1. Erning tortishish maydonida jismlarning harakati✔


Download 10.26 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi10.26 Kb.
#1292541
  1   2   3
Bog'liq
1. Erning tortishish maydonida jismlarning harakati✔-fayllar.org


1. Erning tortishish maydonida jismlarning harakati✔

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM” FAKULTETI TT 11-21 guruh 1-bosqich talabasi Javliyev Javohirning FIZIKA fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Qabul qildi: Odilov.Y Bajardi: Javliyev. J
REJA:
1.Erning tortishish maydonida jismlarning harakati
2.Kosmik tezliklar. Suniy yoldoshlar✔
3.Termodinamik muvozanatda bolmagan tizimlarda ko’chish hodisalari✔
4.Lorens almashtirishlari va undan chiqadigan xulosalar.✔
Erning tortishish maydonida jismlarning harakati
Jismning tortishish kuchi ta'sirida harakati dinamik fizikaning markaziy mavzularidan biridir. Hatto oddiy talaba ham dinamika bo'limi uchtaga asoslanganligini biladi. Keling, ushbu mavzuni sinchkovlik bilan qismlarga ajratishga harakat qilaylik va har bir misolni batafsil tavsiflovchi maqola tortishish kuchi ta'sirida tana harakatini o'rganishni iloji boricha foydali qilishga yordam beradi.
Tortishish (gravitatsiya, gravitatsion oʻzaro taʼsir) — har qanday jismlar orasida vujudga keluvchi universal oʻzaro taʼsir. Agar oʻzaro taʼsir kuchsiz va jism yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga Karaganda juda kichkina tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsa, I. Nyutonning butun olam T. qonuni oʻrinli boʻladi. Oʻzaro taʼsir kuchli va jism harakatining tezligi yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga yaqin boʻlgan hollarda esa, A. Eynshteyn yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasi T.ni toʻgʻri ifodalaydi.rostan
Nyuton oʻzining "Tabiat falsafasining matematik prinsiplari" (1687) asarida T. qonuniga birinchi boʻlib toʻliq taʼrif berdi. Nyuton taʼrifiga binoan, ikki moddiy zarra (li, va Gʻi2)ning oʻzaro T. kuchi ularning massalariga toʻgʻri proporsional, orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional va ularni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha yoʻnalgan.
Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, t massali jism T. kuchi taʼsirida Yer bilan bogʻliq boʻlgan sanoq tizimiga nisbatan biror a tezlanish bilan harakatga keladi.
Formuladagi kattaliklar oʻzgarmas qiymatga ega ekanliklarini eʼtiborga olsak, jism harakatiga qarshilik koʻrsatuvchi kuchlar mavjud boʻlmagan hollardagi Yer sirtiga yaqin balandliklarda har qanday jism bir xil tezlanish bilan tushadi, degan xulosaga kelinadi.
Osmon mexanikasi Nyutonning T. qonuniga asoslangan. Kosmosda tabiiy yoki sunʼiy jismlarning harakatlarini tekshirishda shu qonunga amal qilinadi. Koʻpgina hollarda Nyutonning T. qonuni tufayli yangi sayyoralar, yoʻldoshlar aniqlandi, astronomiya qator yangi yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, bu qonun tushuntirib berolmagan Merkuriy, Venera, Mars sayyoralari perigeliylarining harakati kabi ayrim hodisalar ham maʼlum edi. Shu kabi uchraydigan chigalliklarni bartaraf qilish maqsadida olimlar Nyuton T. qrnunining matematik ifodasiga turli qoʻshimchalar kiritishga urindilar. Ammo bunday urinishlar natija bermadi. Kuchli gravitatsion maydonlarga (har qanday fizik obʼyektlarning hosil qiladigan maydoni gravitatsion yoki tortishish maydoni deyiladi.
Gravitatsion maydon Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida 4 oʻlchovli tenzor potensiali orqali bayon qilinadi) va bu maydonlarda yorugʻlik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarga tatbiq qilishda Nyuton T. qonunining butunlay ojizligi aniqlandi. Bunday hollarda Eynshteyn yaratgan T. nazariyasidan foydalanish juda yaxshi natija beradi.

Download 10.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling