1. Dvigatellarning yurgizib yuborish; Yurgizib yuborish qurilmalari; Yurgizib yuborish dvigatellari
Download 57 Kb.
|
Dvigatellarni yurgazib yuborish tizimi, tuzilishi va ishlashi oʻrganish.
Traktor dvigatellarining yurgizib yuborish tizimi. Dvigatellarni yurgizib yuborishda turli mexanizm va tizimlarning ishqalanishi qarshiliklarini yengish, aylanuvchi qismlarida kinetik energiya hosil etish va silindrlarda yonuvchi aralashma yoki havoni siqish uchun tirsakli valni maʼlum kuch bilan va maʼlum tezlikda aylantirish zarur. Bu aylanish tezligi yurgizib yuborishdagi aylanishlar soni deyiladi. Havo qancha sovuq boʻlsa, silindrlar qancha koʻp va katta boʻlsa, shuningdek dvigatelning siqish darajasi qancha yuqori boʻlsa, tirsakli valni aylantirish uchun shuncha koʻp kuch talab etiladi.
Dvigatellar qoʻl kuchi bilan, elektr startyor yoki yordamchi dvigatel bilan yurgizib yuborilishi mumkin. Dvigatel qoʻl kuchi bilan yurgizib yuborilganda yurgizish dastasining uchidagi shtiftni tirsakli val uchidagi xrapovikning oʻyigʻiga ilintirib tirsakli val aylantiriladi. Karbyuratorli dvigatellarda qoʻl kuchi bilin aylantirib yurgizib yuborish mumkin. Dvigatel startyor bilan yurgizib yuborilganda startyorning harakat uzatuvchi shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashib tirsakli valni aylantiradi. Bu eng koʻp tarqalgan usul boʻlib barcha oʻzi yurar QXM yuritmalarilarda qoʻllaniladi. Yordamchi benzin dvigateli bilan yurgizib yuborish tizimi yurgizib yuborish dvigateli, kuch uzatish qismi, dekompressiya mexanizmi va dizelni isitish moslamalaridan iborat. Yurgizib yuborish dvigateli dizel tirsakli valini aylantiradigan kuch manbaidir. Kuch uzatish qismi yurgizib yuborish dvigateli tirsakli valni aylanma harakatini dizelning valiga uzatadi. Dekompressiya mexanizmi dizel silindrlaridagi kompressiyani yoʻqotadi, yani tirsakli valni aylantirishni osonlashtiradi. Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun tirsakli valni minutiga 40-50-marta tezlikda aylantirish kifoya. Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun quyuq aralashma va kuchli uchqun hosil etish zarur. Yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun taminlash tizimiga aralashmani quyuqlashtiruvchi moslamalar: qalqovuchni choʻktirgich, benzin nasosi va havo toʻsma qopqogʻi oʻrnatilgan. Dizellarni yurgizib yuborish uchun silindrlarda havoni purkalgan yonilgʻi alangalanadigan temperaturaga qadar qizdirish va yonilgʻini mayda toʻzitib, havoga aralashtirish zarur. Dizelni yurgizib yuborishda tirsakli val yetarli tezlikda aylantirilmasa, siqish takti choʻzilib, issiqlik silindr devorlariga tarqaladi, siqish takti oxirida temperatura past boʻladi va yonilgʻining toʻzitilishi, shuningdek aralashma hosil etish jarayoni yomonlashadi. Shuning uchun dizellarni yurgiziyu yuborishda tirsakli valni minutiga 200-300marta tezlikda aylantirish zarur. Dizellarni yurgizib yuborishda sovutish tizimidagi suvni va suriladigan havoni isitish, shuningdek yonilgʻining alangalanishini yaxshilash maqsadga muvofiqdir. Yurgizib yuborish tizimining kuch uzatish qismlari. Kuch uzatish qismlari yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning valiga biriktirib, harakat uzatadi, dizel yurgizib yuborilganidan keyin esa harakat uzatish mexanizmini ajratadi. Kuch uzatish qismlari :tishlashish muftasi, reduktor va yurgizib yuborish mexanizmidan iborat. Tishlashish muftasi yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning tirsakli valiga asta-sekin biriktiradi va ajratadi. Bu koʻp diskli, hoʻl muvaqqat qoʻshilgan tishlashish muftasi boʻlib, u shesternyali baraban bilan aylanadigan beshta yetakchi disk, mufta vali bilan birga aylanadigan beshta yetaklanuvchi disk, tirak disk, siquvchi disk, siqish mexanizmi va tormozchadan iborat. Siqish mexanizmi krestovinaga oʻrnatilgan uchta siquvchi mushtcha, ajratgich va boshqarish richagidan iborat. Krestovina muftaning validagi rezbaga oʻrnatilgan. Tormozcha korpusga oʻrnatilgan qoʻzgʻalmas disk va val bilan birga aylanadigan gupchakka oʻtqazilgan ikkita aylanuvchi diskdan iborat. Baʼzi traktorlarning yurgizib yuborish tizimida reduktor boʻlmaydi bunda xarakat dvigateldan tishlashish muftasi orqali bevosita harakatlantirish mexanizmiga uzatiladi. Harakatlantirish mexanizmi dizelni yurgizib yuborishdan oldin harakatlantirish shesternyasini dizel maxovigining gardishiga tishlashtiradi va dizel mustaqil ishlab ketgach, harakatlantirish shesternyasini avtomat ravishda ajratadi. Harakatlantirish mexanizmi tutqich, unga maxkamlangan oʻklarga oʻrnatilgan ikkita yukcha, qoʻshaloq prujina, turtgich, yoʻnaltiruvchi vtulka va koʻndalang prujinadan iborat. Turtgich boltlar bilan yurgizib yuborish shesternyasining gupchagiga maxkamlangan. Reduktor yetaklanuvchi valining ichiga prujina va turtgich kirgizilgan, uchidagi rezbasiga esa yoʻnaltiruvchi vtulka burab qoʻyilgan. Bu vtulka turtgichning siljishini va prujinaning choʻzilishini taʼminlaydi. Harakatlantirish mexanizmining qoʻshish richagi pastga bosib bu-rilganda siqish richagi tirakni bosib, tutqichni suradi va yurgizib yuborish shesternyasini maxovikning gardishiga tishlashtiradi. Yurgizib yuborish dvigateli ishlab turganida tishlashish muftasi qoʻshilsa, yurgizib yuborish shesternyasi maxovikni aylantira boshlaydi. Reduktor, dekompressiya mexanizmi va boshqa moslamalardan tegishli tartibda foydalanib, dizelning tirsakli vali yurgizib yuborish tezligida aylantirilsa, dizel oʻt oladi. (56-rasm, b). Yondirib va yurgizib yuborish tizimini nazorat kilish. Silindrlarda arlashmani kerakli paytda yondirish uchun magneto dvigatelga toʻgʻri oʻrnatilishi lozim. Buning uchun dvigatelni va magnetoni tayyorlab, keyin uni dvigatelning harakatlantirish valiga biriktirish lozim. Magnetoning toʻgʻri oʻrnatilganligi svechadan simni chiqarib olib, maxovikni aylantirib uchqun hosil boʻlishiga qarab tekshiriladi. Magnetoni har smenada artib, chang, loy va moydan tozalash, puxta byeriktirilganligini tekshirish lozim. Magneto simlarini maxkam biriktirish, toza tutish, ayniqsa neft maxsulotlari tegishidan saqlash lozim. Batareyali yondirish tizimini nazorat qilish. Yondirish tizimi asboblarini toza holda saqlash, uzgich kontaktlari orasidagi oraliqni tekshirish, lozim topilsa, rostlash va kontaktlarni tozalashdan iborat. Shuningdek uzgich taqsimlagich, sim va ularning uchliklari koʻzdan kyechirilib, puxta oʻrnatilganligi tekshiriladi. Uzgich kontaktlarining orasidagi oraliq quyidagicha rostlanadi: tirsakli val asta-sekin aylantirib, mushtchaning qirrasi qoʻzgʻaladigan kontakt kolodkasiga tegadigan holatga keltiriladi. Qoʻzgʻalmaydigan kontaktning plastinasini diskga maxkamlaydigan vint boʻshatiladi va ekssentrikni burib, oraliq 0. 35-0. 45 mm qilinadi. Soʻngra qoʻzgʻalmaydigan kontakt plastinasi vint bilan qotiriladi. Ish jarayonida uzgich kontaktlarini moy bosimi, oksidlanishi, kontaktlar orasidagi oraliqni oʻzgarishi, uzgich richagchasining massasi tegib qolishi, taqsimlagich qopqogʻi va rotori yorilishi, kondensator izolyatsiyasini teshilishi, rotor plastinkasi yeyilishi mumkin. Bu kamchiliklarni barchasi yondirish tizimini ravon ishlashini buzadi, bularni topib tuzatish yoki almashtirish zarur. Yurgizib yuborish tizimini ishlashi uchun yurgizib yuborish dvigatelini va kuch uzatish qismlarini xar smenada tozalash, boʻshab qolgan qismlarini maxkamlash zarur. Dvigatelni yurgizib yuborishdan oldin karbyuratorga moy qoʻshilgan benzin toʻldirish va dvigatel valini bir necha marta aylantirish zarur. Kuch uzatish qismlari dizel moyi bilan moylanadi. Qishda dizel moyiga dizel yonilgʻisi aralashtirib qoʻyiladi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling