. 3-misol. 20% li eritma hosil qilish uchun zichligi 1,84 g/ml bo`lgan 96% li 50 ml sulfat kislota eritmasiga qancha suv qo`shish kerak?
Yechish.Kislotaning zichligi 1,84g/ml bo`lgani uchun 1 ml sulfat kislota 1,84 g keladi. Shunga ko`ra 50 ml kislota eritmasining massasi: 501,84 = 94g 94 g eritmada necha gramm sof sulfat kislota borligini topamiz: 100 g eritmada 96 g sof H2SO4bor 94 g eritmada x g g 90,24 g sof sulfat kislota necha gramm 20% li eritma tarkibida bo`lishini hisoblaymiz: 100 g eritmada 20 g sof H2SO4 bor x g eritmada 90,24 g 20% li eritma hosil qilish uchun sulfat kislotaning 96% li 50 ml eritmasiga qancha suv qo`shish kerakligini topamiz. 451,2 - 94 = 367,2 g Demak, 20% li eritma hosil qilish uchun sulfat kislotaning 96% li 50 ml eritmasiga 367,2 ml suv qo`shish kerak.
Molyar konsentrasiya -1 litr eritmada erigan moddaning grammlar hisobida olingan mollar soni bilan ifodalanadi va M harfi bilan ifodalanadi. M ning oldiga qo`yiladigan raqamlar eritma konsentrasiyasi necha molyarligini ko`rsatadi.Masalan; 2M Na2CO3-sodaning ikki molyar eritmasi bo`lib,1 l shunday eritmada 2 mol, ya’ni 106 2 212 g soda erigan bo`ladi. Molyar konsentrasiyasini CM, eritmaning hajmini V, eruvchi moddaning massasini m1 va uning nisbiy molekulyar massasini M2 bilan belgilasak, ular orasidagi bog`lanish quyidagi formulalar bilan ifodalanadi: (V-litr hisobida) (V-millilitr hisobida)
1-misol. 500 millilitrida 20,52 g alyuminiy sulfat tuzi bo`lgan eritmaning molyarligini aniqlang.
Yechish.1 litr (1000 ml) eritmada necha gramm AI2(SO4)3 borligini topamiz: 500 ml eritmada 20,52 g AI2 (SO4)3 1000 ml eritmada x g bo`ladi eritmaning molyarligini hisoblaymiz.1 mol AI2(SO4)3 342 g bo`lgani uchun 342 g AI2(SO4)3 - 1M 41,04 - x M
Do'stlaringiz bilan baham: |