1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Tadqiqotning psixologik gipotezasi


Download 0.64 Mb.
bet46/64
Sana02.06.2024
Hajmi0.64 Mb.
#1838941
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Bog'liq
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni

66.Tadqiqotning psixologik gipotezasi
Gipoteza - bu o’rganilayotgan ob’ekt xususiyatlari haqida ilmiy tahlil. Gipoteza: a) ta’riflovchi, b) tushuntiruvchi, v) oldindan aytib beruvchi, ya’ni gipoteza - prognozlar bo’linadi:

  • ta’riflovchi gipoteza - bu ob’ekt tuzilmasi va elementlar haqidagi tahlilni komponentlari miqdoriy bog’liqligi elementlararo aloqalar va xarakteri haqida ma’lumotlar beradi. Masalan, mehnat motivi tuzilmasi ish haqiga emas, balki mehnat mazmuniga bog’liq bo’ladi. Dindorlikning ustun tipi- progmatik va milliy tiplar mavjuddir;

-tushuntiruvchi gipoteza - juda murakkab bo’lgan sabab aloqalari haqidagi taxmindir;

  • gipoteza - bashorat jarayoning rivojlanishi haqida tasavvur beradi. U rivojlanish tendentsiyasi va yo’nalishlarini aniqlovchi, barqaror mexanizimlarni ochib beradi.

Gipoteza - empirik metod yordamida tekshirilishi mumkin bo’lgan, tadqiqotdagi eng asosiy hususiyatlarni aniqlovchi muhim bilish instrumentidir. Gipoteza bor yo yo’qligi tadqiqot darajasini xarakterlaydi, qolgan barcha ishlar gipotezani isbotlash yoki inkor etish bilan bog’liq bo’ladi.
67.Psixofizika fani paydo bo’lishi va shakllanishida E.Veber va T.Fexnerning tadqiqotlarining o’rni
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) ta`sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg`atuvchi ta`sirlar o’rtasidagi q’iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg`atgich logarifmiga proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`yektiv metoddan foydalana boshlaydi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling