3
. Ishlab chiqarish funksiyalarining xarakteristikalari
Ishlab chiqarish funksiyasini o‘rganishda ayrim ishlab chiqarish omillarining samaradorligini baholash, bir xil omillarning boshqa omillar o‘rnini bosishi, texnika taraqqiyoti kabi muammolar paydo bo‘ladi (bunda ko‘p hollarda Kobba-Duglas tipdagi ikki omilli modeldan foydalanish mumkin).
bu yerda K - ishlab chiqarish fondlarining hajmi;
L - mehnat sarflari;
- hisoblanadigan parametrlar.
Ishlab chiqarish funkiyasidagi omillarning samaradorligi funksiyaning har bir o‘zgaruvchi bo‘yicha birinchi tartibli hosilasi funksiyasi bilan aniqlanadi. Xususiy hosila boshqa omilning miqdori o‘zgarmas bo‘lsa, omil uchun qo‘shimcha mahsulotni ifodalaydi. Binobarin, ishlab chiqarish fondlari uchun chekli samaradorlik:
,
mehnat uchun esa chekli samaradorlik quyidagicha bo‘ladi:
.
Eyler teoremasidan foydalangan holda yalpi mahsulotni omillar «ulushiga» ajratish mumkin;
.
va parametrlari asosiy ishlab chiqarish fondlari va mehnatga nisbatan ishlab chiqarish hajmining elastiklik koeffitsienti hisoblanadi:
;
.
Ishlab chiqarish funksiyasini ko‘rib chiqishda paydo bo‘ladigan navbatdagi muhim muammo ishlab chiqarish omillari samaradorligining ishlab chiqarish ko‘lami va uning konsentratsiyasiga bog‘liq holda o‘zgarishidir. Real voqelikda bunday holat quyidagicha bo‘lishi mumkin: ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi bilan samaradorlik o‘sishi, o‘zgarishsiz qolishi, pasayishi kuzatiladi.
Kobba-Duglas ishlab chiqarish funksiyasida ishlab chiqarish konsentratsiyasining ta’siri parametrlar jamida aks etadi.
1) parametrlar yig‘indisi birga teng bo‘lsa, bu holda ishlab chiqarish konsentratsiyasi ishlab chiqarish omillarining samaradorligiga ta’sir etmaydi.
2) parametrlar yig‘indisi birdan katta bo‘lsa, bu ishlab chiqarish hajmi bir omilning uning miqdoriga nisbatan yaratilgan chekli samaradorlikdan ortiq bo‘lishini anglatadi.
3) parametrlar yig‘indisi birdan kam bo‘lsa, resurslar oshishi
Do'stlaringiz bilan baham: |