1. Donning asosiy xususiyatlari Qayta ishlash jarayonida donni texnologik xususiyatlarini
Download 0.84 Mb.
|
Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari
Bug’doy doni uzunchoq shakldagi, turli konfiguratsiyalardagi – tuxumsimon (don murtakka qarab kengaygan va egatchaga qarab toraygan), oval (donning eng enli joyi o’rtasida), uzunchoq, bochkasimon bir urug’li don ko’rinishida bo’ladi. Donning oval va tuxumsimon shakllari eng ko’p tarqalgan. Donning oval va tuxumsimon shakllari tarqalgan. Donning bo’rtiq tomoni yelka tomoni, unga qarama-qarshi joylashgan, uzunasiga ekinning naviga qarab turli chuqurlikdagi egatcha ketgan tomoni qorin tomoni deb ataladi. Don egatchasi tor, o’rtacha va enli hamda mayda (yopiq qismning asosi donning markaziga yetib bormaydi), shuningdek o’rtacha (asos donning markazidan o’tadi), va chuqur (asos donning markazidan chuqurroqda joylashgan) bo’ladi. Donning yuzchalari yumaloq va burchakli bo’ladi, yelkasining tuzilishi esa to’g’ridan tortib kuchli bukrigacha. Bug’doy donining bir tutam tukli yuqori uchini po’pakcha deb atashadi. Yelka tomonining pastki qismida qalqonchasi bilan murtak joylashgan. Murtak yumaloq yoki oval shaklga ega va donda bo’rtiq yoki botiq holda joylashgan. Bug’doyning qattiq shishasimon navlarining donlarida u yumshoq, shishasimonligi past bug’doy navidagiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan. Qobiqlar murtak va endosperm uchun mexanik zararlanishlar, mikroorganizmlar va don uchun xavfli bo’lgan boshqa tashqi ta’sirlardan himoya vazifasini o’taydi. Don ikki xil qobiqqa ega: perikarpiy va urug’oldidan iborat tashqi (meva) qobiq va perispermiyadan iborat ichki (urug’) qobiqqa. Qattiq bug’doy navlari donining qobiqlari ancha qalin, mo’rt, kraxmalli jismdan qiyin ajraladi, yumshoq navlarda qobiqlar ancha elastikroq. Shishasimon, yaxshi yetilgan va yirik donda qobiqlar uni ko’p va maydalariga nisbatan ancha yupqa. Meva qobiqlari hujayra to’qimalarining to’rtta qatlamidan iborat. Yuqori qatlam – epidermis don bo’ylab joylashgan va uning uchida po’pakchani shakllantiradigan tuklar hosil qiluvchi uzun kataklar ko’rinishiga ega. O’rta qatlam – mezokarpiy yoki o’rta parenxima, don bo’ylab 2-3 qator bo’lib joylashgan qo’pol devorli hujayralardan iborat (ba’zan hujayralarning bu qatlami yo’q bo’ladi). Ko’ndalang kataklar uzunchoq, qalin devorli, xlorofill tashuvchi deb nomlanuvchi qatlam tashkil qiladi. Ichki epidermis – teri bo’lib, don bo’ylab joylashgan naysimon hujayralardan iborat. Urug’ qobiqlar hujayralarning ikki qatlamidan iborat. Yuqori qatlam meva qobiqlarning yuqoridagi hujayralariga nisbatan ko’proq yoki kamroq o’tkir burchak ostida joylashgan, bir-biri bilan deyarli perpendikular ikki qator nozik rangsiz hujayralardan iborat, pastki qatlam esa pigment bilan bo’yalgan qalin devorli hujayralardan iborat. Gialin qatlam – bu plyonka ko’rinishidagi yupqa rangsiz hujayralar. Donning hayotida bu katta ahamiyatga ega, chunki endospermga suv o’tkazmaydi va shu tariqa zaxira moddalarni zararlanishdan saqlaydi. Endosperm aleyron qatlami va un jismidan iborat. Aleyron qatlam qobiqlar ostida joylashgan va bir qator to’g’ri burchakli, qalin devorli va juda mustahkam hujayralar ko’rinishida bo’ladi. Unli jism, turli kattalik va shakllardagi kraxmal donlar bilan to’ldirilgan hujayralardan iborat kraxmal tashuvchi parenxima ko’rinishida bo’ladi. Endosperm donning asosiy og’irligini tashkil qiladi va maysalar hayotining birinchi kunlarida yashash va rivojlanishlari uchun zaxira modda hisoblanadi. Don tegirmondan chiqarilganida endospermdan un (GOST R 52189–2003) yoki yorma olinadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling