1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 79.83 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi79.83 Kb.
#1223791

1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
Ekonometrikani o„rganish iqtisodiyotga oid har qanday fanning asosiy
mohiyatini belgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli bo„lishini ta‟minlaydi deyish
mubolag„a bo„lmaydi.Nazariy iqtisodiyotga ko„ra ikki va undan ortiq o„zgaruvchi orasida bog„liqlik mavjud
bo„lsa, amaliy iqtisodiyot kundalik hayotiy vaziyatlarda bu bog„liqlikning dalilini talab
qiladi. Real ko„rsatgichlarni qo„llab, iqtisodiy bog„liqlikni hisoblash usullarini
o„rgatuvchi fan ekonometrikadir1.
Mohiyatiga ko„ra ekonometrika o„z ichiga iqtisodiy ma‟lumotlarni tahlil
qilishda ishlatiladigan barcha statistik va matematik texnikalarni qamrab oladi.
Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy obyektlarni modellashtirish va
miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ekonometrikaning vazifalari (1.3-rasm):
1) Modelni spetsifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni
tuzish.
2) Modelni parametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash.
3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va butun
modelning o„zini tekshirish.
4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari
bo„yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Korrelyatsion tahlil oʻtkazishda korrelyatsiya koeffitsientining ahamiyati
Корреляцион таҳлил – бу математик статистиканинг тасодифий
катталиклар ўртасидаги ўзаро боғлиқликларни ўрганишга бағишланган
бўлими. Корреляцион таҳлил кузатувлар маълумотларини тасодифий ва кўп
ўлчамли нормал қонун бўйича тақсимланган бош йиғиндидан танланган
маълумотлар деб ҳисоблаш мумкин бўлган ҳолларда қўлланилади.
Корреляцион таҳлил иккита омил ўртасидаги (жуфт боғлиқликда) ҳамда
натижавий омиллар билан бошқа кўп омиллар ўртасидаги (кўп омилли
боғлиқликда) боғлиқликнинг зичлигини миқдорий жиҳатдан аниқлашдан
иборат Боғлиқликнинг зичлиги миқдорий жиҳатдан корреляция коэффициентлари
қиймати билан ифодаланади. Корреляция коэффициентлари қийматини топиш хi ва уi
омиллари якка тартибдаги қийматларининг уларнин ўртача қийматларидан
оғишлари кўпайтмасининг йиғиндисига асосланган:

Корреляция коэффициенти -1 дан +1 гача
қийматни қабул қилади. Коэффициентнинг мусбат қиймати тўғридан-тўғри
боғлиқликнинг, манфий қиймати эса тескари боғлиқликнинг мавжудлигидан далолат беради.

3. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.


Model so„zi lotincha modulus so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor degan
ma‟noni anglatadi.
Keng ma‟noda model biror obyektni yoki obyektlar sistemasini namunasidir.
Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo„llaniladi.Iqtisodiy
model - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi,
uning modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona
modelda o„rganilayotgan obyektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda
jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda
afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat:
I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab sistemani oddiy model yordamida ifodalashga
imkoniyat beradi. Masalan, xalq xo„jaligi bu o„ta murakkab sistemadir. Uni oddiy qora yashik
sxemasi orqali ifodalash mumkin.
II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar qilish uchun keng
maydon tug„iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o„zgartirib, obyektni
faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo„llash mumkin. Real
obyektlar ustida eksperiment qilish ko„plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi
mumkin.
III. Model, noshakl sistemani, matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat
beradi va EHMlar yordamida sistemani boshqarishga yordam beradi.
IV. Modellashtirish o„rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil
qilish uchun obyekt har tomonlama o„rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan
so„ng, uning yordamida obyekt to„g„risida yangi ma‟lumotlar olish mumkin. Shunday
qilib, obyekt to„g„risidagi bilish jarayoni to„xtovsiz jarayonga aylanadi.
4. Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar.
Tasodifiy miqdor X deb, avvaldan noma‟lum bo„lgan va oldindan inobatga olib bo„lmaydigan
tasodifiy sabablarga bog„liq bo„lgan hamda sinash natijasida bitta mumkin bo„lgan qiymat qabul
qiluvchi miqdorga aytiladi. Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb, ayrim, ajralgan qiymatlarni
ma‟lum ehtimollar bilan qabul qiluvchi miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miqdorning
mumkin bo„lgan qiymatlari soni chekli yoki cheksiz bo„lishi mumkin.
20 ta talabalar ichida o„g„il bolalar soni 0,1,2,.........20 qiymatlarni qabul qilish
mumkin bo„lgan tasodifiy miqdordir. Uzluksiz tasodifiy miqdor deb chekli yoki cheksiz
oraliqdagi barcha qiymatlarini qabul qilishi mumkin bo„lgan miqdorga aytiladi.
To„pdan otilgan snaryadning uchib o„tgan masofasi tasodifiy miqdordir. Bu
miqdorning mumkin bo„lgan qiymatlari (A, B) oraliqqa tegishlidir.
Diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilishi deb, uning barcha mumkin
bo„lgan qiymatlarini mos ehtimollarga ko„paytmalari yig„indisiga aytiladi:

Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling