketishi don m assasi sochiluvchanligini yetarlicha tushirib yuboradi. Faqatgina sharsim on shaklga ega donlar bundan mustasnodir.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling