1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing
Download 1.75 Mb.
|
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 49. Achitqidan saxaraza fermentini ajratib olish va faolligini aniqlashni yozing. Saxaraza preparatini ajratib olish. Kerakli asbob va reaktivlar
- Ishning borishi
Invertaz kuchli mikroblarga qarshi vosita bo’lib, oksidlanish natijasida bakterial infeksiyalar va ichak fermentatsiyasining oldini olishda antioksidant sifatida yordam beradi.
O’simliklardagi invertaz nafaqat metabolizm uchun, balki osmoregulyatsiya, rivojlanish va himoya tizimida ham yordam beradi. Odamlarda ferment immunitetni kuchaytiruvchi, antioksidant, antiseptik va ba’zi hollarda suyak saratoni yoki oshqozon saratoni bilan og’rigan bemorlarga yordam beradi. Invertaz inson tupugida topilgan. U tish plastinkasida mavjud bo’lgan Streptococcus mutans bakteriyalari tomonidan ishlab chiqariladi. 49. Achitqidan saxaraza fermentini ajratib olish va faolligini aniqlashni yozing. Saxaraza preparatini ajratib olish. Kerakli asbob va reaktivlar: sentrifuga, termostat, suv hammomi, farfor xovoncha, shisha plastinkasi, kimyoviy shisha probirkalar, novvoy hamirturushi, kvars qum, atseton, saxaroza (5%), filing eritmasi (bunda 2ta eritma tayyorlanadi: 1. 500ml hajmli kolbada 34.64 gr mis sulfat (CuSO4.5 H2O) eritiladi va suv bilan o’lchov ko’rsatkichiga yetkaziladi. 2. 200-250 ml suvda 173 gm segnit tuzi (COOK-CHOH-CHOH-COONa.4H2O) eritiladi). Eritma 500 ml li kolbaga solinadi. Uning ustiga 100ml suvda eritilgan 50gr natriy ishqori qo’shiladi va belgilangan joygacha suv solinadi. Eritmalar alohida saqlanadi va ishlatilishi oldidan 2 ta eritma teng miqdorda aralashtiriladi). Ishning borishi: 100 gr novvoy hamirturushini kvars qum bilan hovonchada eziladi. Maydalangan massani shishaga yupqa qavat qilib joylashtiriladi va quruq havo oqimida quritiladi. Quritilgan hamirturushni kukun holatga keltiriladi. Saxarazani ajratib olish uchun olingan kukunga doimiy aralashtirib turgan holda 200 ml suv oz-oz miqdorda qo’shilib turiladi. Undan so’ng massani yana farfor hovonchada maydalaniladi va 3000 g tezlikda 10daqiqa ichida sentrifuga qilinadi (yoki filtr yordamida filtrlanadi). Musaffo filtrat kichkina hajmgacha kelguncha vakuumda 350C haroratda quritiladi va -200C da sovutilgan atsetonning 5 marotaba ko’proq hajmi qo’shiladi, aralashtiriladi va bir necha daqiqadan so’ng 3000g tezlikda sentrifuga qilinadi. Hosil bo’lgan cho’kmani 300C haroratda quritiladi va hovonchada quruq holatga keltiriladi. Olingan saxaroza preparati uzoq vaqt salanadi. Antiseptik sifatida kukunga filtr qog’ozga o’ralgan timol kristali qo’shiladi. Saxarozani faolligini aniqlash uchun 2 ta probirkaga preparatning (0,01%li) suv eritmasi 0,5ml dan qo’shiladi. Birinchi probirkadagi fermentni parchalash uchun 3 daqiqa davomida qaynatiladi, so’ngra probirka sovutiladi. Keyin ikkala probirkaga 5% li saxaroza 3mldan qo’shiladi va probirkalar 10-15 daqiqaga 400C haroratli suv hammomiga joylashtiriladi. Keyin har ikkala probirkalarga feling eritmasidan 2ml dan qo’shiladi, aralashtiriladi va qaynash holatigacha isitiladi. Kontrol probirkada (ferment qaynatilib parchalaniladi) mis oksid cho’kmasi (I) hosil bo’lmaydi. Faol fermenti bor probirkada mis oksid qizil cho’kmasi(I) hosil bo’ladi. Bu Cu+2 ionlarini oksidlanish darajasigacha keltiruvchi glyukoza va fruktoza borligini dalili bo’ladi. Bu moddalar (glyukoza va fruktoza) saxarozani (disaxaridni), gidrolizida hosil bo’ladi. Saxarozani faolligini aniqlash uchun 2ta probirkaga preparatning (0.01%li) suv eritmasi 0.5ml dan qo’shiladi. Birinchi probirkadagi fermentni parchalash uchun 3daqiqa davomida qaynatiladi, so’ngra probirka sovutiladi. Keyin ikkala probirkaga 5%li saxaroza 3ml dan qo’shiladi va probirkalar 10-15daqiqaga 400C haroratli suv hammomiga joylashtiriladi. Keyin har ikkala probirkalarga feling eritmasidan 2mldan qo’shiladi, aralashtiriladi va qaynash holatigacha isitiladi. Kontrol probirkada (ferment qaynatilib parchalaniladi) mis oksid cho’kmasi (I) hosil bo’lmaydi. Faol fermenti bor probirkada mis oksid qizil cho’kmasi(I) hosil bo’ladi. Bu Cu+2 ionlarini oksidlanish darajasigacha keltiruvchi glyukoza va fruktoza borligini dalili bo’ladi. Bu moddalar (glyukoza va fruktoza) saxarozani (disaxaridni), gidrolizida hosil bo’ladi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling