1. Ekonometrik modellashtirish quyidagi bosqichdan iborat: #To`rt bosqichdan


Download 25.29 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1630248
Bog'liq
Ekonometrikadan(yodlash kerak) oraliq savollari


1. Ekonometrik modellashtirish quyidagi bosqichdan iborat:
#To`rt bosqichdan;

2. Ekonometrikaning vazifalari:


#Modelni spesifikasiya qilish, parametrlashtirish, verifikasiyalash, prognoz qilish;

3. Ekonometrikaning maqsadi:


#Real iqtisodiy obyektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqish

4. EKONOMETRIKA” termini dastlab kimlar tomonidan qo`llanilgan?


#P. Syempa , Y.Shumpeter, R.Frish

5. …- lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Nuqtalar o`rniga to`g`ri so`zni tanlang.


#model

6. Tajriba natijasida u yoki bu qiymatni qabul qilishi oldindan ma’lum bo’lmagan miqdor nima?


#tasodifiy miqdor

7. Tanlanma ajratilgan obyektlar to’plami qanday nomlanadi?


#bosh to`plam

8. Tahlil uchun tasodifiy ravishda tanlab olingan obyektlar to’plam qanday nomlanadi?


#tanlanma to`plam

9. Variasion qatorning xi variantalari va ularga mos ni chastotalar (barcha chastotalar yig’indisi tanlanmaning hajmi n ga teng) yoki wi nisbiy chastotalar (barcha nisbiy chastotalar yig’indisi birga teng) ro’yxati qanday nomlanadi?


#statistik taqsimoti

10. ....-empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#Modelni spesifikasiya qilish

11. ...- tuzilgan model parametrlarini baholash. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#Modelni parametrlashtirish

12. ...- model parametrlari sifatini va butun modelning o’zini tekshirish.


#Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.

13. ...- ekonometrik modellashtirish natijalari bo’yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va takliflar ishlab chiqish. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#Model asosida prognoz qilish

14. Model so’zi lotincha ... so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi.


#lotincha modulus

15. Iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasi nimani bidiradi?


#Iqtisodiy modelni

16. y=f(x1,x2,…xn) ekonometrik modelda y qanday kursatkich?


#endogen ko’rsatkich

17. Birinchi bosqich – .......... - iqtisodiy muammoni qo’yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to’planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyasion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#spesifikasiyalash

18. Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog’lanish ............ korrelyasiya deb ataladi


#juft

19. Ikkinchi bosqich – .......... Bu bosqichda izlanayotgan noma’lum o’zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko’zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo’lishi kerak.


#identifikasiya qilish

20. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Bu nima?


#erkli o’zgaruvchilar

21. Birinchi toifadagi berilgan belgilar qiymatining o’zgarishiga qiymatlar qabul qiladigan natijaviy belgilar. Bu nima?


#erksiz o’zgaruvchilar

22. ....... - o’zgaruvchan o’zaro aloqalarni eng yaxshi tarzda tavsiflaydigan regressiyalarni tenglashtirish modeli hisoblanadi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#Tavsiflash modellari

23. Korrelyasion bog’lanish turi bo’yicha quyidagicha bo’ladi:


#To’g’ri va teskari

24. .....- empirik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni tartiblash, grafik va jadval shaklida taqdim etish, shu jumladan, ularni asosiy statistik ko’rsatkichlar orqali miqdoriy tahlil qilish.


#Statistik tahlilning asosiy maqsadi

25. Ayrim, ajralgan qiymatlarni ma’lum ehtimollar bilan qabul qiluvchi miqdorga nima aytiladi?


#Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor

26. Chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarini ma’lum ehtimollar bilan qabul qilishi mumkin bo’lgan miqdorga nima aytiladi?


#Uzluksiz tasodifiy miqdor

27. ........ deb, uning barcha mumkin bo’lgan qiymatlarini mos ehtimollarga ko’paytmalari yig’indisiga aytiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#Diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilishi

28. Variantalar va ularga mos chastotalar yoki nisbiy chastotalar ro’yxatiga nima deb aytiladi?


#Tanlanmaning statistik taqsimoti

29. Eng katta chastotaga ega bo’lgan varianta nima deb aytiladi?


#Moda

30. Variasion qatorni variantalar soni teng bo’lgan ikki qismga ajratadigan varianta qanday nomlanadi?


#Mediana

31. Korrelyasiya so’zi ........ so’zidan olingan bo’lib, o’zaro munosabat, muvofiqlik, bog’liqlik degan ma’noga ega. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#lotincha correlation

32. Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog’lanish qanday nomlanadi?


#juft korrelyasiya

33. Korrelyasion bog’lanish zichligi bo’yicha quyidagicha bo’ladi:


#Sust, o’rtacha, kuchli

34. Korrelyasion bog’lanish shakli bo’yicha quyidagicha bo’ladi:


#To’g’ri chiziqli, chiziqsiz

35. Korrelyasion bog’lanish omillar bo’yicha quyidagicha bo’ladi:


#Jo’ft, ko’p omilli

36. Regressiya so’zi ...... so’zidan olingan bo’lib, orqaga harakatlanish degan ma’noga ega. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying.


#lotincha regression

37. Tasodifiy miqdor X deb........................


#avvaldan noma’lum bo’lgan va oldindan inobatga olib bo’lmaydigan tasodifiy sabablarga bog’liq bo’lgan hamda sinash natijasida bitta mumkin bo’lgan qiymat qabul qiluvchi miqdorga aytiladi

38. Agar natijaviy va omil belgilarining qo’shimcha o’sish sur’atlari bir xilda bo’lsa, u holda elastik koeffisiyenti ....................ga teng bo’ladi


#1

39. Korrelyasiya koeffisiyenti [0,31-0,5] oraliqda bo’lsa omillar o’rtasida bog’lanish


#o'rtacha

40. Korrelyasiya koeffisiyentining qiymatlari …oraliqda bo’ladi


#[-1,1]

41. Giperbolik bog’lanish ……..bog’lanishni ifodalaydi.


#Odatda teskari

42. Hodisalarning vaqt davomida o’zgarishini ta’riflovchi statistik ko’rsatkichlar qatori ................. deb yuritiladi


#vaqtli qator

43. Korrelyasiya bu..


#funksional xarakterga ega bo’lmagan ehtimoliy bog’lanish, bir necha alomat (omillar) aloqosini tekshirish.

44. Darbin-Uotson mezoni .........


#natijaviy omil qatorida avtokorrelyasiya mavjudligini ko’rsatfdi.

45. Uch omilli bog’lanishni ifodolovchi chiziqli funksiyani toping:


#u=a0+a1x+ a2x2+ a3x3

46. Korrelyasiya so’zi lotincha correlation so’zidan olingan bo’lib.............


#o’zaro munosabat, muvofiqlik, bog’liqlik degan ma’noga eg

47. Eng kichik kvadratlar usulini mazmuni quyidagicha:


#haqiqiy miqdorlarning tekislangan miqdorlardan farqining kvadratlari yigindisi eng kam bo’lishi zarur

48. Regressiya koyeffisiyenti .........


#bog’liq bo’lmagan omilning bir birlikka o’zgarishi, natijaviy omilning qanchaga o’zgarishini ko’rsatadi.

49. Ishlab chiqarish funksiyalari …ifodalangan bo’lishi mumkin.


#oshkor va oshkormas tenglama ko`rinishida

50. Bir omilli ishlab chiqarish funksiyasini ko’rsating:


#y=a0+a1x

51. Iqtisodiy model bu…..


#iqtisodiy obektlarning soddalashtirilgan nusxasidir.

52. Rejalashtirish - bu .............................................


#kelgusidagi muammoni hal qilishning mumkin bo’lgan yoki istalgan istiqbolda holatini bayon qilishdir

53. Keltirilganlardan qaysi biri oshkormas ko’rinishda ishlab chiqarish funksiyasini ifodalaydi


#F(X1,X2,X3,....,XN)=0

54. Korrelyasiya koeffisiyenti r=1 bo’lsa omillar o’rtasida bog’lanish


#funksional

55. y=f(x1,x2,…xn) ekonometrik modelda x1,x2,…xn qanday kursatkich- ….


#ekzogen ko’rsatkichlar

56. Fizik modellar to’g’ri ifodalangan javobni ko’rsating?


#real obyektni fizik tabiatini aks ettiradilar va asosan fizik xossalarini ifodalaydilar

57. EKONOMETRIKA termining ma’nosi .......


#Grek tilidan tarjima qilganda OIKONOMOS (ekonomist) - bu uy boshqaruvchisi, METRIKA (metrihe, metron) - o’lchov ma’nolarini bildiradi.

58. O’zgarmas miqdorning matematik kutilishi M(C)=


#C

59. Har bir parametrga mos kelgan thaq qiymatlari hisoblanib mezonning nazorat qiymati tjad Styudent taqsimotining jadvalidan aniqlanadi. Agar biror parametr uchun thaq> tjad bo’lsa, u holda bu parametr qabul qilingan daraja bilan….


#mohiyatli hisoblanadi

60. Chastota bu…


#absalyut miqdor bo’lib har variantning to’plamda necha bor uchrashuvini ko’rsatadi.

61. Ekonometrik modellar deganda nima tushuniladi?


#ekonometrik modellar deganda iqtisodiy jarayonlar parametrlarini hisoblab toppish

62. Ideal modellar to’g’ri ifodalangan javobni ko’rsating?


#odamni fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog’langan modellar

63. Qo’llanish ko’lamiga ko’ra modellar qanday sinflarga bo’linadi:


#ijtimoiy modellarga

64. Barcha modellar qanday sinflarga bo’linadi:


#tabiiy va sun’iy hamda interaktiv modellarga

65. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha ……deyiladi.


#modellashtirish

66. Iqtisodiyotda eng keng qo’llaniladigan modellardan biri - bu:


#iqtisodiy

67. Korrelyasiya koeffisiyentining qiymatlari …oraliqda bo’ladi


#[-1,1]
Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling