1. Epidermisga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang tig’iz g’ovak suv va mikroorganizmlarni o’tkazmaydi suv va mikroorganizmlarni o’tkazadi yangilanib turadi qayta tiklanish xususiyati mavjud emas


Download 16.63 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.63 Kb.
#1515719
Bog'liq
teri-2 variyant


2-variyant


1. Epidermisga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1.tig’iz. 2. g’ovak. 3. suv va mikroorganizmlarni o’tkazmaydi. 4. suv va mikroorganizmlarni o’tkazadi. 5. yangilanib turadi. 6. qayta tiklanish xususiyati mavjud emas. 7. 7-11 kunda yangilanadi. 8. 7-11 oyda yangilanadi.
A. 1,3,5,7 B. 2,4,6,8 C. 1,4,6,8 D. 1,3,6,7

2. Derma qavatida……… joylashgan? a.qon tomiri. b. limfa tomirlari. c. nerv tolalari. d. ter bezlari e. soch ildizlari. f. tirnoqlar ildizi.


A. a,c,e,f B. a,b,c,d,e,f C. b,c,e,f D. b,c,d,e

3. Ustki so’rg’ichli va ostki to’rsimon qavatlardan tuzilgan qavat qaysi?


A) Derma B) gipoderma
C) epidermis D) piramidasimon hujayrali qavat

4. Yog’ bezlari sekreti tarkibida uchramaydigan moddalarni aniqlang. 1. xolesterin 2. kislota 3. oqsil 4. gormon. 5. ferment 6. yog’ kislotalar 7. uglevodlar. 8. vitamin


A.1,2,3,4 B. 1,3,5,7 C.2,5,7,8 D.2,4,6,

5. Qaynoq suyuqlik ta’sirida teri kuyganda birinchi yordamni tartib bilan joylashtiring. 1.kuygan joyga 15 min davomida sovuq suv quyiladi, 2. kuygan joyga spirt bn ishlov beriladi, 3. tezda bog’lanadi, 4. bog’lash mumkin emas,


A. 1,3 B. 1,2 C. 1,2,3 D. 2,3

6. Spirtli ichimliklar ta’sirida issiqlik qanday ajraladi?


A. tashqi muxitga ko’p ajraladi
B. issiqlik organizmga sarflanadi
C. organizm ichki muhitiga ajraladi
D. alkogol ta’sirida issiqlik ajralishi kuztilmaydi

7. Chiniqtirish vositalariga nimalar kiradi?


A. havo, suv, quyosh B. suv, kimyoviy moddalar
C. quyosh va tuproq harorati D. suv, quyosh

8. Mo'tadil sharoitda ter bezlari orqali bir sutkada qancha suv va unda erigan almashinuv mahsulotlari - mineral tuzlar ajraladi.


A) 400 ml B) 500 ml C) 600 ml D) 700 ml

9. Organizm uchun zarur bo'lgan kislorodning necha % i teri orqali o‘tadi


A) 1 B) 2 C)3 D)4

10. Katta yoshdagi odam terisining umumiy sathi ………. ga yetadi.


A) 1,5—3 m1 B) 1,5—2,5 m2 C) 1,5—2 m3 D) 1—2 m4
11. Teri odam tanasining ustki qismini qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha to'qimalarni ... himoya qiladi.
A)kimyoviy ta'sirlardan B)fizik ta'sirlardan
C)mexanik ta'sirlardan D)barchasi

12. Teri bezlari ... funksiyasini bajaradi.


A)tana haroratini bir xil saqlash B)himoya
C)ayirish D)zahira

13. Terida necha xil ta’sirni sezadigan retseptorlar joylashgan?


A) 2 xil B)3 xil C)4 xil D)5 xil

14. Teri qavatlarini va ularga xos ma'lumotlarni juftlab ko'rsating. a)derma b)epidermis d)gipoderma 1)teriosti yog' qavati 2)asl teri qavati 3)terining eng ustki qavati A)a-2; b-1; d-3 B)a-2; b-3; d-1


C)a-3; b-2; d-1 D)a-1; b-3; d-2

15. Terining epidermis qavatiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1)ko'p qavatli yassi hujayralardan tashkil topgan 2)ustki qavati har 7-11 kunda butunlay yangilanadi 3)juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari, retseptorlar, soch va yog' bezlari, mayda muskul tolalari bo'ladi 4)asl teri qavatining tagida joylashgan 5)epiteliy to'qimasidan tashkil topgan


A)1,2,5 B)3,4,5 C)1,3,4 D)barchasi

16. Terining gipoderma qavatiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1)biriktiruvchi to'qimadan va yog' moddasidan tashkil topgan 2)ko'p qavatli yassi hujayralardan tashkil topgan 3)ustki qavati har 7-11 kunda butunlay yangilanadi 4)juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari, retseptorlar bo'ladi 5)soch va yog' bezlari, mayda muskul tolalari bo'ladi 6)asl teri qavatining tagida joylashgan 7)epiteliy to'qimasidan tashkil topgan 8)epidermisning tagida joylashgan


A)3,7 B)2,8 C)1,6 D)4,5
17. Derma qavatining ostida terining qaysi qavati joylashgan?
A)epidermis B)gipoderma C)teriosti yog’ qavati D)B va C

18. Teri osti yog’ qavati qanday to’qimadan iborat ? A)biriktiruvchi to’qimadan


B)yassi epiteliy to’qimasidan
C)epiteliy to’qimasidan
D)yumshoq biriktiruvchi to’qimadan

19. Bu teri qavatida qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yog‘ va ter bezlari, soch va tirnoqlarning ildizi joylashgan.


A)gipo derma B)epidermis C)asl teri qavati D)A va C

20. …….. ostida joylashgan so‘rg‘ichli qavat g‘ovak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to'qimaning epidermisga botib kirishidan hosil bo‘lgan.


A)gipo derma B)epidermis C)asl teri qavati D)A va C

21. ……. qavatdagi kollagen tolalar to‘r hosil qiladi. Bu qavatda soch ildizlari, ter vayog‘ bezlari joylashgan. A)gipo derma B)epidermis C)asl teri qavati D)to`rsimon


22. …… g‘ovak tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Uning tolalari oralig‘i yog‘ bo‘lakchalari bilan to‘lgan. Qovoqda yog‘ bo'lakchalari bo‘lmaydi.


A)gipo derma B)epidermis C)asl teri qavati D)to`rsimon

23. Odatda, yosh o‘tgan sayin terining bu qavati qalinlashib boradi.


A)gipo derma B)epidermis C)asl teri qavati D)yog`

24. Ular nayga o‘xshash bo‘lib, derma qavatida joylashgan qismi kalavasimon chigalni hosil qiladi, uchki qismi teri yuzasiga ochiladi.


A)gipo derma B)epidermis C)ter bezlari D)to`rsimon

25. Uning tarkibi 98-99 % suv, qolgan qismi moddalar almashinuvi mahsulotlari - mochevina. siydik kislota, natriy xlorid, kaliy va boshqalardan iborat.


A)gipo derma B)epidermis C)ter bezlari D)to`rsimon

26. ….. terining o‘rta qavatida joylashgan, ular faqat qo‘l va oyoq kaftida bo‘lmaydi. Bosh, peshana, chakka, ko‘krak va tana orqasida ko‘p bo‘ladi.


A)yog` bezlari B)epidermis C)ter bezlari D)to`rsimon

27. Yog‘ bezlari sekreti tarkibini aniqlang 1.xolesterin efirlari, 2.yog' kislotalar, 3.oqsil, 4.gormonlar


A) 1 B) 2 C)3 D)1.2.3.4

28. ……… qo‘l, oyoq kafti, lablarda bo‘lmaydi, bosh va yuzda qalin o'sadi.


A) tirniqlar B) o`simtalar C) soch va tirnoqlar D) sochlar

29. Derma qavat uchun umumiy bo’lgan hususiyatlarni aniqlang? 1-epidermisning tagida joylashgan, 2-yumshoq biriktiruvchi to’qimadan iborat, 3-retseptorlar, soch va tuk ildizlari joylashgan, 4-ter va yog’ bezlari bo’ladi, 5-asl teri qavati, 6-mayda muskul tolalari bo’ladi, 7-biriktiruvchi to’qimadan iborat, 8-uning usti ko’p qavatli yassi hujayralardan iborat, 9-qon tomirlar va limfa tomirlari, nerv tolalarining uchlari joylashgan A)1,2,3,4,5,6,7,9 B)1,2,3,4,5,6


C)1,3,4,5,6,7,8,9 D)1,3,4,5,6,7,9

30. Teri qavatlarini va ularga xos ma'lumotlarni juftlab ko'rsating. a)derma b)epidermis d)gipoderma 1)epiteliy to'qimasidan tashkil topgan 2)biriktiruvchi to'qima va yog' moddasidan tashkil topgan 3)biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan


A)a-1; b-2; d-3 B)a-3; b-2; d-1
C)a-3; b-1; d-2 D)a-2; b-3; d-1

Download 16.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling