1. Dunyo tarixidagi dastlabki sivilizatsiya qayerda boshlangan?


Download 20.14 Kb.
Sana12.08.2023
Hajmi20.14 Kb.
#1666670
Bog'liq
1 varian


1-variant IX
1. Dunyo tarixidagi dastlabki sivilizatsiya qayerda boshlangan?
A) Yunoniston B) Qadimgi Sharqda
C) Kritda D) Rimda
2. Yunonchada tarjima qilganda ,,tosh” ma’nosini beruvchi atamani aniqlang.
A) eneus B) paleos C) neo D) litos
3. 1915-yil Sharqiy frontda Germaniya va Avstriya-Vengriya harbiy kuchlari qo’shinni qancha qismini Rossiyaga tashlashga qaror qilishdi?
A) uchdan birini B) yarmiga yaqinini
C) uchdan ikkisini D) hammasini
4. 1915-yil 25-apreldagi Ipr jangida nemislar tomonidan qo’llangan yangi kimyoviy qurol xlor gazi natijasida halok bo’lgan askarlar soni?
A) 15 000 B) 10000 C) 2000 D) 5000
5. 1-jahon urushida qaysi janglarda yangi kashf qilingan qurollardan foydalanilgan?
1. Marna 2. Somma 3. Verden 4. Ipr
A) 1, 2 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 3
6. Ashtarxoniy hukmdorlarni xronologik ketma-ketlik to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) Nodir Muhammad 2) Vali Muhammad 3) Abdulazizxon 4) Boqi Muhammad 5) Imomqulixon 6) Subhonqulixon
A) 2, 4. 1, 5, 3, 6 B) 1, 4, 2, 3, 5, 6
C) 4, 5, 2, 1, 6, 3 D) 4, 2, 5, 1, 3, 6
7. Xiva xoni Abulg’oziyxon katta qo’shin bilan Buxoroni ikki marotaba talon-taroj qilgan (a) va qozoqlar hujum qilib Xo’jandga qadar yetib kelgan (b) yillarni aniqlang.
A) a-1651; b-1647-yillar
B) a-1655; b-1645-yillar
C) a-1658; b-1642-yillar
D) a-1657; b-1646-yillar
8. Samarqandni egallab o’z nomiga xutba o’qittirgan va tanga pul zarb ettirgan Xiva xonini aniqlang.
A) Abulg’oziyxon B) Eshmuhammadxon
C) Anushaxon D) Avaneshxon
9. Subhonqulixonning qaysi qarori ko’plab kishilarni norozi qiladi?
A) mis pulni kumushga barobar deb e’lon qilishi
B) Xiva xonligi Buxoroga qo’shib olishi
C) Mahmudbiy otaliqqa Balx hokimligi in’om qilinishi
D) otasini Makkaga haj safariga majburlab yuborishi
10. Turkmanlar yashaydigan sarhadlar qaysi hududlar oralig’ida joylashgan?
A) Kapettog’ va Amudaryo oralig’ida
B) Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida
C) Pomir va Tyanshan vodiylari oralig’ida
D) Kaspiy dengizi va Pomir oralig’ida
11. Rossiya bilan bir yilda chegaralari belgilangan davlatlarni aniqlang.
A) Afg’oniston va Eron B) Eron va Xitoy
C) Turkiya va Afg’oniston D) Hindiston va Xitoy
12. ,,Turkiston o’lkasi boshqa o’lkalarga nisbatan tarixiy o’tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi”, deb aytgan Turkiston general-gubernatori hukmronlik yillari?
A) 1867-1881-yillar B) 1884-1889-yillar
C) 1898-1901-yillar D) 1915-1916-yillar
13. O’rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkasiga ega bo’lgan Shampan garfligi qaysi davlat hududida joylashgan edi?
A) Italiya janubida B) Angliya shimoli-sharqida
C) Fransiya shimoli-sharqida
D) Italiya shimoli-g’arbida
14. Dastlabki birjalar paydo bo’lgan yillarini hududlari bilan muvofiqlashtiring.
a) Bryugge; b) Antverpen; c) Lion
1. 1460, 2. 1462 3. 1409
A) a-1, b-2, c-3 B) a-3, b-2, c-1
C) a-2, b-3, c-1 D) a-3, b-1, c-2
15. Chanyan, Loyan, Xanchjou shaharlari qaysi davlatda joylashgan.
A) Yaponiya B) Xitoy C) Hindiston D) Koreya
16. Qaysi shahar 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘ladi?
A) Osaka B) Kamakura C) Xanchjou D) Xeyyan
17. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr nechta mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan edi?
A) 10 ga yaqin B) 10 dan ortiq
C) 15 ga yaqin D) 30 ta
18. Amir Temur ajdodlari qaysi viloyatlarda o‘z mulklariga ega bo‘lgan va o’sha yurtlarda hokimlik qilgan?
A) Kesh va Nasaf viloyatida
B) Samarqand va Naxshab viloyatida
C) Balx va Hisor chegaralarida
D) Xo’jand va Banokatda
19. Amir Temurga necha yoshida madrasaga o’qishga beriladi?
A) 5 yoshida B) 7 yoshida
C) 10 yoshida D) 12 yoshida
20. Dorug‘a zimmasiga quyidagi qaysi vazifa yuklanmagan?
A) aholini ro‘yxatga olish;
B) mahalliy xalqdan qo‘shin to‘plash;
C) pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
D) majburiy jarimalarni undirish.
21. «Duo o‘qi va ishla!» ta’limotining (a) va «Iso jamiyati»ning (b) asoschilari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) a-Martin Lyuter, b-Reshele
B) a-Jan Kalvin, b-Ignatiy Loyola
C) a-Tomas Myunser, b-Jan Kalvin
D) a-Reshele, b-Ioann XII
22. XVI asrdagi kontrreformatsiya natijasida qaysi davlatlar aholisi bir-biriga dushman ikki diniy mazhabga bo’lindi?
A) Angliya, Italiya
B) Irlandiya, Germaniya
C) Germaniya, Fransiya
D) Ispaniya, Avstriya
23. X. Kolumb Amerikaga necha marta ekspeditsiya uyushtirgan?
A) 2 marta B) 3 marta
C) 4 marta D) 5 marta
24. Marafon jangida yunon qo'shinlariga kim sarkardalik qilgan?
A) Leonid B) Miltiad
C) Mitridad D) Perikl
25. Marafon tekisligiga kelib tushgan fors suvoriylari va piyoda jangchilari qanday qurollar bilan qurollantirilgan?
A) nayza, xanjar va o‘q-yoylar bilan
B) qilich, xanjar va oyboltalar bilan
C) kamon o’qi va chopqilar bilan
D) nayza, qilich va xanjarlar bilan
26. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida vujudga kelgan san’at yo’nalishlarini aniqlang.
1. qiziqch 2. masxaraboz 3. qo‘g‘irchoqboz
4. raqqos 5. Ashulachi
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4
27. Rus podshosi Nikolay II qaysi inshootni qurilishiga qandil sovg’a qilgan?
A) Sitorai Mohi Xosa
B) Islomx’oja minorasi
C) Nurullaboy saroyi
D) Kolizey teatri
28. Puflama nayli musiqa asbobini aniqlang.
A) qo‘buz B) karnay C) surnay D) chindovul
29. Qaysi hudud me’morchiligi maktabining e’tiborli tomoni peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilishi bo’lgan?
A) Toshkent B) Qo’qon C) Xorazm D) Buxoro
30. Andijon jome masjidi qachon qurilgan?
A) XIX asr o’rtalarida B) XIX asr oxirlarida
C) XX asr boshlarida D) XIX asr boshlarida

Download 20.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling