1. Elektron tijorat: e-tijorat va e-marketing. Elektron tijorat tizimlari. Elektron pul birliklari


WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti. WME


Download 1.97 Mb.
bet9/13
Sana28.12.2022
Hajmi1.97 Mb.
#1071073
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-laboratoriya mashg\'uloti DOC Document (3)

WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti.
WME –EVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo`lib Amstar Holdings Limited, S.A. hizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAH ning U-hamyonlardagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo`lib “Украинское Гарантийное Агентство” MChJ hizmat qiladi.
O’zbekistonda Web Money tizimi va «TILLO GARANT» MChJ ning faoliyati.
«TILLO GARANT» MChJ O`zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining takomillashishiga ko`mak berish maqsadida tuzilgan. 
“TILLO GARANT” MChJ o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to`g`risida”, “Informatsiyalashtirish to`g`risida”, “Elektron raqamli imzo to`g`risida” gi Qonunlariga muvofiq ravishda olib boradi. “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi O`zbekistonlik foydalanuvchilarga, Internet tizimida tezkor va havfsiz ravishda pul muomalasi operatsiyalarini amalga oshiruvchi WebMoney Transfer tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
WebMoney Transfer identifikatsiya tizimi barcha hisob-kitob operatsiyalarini nazorat qilib boradi, maxsus ishlab chiqilgan havfsizlik chora tadbirlari esa foydalanuvchilarning mablag` va ma`lumotlaridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi, shu bilan bir vaqtda “TILLO GARANT” MChJ foydalanuvchilarning mulkiy huquqlari va WMY ko`rinishidagi titul belgilarida ko`rsatilgan mablag`larini real aktivlar bilan ta`minlanganligini kafolatlaydi. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilarining WMY-operatsiyalari bo`yicha mulkiy huquqlari kafolati “TILLO GARANT” MChJ tomonidan emissiyalangan va foydalanuvchilar tomonidan harid qilingan qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladi. “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi: 
1. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilar harid qilgan qimmatli qog`ozlarning mulk egaligi huquqlarini tasdiqlaydi va ularning hisob varaqalarida (Y-hamyon) tegishli miqdorda WMY ko`rinishidagi titul belgilarni aks ettiradi.
2. Foydalanuvchilarning hohsh-istaklari asosida, ularning hisob varaqalaridan (Y-hamyonidan) tegishli miqdordagi WMY titul belgilarini, tegishli miqdordagi qimmatli qog`ozlarning majburiy ravishda qayta harid qilinishi yo`li bilan olib chiqib ketilishi amalga oshiradi. 
3. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilariga shahsiy va boshlang`ich attestatlarni berishda tizim Registratori sifatida attestatsiyalash jarayonini olib boradi, undan tashqari Registrator hakamlik hizmati ishida hakam sifatida ishtirok etishi mumkin. WebMoney Transfer tizimida WMY titul belgilarining hisobi, saqlanishi, harakati va meyoriy hujjatlarda ko`rsatilgan boshqa operatsiyalar amaga oshiriladi. 
Qo`shimcha ravishda “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilariga WMY ko`rinishidagi titul belgilari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda, bahsli holatlar yuz berganida o`zida saqlanadigan malumotlarga tayangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo`yicha tasdiqlash va guvohlik berish ishlarini amalga oshiradi, shu jumladan tegishli davlat idoralarida ham.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling