1. ehm arxitekturasi nima? Elektron hisoblash mashinasi
Download 183.15 Kb.
|
Mustaqil ish 1
Kontroller - markaziy protsessor bilan periferik uskunalar yoki aloqa kanallarini bog'laydigan, protsessorni ushbu uskunaning ishlashini bevosita boshqarishdan ozod qiladigan qurilma.
Ko'p protsessorli arxitektura. Kompyuterda bir nechta protsessorlarning mavjudligi ko'plab ma'lumotlar oqimi va ko'plab ko'rsatmalar oqimlarini parallel ravishda tashkil qilish mumkinligini anglatadi. Shunday qilib, bitta vazifaning bir nechta qismlari parallel ravishda bajarilishi mumkin. Umumiy operativ xotira va bir nechta protsessorlarga ega bo'lgan bunday mashinaning tuzilishi Ko’p protsessorli arxitektura Ko'p mashinali hisoblash tizimi. Bu yerda hisoblash tizimiga kiritilgan bir nechta protsessorlar umumiy RAMga ega emas, lekin har birining o'ziga xos operativ xotirasi(mahalliy) mavjud. Ko'p mashinali tizimdagi har bir kompyuter klassik arxitekturaga ega va bunday tizim juda keng qo'llaniladi. Biroq, bunday hisoblash tizimidan foydalanish samarasini faqat o'ta maxsus tuzilishga ega bo'lgan muammolarni hal qilish orqali olish mumkin: u tizimda qancha kompyuterlar bo'lsa, shunchalik erkin bog'langan kichik vazifalarga bo'linishi kerak. Parallel protsessorlar arxitekturasi. Bu erda bir nechta ALU bir boshqaruv bloki nazorati ostida ishlaydi. Bu shuni anglatadiki, juda ko'p ma'lumotlar bitta dastur tomonidan - ya'ni bitta ko'rsatmalar oqimi orqali qayta ishlanishi mumkin. Bunday arxitekturaning yuqori mahsuldorligini faqat bir xil turdagi turli xil ma'lumotlar to'plamlarida bir xil hisoblash operatsiyalari bir vaqtning o'zida bajariladigan vazifalarda olish mumkin. Bunday kompyuterlarning tuzilishi Asosiy mantiqiy elementlar. Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda juda ko‘p marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi. Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan, ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registrlardan foydalaniladi. Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud. Programmalashtirish – bu ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil qilish jarayoni bo’lib programma tuzish ,u bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar strukturasini tasvirlash kodlashtirishni o’z ichiga oladi.Programma esa komandalarning tartiblangan ketma-ketligi bo’lib konkret masalaning yechim algaritmini tasviridir yoki boshqacha qilib aytganda pragramma pragrammalash tilining konstruksiyalari ketma-ketligidir.Har bir programma hisoblash tizimi muhitida bajariladi. Hisoblash sistemasi (HS) yoki tuzimi ikkita bir-biriga bog’liq bo’lgan, ajralmas qismlardan iborat, yani quydagi sxema yordamida ko’rsatish mumkin. HS PT AB Bu yerda AB – aparat vositalari (hardware) va PT – programma taminoti (software).Hisoblash sistemasining har HS AB PT bir kompanentasini yaratishning usuli vosita va texnalogiyalari mavjud. Aparat vositalarini tahlil qilishda tizim arxitekturasini bilish kerak.Arxitektura so’zi EHM ,hisoblash sistemasi yoki programma taminotiga nisbatan tizimni umumiy mantiqiy tuzilishi , ma’lumotlarni kodlash, texnik vositalar va programmalar majmui, ularning o’zaro hamkorligi , xususiyatlari va qo’llash pirinsiplarini bildiradi.Jahondagi ShEHM parkini 85-87% tashkil qiluvchi IBM PCga o’rindosh kompyuterlarni arxitekturasini qarasak uning umumiy ko’rinishi quydagichadir Protsessor Ox kantrileri OX Monitor kontrolleri Monitor QDQ kantrileri QDQ Tashqi qurilma kontrolleri YUDQ kantrileri YUDQ Klaviatura Klaviatura kantrileri Bu yerda OX – operativ xotira QDQ – qattiq disk qurulmasi, YUDQ – yumshoq disk qurulmasi.Kontroller maxsus protsessor bo’lib tashqi qurulmalarni bobqarish uchun ishlatiladi.Shuning natijasida markaziy (bosh) protsessor qurilmalarini boshqarishdan ozod bo’ladi. Maskur fanni o’rganish jarayonida biz asosan programma taminoti,uning turlari, tashkil qilish usuli, vosita va texnalogiyalari bilan tanishamiz. Programma taminoti ikki turga bo’linadi – sistemaviy va amaliy programma taminoti. Download 183.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling