elektr maydonning kuchlanganligi deb ataladi.
Demak, elektr maydonning ixtiyoriy nuqtasidagi maydon kuchlanganligi deganda shu nuqtaga olib kirilgan birlik zaryadga ta’sir etuvchi kuch bilan xarakterlanuvchi fizik kattalik tushuniladi.
Elektr maydon kuchlanganligi vektor kattalik bo‘lib, uning yo‘nalishi maydonning tekshirilayotgan nuqtasiga olib kirilgan birlik musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuchning yo‘nalishi bilan aniqlanadi (17.4-rasm). Agar q zaryad musbat bo‘lsa, E yo‘nalishi maydonning tekshirilayotgan nuqtasini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab zaryaddan tashqariga yoki q manfiy bo‘lganda, zaryad tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. SI da elektr maydon kuchlanganligining birligi N’yuton taqsim kulon (N/Kl) yoki volt taqsim metr (V/m) deb qabul qilingan.
Agar elektr maydonini bir necha zaryad vujudga keltirayotgan bo‘lsa, natijaviy maydonning kuchlanganligi alohida zarralar hosil qilgan elektr maydon kuchlanganliklarining vektor yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni:
(17.20)
(17.20) ifoda maydonlar supperpozitsiyasi (qo‘shish) prinsipini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |