1. Elektroliz 2


Elektrolizning amaliy ahamiyati


Download 450.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.02.2023
Hajmi450.09 Kb.
#1235361
1   2   3   4
Bog'liq
15-маъруза

Elektrolizning amaliy ahamiyati 
Elektroliz xalq xo'jaligida va ishlab chiqarish jarayonlarida keng va turli-
tuman qo'llanishga ega. Osh tuzini elektrolizi natijasida xlor va o'yuvchi natriy 
ishlab chiqariladi. Ammiakni sintezi uchun qo'llanadigan vodorodni olish suvni 
elektrolitik parchalanishiga asoslangan. Sulfat kislotaning 50% li eritmasini 
elektroliz qilish orqali vodorod peroksid olish jarayoni sanoatda keng qo'llanadi. 
NaCl ning suvli eritmasini elektroliz qilib, NaOCl va NaClO
3
; MgCl
2
va CaCl
2
suyuqlanmalaridan Mg va Ca olish hamda boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 
Ko'pchilik metallarni ularning tuzlari suyuqlanmasini elektroliz qilib 
olinadi, chunki ular suvli sharoitda oson oksidlanishi mumkin. 
Bunday metallardan magniy (MgCl
2
dan), natriy (NaOH dan), aluminiy 
(aluminiy oksidning kriolit Na
3
[AlF
6
] dagi suyuqlanmasidan) olinadi. Bu 
reaksiyalar yuqori temperaturada olib boriladi. 
Bundan tashqari, metallar yuza qatlamini nikel, xrom, kumush, mis va 
boshqa korroziyaga bardosh beradigan metallar bilan qoplash keng qo'llanadi. 
Bunday hollarda metallar yuzasi faqat korroziyadan saqlanibgina qolmasdan
yuza qatlamning qattiqligini va ishqalanishga qarshiligini orttiradi. Qoplanma 
yuzasini hosil qilishda buyum katod va qoplama yuza qiladigan metall aktiv 


anod sifatida ishlatilganda (rafinatsiya) elektrolit eritmasida metall tuzining 
konsentratsiyasi o'zgarmaydi, shu sababli asosiy jarayon borishi turg'un bo'ladi. 
Metall yuzasini xrom, rux va nikel bilan qoplash jarayonini galvano-
stegiya deb ataladi.
Galvanoplastika deb atalgan jarayonda qavariq shakldagi buyumlar yuzasiga 
metallar cho'ktirib ularning aniq nusxalarini tayyorlab, teri yoki qog'ozga 
chuquriz tushirish maqsadida muhr va matritsalar tayyorlanadi. 

Download 450.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling