1. Elektrokimyoviy jarayonlar. Standart vodorod elektrodi


Elektrokimyoviy jarayonlar


Download 110 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi110 Kb.
#1156802
1   2   3   4
Bog'liq
Elektrokimyoviy jarayonlar Bogʻlovchi moddala

Elektrokimyoviy jarayonlar — fizik kimyoning tarkibida ionlari boʻlgan sistemalarni (eritmalar, suyukdanmalar va qattiq elektrolitlar), shuningdek, 2 faza chegarasida zaryadli zarralar (ionlar va elektronlar) ishtirokidagi jarayonlar va hodisalarni oʻrganadigan boʻlimi. Odatda, fazalardan biri metall yoki yarimoʻtkazgich, ikkinchisi esa eritma yoki elektrolit suyuqlanmasi yoxud qattiq elektrolit boʻladi. Aksari hollarda bu 2 fazaning oʻzaro taʼsirida elektr toki hosil boʻladi. Shu sababli E. elektr toki hosil boʻlishi yoki aksincha kimyoviy birikmalarga elektr tokining taʼsiri natijasida kechadigan fizikkimyoviy jarayonlarni oʻrganadigan fan deb hisoblanadi.
Har qanday metall o ‘ziga xos strukturaga ega, uning kristall panjara tugunlarida metall ionlari joylashgan bo‘lib, ular oralig‘ida hamma ionlar uchun umumiy bo‘lgan elektronlar quyidagi tenglama bilan ifodalanadigan muvozanat vaziyatida bo’ladi:
Me0 ⇄ M+n + nē
Agar metall plastinkani suvga botirilsa, plastinka yuzasidagi metall ion­larining qandaydir qismi qutbli suv molekulalari ta’sirida gidratlangan ionlar holida eritmaga o’tadi:
Men+ + mH2O ⇄ Men+ • mH2O
ikkala tenglamani umumlashtirgan holda
Me° + mH2O ⇄ [Me(H2O)m]n+ + nē
yozish mumkin. Bu jaray on metallning elektron yo’qotishi — oksidlanishi va gidratlangan metall ionlari elektronlarni o’ziga biriktirib plastinka yuzasida metall­ning qaytarilishi bir vaqtning o’zida yuz beradi.

Metallning muvozanat elektrod potensiali


Muvozanat vaziyatida eritmaga qancha metall ion­lari o’tgan bo’lsa, shuncha miqdorda ular eritmadan plastinka yuzasiga qaytib o’tadi, shunday vaziyatda dinamik muvozanat qaror topadi. Natijada metallning yuza qatlamida manfiy zaryad, shu zaryad eritmadagi musbat zaryadlangan metall ionlarini o’ziga tortib turishi natijasida metall bilan eritma chegarasida qarama- qarshi zaryadlardan tashkil topgan qo‘sh elektr qavat paydo bo’ladi.
Agar shunday plastinkani suvga emas, shu metallning tuzi eritmasiga tushirilsa, eritmadagi ionlarning bir qismi metall yuza qatlamida to‘planadi va plastinka yuzasida musbat zaryad paydo bo‘ladi, u eritmadan tuzning manfiy zaryadlangan anionlarini tortib turadi, yana faqat ishoralari teskari bo‘lgan juft elektr qavat paydo bo’ladi.
Eritmaga tushirilgan plastinkani elek­trod deb, metall-eritma chegarasida paydo bo’lgan potensialni metallning muvozanat elektrod potensiali deb ataladi.
Standart vodorod elektrodi




Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling