1. Elektr yuklamalarni hisoblash. Talab koeffitsienti metodi
a) Hisobiy yuklamaning o‘rnatilgan quvvat va talab koeffitsienti
Download 284.13 Kb.
|
Qayta o\'zlashtirish 3
a) Hisobiy yuklamaning o‘rnatilgan quvvat va talab koeffitsienti. Hisobiy quvvatni ushbu usulda aniqlash uchuniste’molchilar guruhining o‘rnatilgan Rn quvvati, quvvat koeffitsienti sos va talab koeffitsienti Kta ning qiymatlari ma’lum bo‘lishi kerak.
Bu yerda: Kta - mazkur guruh iste’molchilari uchun talab koeffitsienti (qiymati ma’lumotnomalardan olinadi); sos - guruh iste’molchilari uchun ma’lumotnomadan olinadigan quvvat koeffitsienti; tg ning miqdori sos ga mos keladi. Talab koeffitsienti usuli sanoat korxonalarining elektr ta’minoti yuqori pog‘onalaridagi hisobiy quvvatni aniqlashda qo‘llaniladi. Elektr ta’minoti tizimining tugunlaridagi (sexlar, korxonalar, korpuslar) hisobiy quvvat alohida iste’molchilarning hisobiy quvvatlarining yig‘indisi asosida maksimumlar har xilligi koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi. Bu yerda: Rh - mavjud guruhlarning aktiv hisobiy quvvatlarining yig‘indisi; Qh - mavjud guruhlarning reaktiv hisobiy quvvatlarining yig‘indisi; Kmx - guruhlar uchun maksimumlar har xilligi koeffitsienti. Uning qiymati ko‘rilayotgan tugunning korxona elektr ta’minoti tizimdagi o‘rniga bog‘liq bo‘lib 0,85-1 oralig‘ida bo‘ladi. Hisobiy yuklamani o‘rnatilgan quvvat va talab koeffitsienti buyicha aniqlash taxminiy usul bo‘lib, xomaki hisoblashlarda va umumkorxona yuklamalarini aniqlashda ishlatilishi tavsiya etiladi. Misol: Mexaniqa sexining turli ish rejimidagi iste’molchilar guruhlarining hisobli yuklamasini talab koeffitsienti usuli bilan aniqlang. Bir xil ish rejimli iste’molchilar guruhchalarining o‘rnatilgan quvvati berilgan. KS va Sos ning qiymatlari ma’lumotnomadan olinadi. Hisobni yuqoridagi ifodalari asosida olib boramiz. Hisob natijalarini jadvalga kiritamiz. 6.2-jadval
Download 284.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling