1-Elektromagnit moment
Download 457.99 Kb.
|
Dilshodbek
.ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI MUQOBIL ENERGIYA MANBALAR KAFEDIRASI E.T.E.A yo`nalishi 3-kurs 26-20-guruh ARTIQOV DILSHOTBEKNING Elektr mashinalari va yuritmalari fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHIREJA:
Elektromagnit moment Elektromagnit momentning analitik ifodasini birnecha usullar - elektromagnit kuchlar ifodasi yordamida yoki elektromagnit quvvat ifodasi yordamida aniqlash mumkin. Quyida shularni alohida ko‘rib chiqamiz. Elektromagnit momentni elektromagnit kuchlar yordamida aniqlash. Asinxron mashinaning elektromagnit momenti rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridan oqib o‘tayotgan tokning aktiv tashkil etuvchisi (I2 cos2) va stator chulg‘ami aylanuvchi magnit maydon Fmax bilan ta’siri natijasida (Amper qonuni asosida) elektromagnit Fem=Bli kuch tufayli (7.1-rasm) vujudga keladi. U kuch hosil qilgan elektromagnit moment quyidagicha aniqlana M=SMFmaxI2cos2, (7.7) bunda: SM = rm2kch.2 / – o‘zgarmas kattalik; Fmax – magnit oqimning maksimal qiymati. Ushbu ifoda faqatgina asinxron mashinalar uchungina taalluqli bo‘lmay, balki elektr mashinalarining barcha turlari uchun ham tegishlidir. Bu ifoda moment qiymatining motorda sodir bo‘ladigan fizik hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rnatadi. Undan motorning har xil rejimlardagi ish jarayonini sifat jihatdan tahlil qilishda foydalanish qulay hisoblanadi. 7.2-rasm. Havo oralig‘idagi magnit induksiya (Bδ), rotor chulg‘ami toki (i2) va elektromagnit kuch (FЭМ) Lekin bu ifodaga kirgan (Fmax, I2 va cos2) kattaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoq kuchlanishi va mashinaning ish rejimi bilan bog‘lanmagan, ularni tajribada aniqlash esa ancha murakkabdir. Shu sababli quyida elektromagnit momentning qiymatini eng oddiy aniqlash, unga mashinaning har xil parametrlari va ekspluatatsion rejimlarining ta’sirini hisobga olish imkonini beradigan boshqa ifodasi keltirib chiqariladi. Ko‘rilayotgan asinxron mashinani ideal mashina deb hisoblab, undagi mexanik isroflar (qiymati kichik) e’tiborga olinmasa, elektromagnit moment M valdagi moment MYK ga teng deb bo‘ladi. Bundan buyon, elektr motori uchun qilinayotgan tahlillarda «elektromagnit moment M» iborasi o‘rniga «aylantiruvchi moment M» iborasi ishlatiladi. Stator chulg‘ami kuchlanishi nominal U1= U1N bo‘lgandagi M =f (n) yoki M =f (s) bog‘lanish asinxron motorning mexanik tavsifi (a-rasm) deyiladi. Mexanik tavsif Asinxron mashinaning motor (a) va barcha rejimlari uchun qurilgan mexanik tavsiflari (b) Maksimal momentga to‘g‘ri keladigan sirpanishni kritik sirpanish skr deyiladi. Uning qiymatini aniqlash uchun (parametrlari o‘zgarmas deb hisoblagan holda) momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olib, uni nolga tenglaymiz (dM / ds = 0), bunda umumiy hol uchun quyidagi natijaga ega bo‘lamiz Agarda c1 1 va qiymati ancha kichik bo‘lgani uchun r1 0 deb hisoblansa, u holda kritik sirpanish skr ni aniqlash ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi Maksimal (kritik) moment Mmax ning qiymatini aniqlash uchun (7.9) dan skr ning qiymatini (7.8,a) ga qo‘yib hisoblanadi (7.9), (7.9,a) va (7.10)larda musbat (+) ishora motor rejimiga, manfiy (–) ishora esa generator rejimiga taalluqli (,b-rasm). Umumiy qo‘llanish asinxron mashinalar uchun stator chulg‘amining aktiv qarshiligi induktiv qarshiliklar yig‘indisidan [ , ya’ni taxminan 1012 foizini tashkil qiladi] ancha kichik bo‘lgani sababli r10 deb, hamda s11 ekanligini e’tiborga olib Mmax ning soddalashgan ifodasini aniqlaymiz Ifoda (7.10)ning tahlili shuni ko‘rsatadiki, asinxron mashina generator rejimida ishlaganida, uning maksimal momenti Mmax.G motor rejimdagi maksimal momenti Mmax.M ga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Asinxron motorning maksimal momenti tarmoq kuchlanishi kvadratiga proporsional ekan, ya’ni M . Bu esa uning kamchiligi hisoblanadi, chunki kuchlanish, masalan, 10 % ga kamaysa elektromagnit moment M= 0,92M = 0,81MN ga, ya’ni 19 % ga kamayadi va motor ishlashining turg‘un bo‘lmasligiga olib keladi. Asinxron motor maksimal momentining karraligi kM=Mmax/MN Davlat standarti tomonidan qat’iy belgilangan, ya’ni kM 1,8. Ayrim maxsus asinxron motorlarda kM ning qiymati 3,0 gacha etadi. Bu koeffitsient asinxron motorning o‘ta yuklanish qobiliyatini xarakterlaydi. Ifodalar (7.9) va (7.10) ning tahlilidan quyidagi muhim xulosalarga kelamiz 1) kritik sirpanish skr rotor zanjirining aktiv qarshiligi r2 ga proporsional ravishda o‘zgaradi; 2) maksimal moment Mmax ning qiymati rotor zanjiri aktiv qarshiligi r2 ga bog‘liq emas; 3) asinxron motorning maksimal momenti Mmax va o‘ta yuklanish qobi-liyati kM asosan stator va rotor chulg‘amlari tarqoq induktiv qarshiliklari (mos ravishda x1 va x2) yig‘indisiga teskari proporsional; 4) maksimal moment Mmax har qanday sirpanishdagi moment singari ga proporsionaldir, ya’ni berilayotgan kuchlanish kamayganda motorning o‘ta yuklanish qobiliyati keskin pasayadi. M= f (s) - mexanik tavsifning motor rejimida o‘zgarish xarakteri quyidagicha tushuntiriladi. YUk momenti yuksiz ishlash rejimidan oshi-rilsa, sirpanish s ortadi. Bunda aktiv-induktiv xarakterli rotor zanjiri qarshiligidan o‘tadigan tok I2 ni va uning shu zanjirdagi EYK dan orqada qoluvchi 2 burchakni hisoblash uchun quyidagi ifodalar etarli asosan rotor toki va faza siljish burchagi 2 ortadi, sos2 esa kamayadi. Sirpanish ortib borishi bilan rotor tokining induktiv xarakteri ortadi, uning aktiv tashkil etuvchisi esa avval (2 kichik paytda) ortib, so‘ngra (umumiy tokning ortishidan qat’iy nazar) kamaya boradi (7.4,b-rasm), chunki EYK va tok orasidagi siljish burchak 2 ortadi. Asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari Ko‘rilayotgan asinxron mashinani ideal mashina deb hisoblab, undagi mexanik isroflar (qiymati kichikligidan) e’tiborga olinmasa, elektromagnit moment M o‘qdagi moment Mo‘q teng deb hisoblagan holda, quyidagi tahlillarda «elektromagnit moment M» tushunchasi o‘rniga asosan «aylantiruvchi moment M» tushunchasi ishlatiladi. Stator chulg‘amiga beriladigan kuchlanish U1=U1Nbo‘lgandagiM=f (n) yoki M=f (s) ko‘rinishdagi bog‘lanishga asinxron motorning mexanik xarakteristikasi (4-rasm) deyiladi. Aylantiruvchi momentning sirpanishga bog‘liqligi (yoki mexanik xarakteristika)–M=f(s). Mexanik xarakteristikani qurish uchun (14,а). M = (m1 p U12r'2) /{(2f1s)[(r1+ r'2/s)2 + (x1+ x'2)2]} formuladan foydalanish mumkin. Sirpanish s ga qiymatlar berib, parametrlari ma’lum bo‘lgan asinxron motor uchun izlangan mexanik xarakteristikani qurish mumkin (4,а-rasm). Maksimal momentga to‘g‘ri keladigan sirpanishni kritik sirpanish skr deyiladi. Uning qiymatini aniqlash uchun (parametrlari o‘zgarmas deb hisoblagan holda) momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olib, uni nolga tenglaymiz (ya’ni dM/ds=0), bunda umumiy hol uchun quyidagi natijaga ega bo‘lamiz: . (15) Agarda c1 1 va qiymati ancha kichikligidan r1 0 deb olinsa, u holda kritik sirpanish skr ni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: skr = r2/(x1+x'2) = r2/ xqt , (16) Maksimal (kritik) moment Mmax ning qiymatini aniqlash uchun (16) dan skr ning qiymatini (14,a) ga qo‘yib hisoblanadi: Mmax(1/2) m1pU12 / {2f1c1[ r1+ ] }, (17) (15), (16) va (17)larda musbat (+) ishora motor rejimiga, manfiy (–) ishora esa generator rejimiga tegishli (4,b-rasm). 4-rasm. Asinxron mashinaning motor, generator va elektromagnit tormoz rejimlari uchun mexanik xarakteristikalari (a, b) - Mq f (s) Umumiy maqsadli asinxron mashinalar uchun stator chulg‘amining aktiv qarshiligi induktiv qarshiliklar yig‘indisidan ancha kichik [r1<< (x1+x2), ya’ni taxminan 1012 foizini tashkil qiladi xolos] bo‘lganligidan r1 0 deb hamda s11 ekanligini e’tiborga olgan holda Mmax ni aniqlashning soddalashgan ifodasiga ega bo‘lamiz: Mmax(1/2) m1p U12 / [2f1 (x1 + x2)], (18) (17) ifodaning tahlili shuni ko‘rsatadiki, asinxron mashina generator rejimda ishlaganida uning maksimal momenti Mmax. Мotor rejimdagi maksimal momenti Mmax.M ga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Bunga sabab, generator rejimda (17) ning maxrajidagi r1 ning ishorasi minus «–» olinib kasrning maxrajidagi son motor rejimdagiga nisbatan kichikroq bo‘lganligidandir. Asinxron motorning maksimal momenti tarmoq kuchlanishi kvadratiga mutanosib ekan, ya’ni M U12. Bu esa uning kamchiligi hisoblanadi, chunki kuchlanish, masalan, 10 % ga kamaysa elektromagnit moment M=0,92MN=0,81MN ga, ya’ni 19 % ga kamayadi. Asinxron motor maksimal momentining karraligi kM=Mmax/MN standart tomonidan qat’iy belgilangan bo‘ladi, ya’ni kM 1,8. Ayrim maxsus asinxron motorlarda kM ning qiymati 3,0 gacha yetadi. Bu koeffitsient asinxron motorning o‘ta yuklanish qobiliyatini xarakterlaydi. Asinxron motorlarning turg‘un ishlashini ta’minlash uchun elektr ta’minotining sifati katta ahamiyatga egadir. Asinxron motorning aylantiruvchi momenti unga berilayotgan kuchlanishning kvadratiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, hatto kuchlanishning ozgina kamayishi ham maksimal momentga ta’sir qiladi, kuchlanish nisbatan ko‘proq kamayganda (masalan, U1 = 0,7UN bo‘lganda) esa motorning nominal yuk bilan ishlashi mumkin bo‘lmay qoladi, chunki bu holda aylantiruvchi moment M U12 = 0,49, ya’ni elektromagnit moment taxminan 2 marta kamayadi va motor nominal yukda ishlashi mumkin bo‘lmay qoladi. xulosa:
..Тавсия этилган адабиётлар. А.И. Вольдек. « Электрические машины». Энергия, 1974.714-724 бетлар У.Иброҳимов. « Электр машиналари » Ўқитувчи. 1972. бетлар 120-124 Download 457.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling