1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya


Uy hayvonlarining insoniyat hayotidagi ahamiyati?


Download 119.37 Kb.
bet42/56
Sana16.06.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1507058
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
Bog'liq
ETOLOGIYA JAVOB

45.Uy hayvonlarining insoniyat hayotidagi ahamiyati? Xulq-atvor yoki xatti-harakatlar genetik jihatdan qanchalik genlarga bogʻliq yoki genlar tomonidan belgilanishi evolyutsiya mexanizmlaridan biri boʻlgan tabiiy tanlanishga tayanadi. Koʻp holatlarda qanday qilib xatti-harakatlar uni bajaradigan hayvonga yashash yoki koʻpayishiga foyda keltirishini koʻrishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, xatti-harakat moslanuvchanlikni oshiradi. Moslanishni aniq oshiradigan baʼzi bir xatti-harakatlarga misollar:Ona qushlar iniga qaytganda koʻplab tur polaponlari instinktiv ravishda ovqat uchun ogʻzini ochadi. Bunday irsiy xatti-harakatga ega boʻlgan qushlar boshqalari (ogʻzini ochmaydiganlari)ga nisbatan koʻproq ozuqa olishga erishadi va shu tariqa katta yoshgacha tirik qoladi.Kulrang ona gʻozlar tuxum tashqariga chiqib qolganda uni beixtiyor iniga qaytaradi. Ushbu irsiy xatti-harakatga ega boʻlgan gʻozlar boshqalariga nisbatan koʻproq tuxum ochishga moyil boʻladi.Erkak vyuroklar voyaga yetmagan, yosh davrida kuylashni oʻrganadi va uchrashuv marosimlarida ushbu kuylardan foydalanadi. Kuylashga moyil boʻlgan qushlar koʻpincha boshqalarga qaraganda tezroq oʻzlariga juft topadi.Soʻnggi misolimizda muhim nuqta shundaki, xatti-harakatning oʻzi irsiylanmagan boʻlsa ham, xatti-harakat tabiiy tanlanishga yoʻliqadi. Vyuroklarda kuylash qobiliyati toʻgʻridan toʻgʻri nasldan naslga oʻtmaydi, vyuroklar kuylashni oʻrganishi ham kerak. Ammo ularning qoʻshiqni oʻrganish qobiliyati va uni oʻrganishga moyilligi genetik jihatdan belgilangan, shuning uchun ular tabiiy tanlanishga tayanadi.Tugʻma xatti-harakat bu organizmda genetik jihatdan dasturlashtirilgan xati-harakat boʻlib, hech qanday oldingi tajribasiz signalga javoban toʻgʻridan toʻgʻri amalga oshiriladi.Shifokor koʻrigida tekshiriladigan tizza refleksi va chaqaloqlarning emish refleksi kabi refleks harakatlar juda oddiy tugʻma harakatlardir.Baʼzi organizmlar stimulga javoban tugʻma kinezis (harakatning yoʻnaltirilmagan oʻzgarishi) va taksisni (harakatning yoʻnaltirilgan oʻzgarishi) amalga oshiradilar.Harakatning belgilangan qonuniyatlari kalit stimul tomonidan qoʻzgʻatilgan harakatlardan tashkil topgan. Stimul boʻlmagan taqdirda ham qonuniyat tugallanadi.
Olimlar xatti-harakat tugʻma yoki tugʻma emasligini oʻrgatilmagan yoki shugʻullantirilmagan hayvonlarga stimul berib, uning xatti-harakati avtomatik ravishda ishga tushishini tekshirish orqali sinab koʻrishlari mumkin.Agar siz baliqchi qush (chayka) polaponlariga gʻamxoʻrlik qilayotganini kuzatsangiz, ovqatlanish paytida ularning qiziq odatini payqashingiz mumkin. Onaning tumshugʻida qizil dogʻ bor. Tumshugʻini yerga tekkizganida, polapon oʻsha qizil dogʻni bir necha marotaba choʻqiydi.Ushbu jarayon onada javobiy reaksiyani qoʻzgʻatadi: u bolalari uchun ovqatni tashlaydi. Bu biz uchun qoʻpol boʻlib tuyulishi mumkin, lekin chayka joʻjalari uchun bu kechki ovqatga pitsadek gap!Tumshugʻini yerga tekkizish xatti-harakati tugʻma yoki genetik jihatdan oldindan dasturlangan. Chayka joʻjalari ota-onalarining tumshugʻidagi qizil nuqtani oldindan hech qanday tayyorgarliksiz ham choʻqiyveradi. Aslida, chayka joʻjasi qizil nuqtasi bor sariq tayoqqa ham aldanishi mumkin, u tayoqni xuddi onasini hoʻqigandek choʻqiyveradi.Bu – tugʻma xatti-harakat yoki organizmga genetik jihatdan dasturlashtirilgan xatti-harakatning bir misoli. Mos signallar berilganda organizm tugʻma xatti-harakatni oldindan tajriba va oʻrganishga ehtiyoj sezmasdan amalga oshiradi. Tugʻma xatti-harakatlarni koʻpincha oldindan taxmin qilish mumkin va ular xuddi chayka qushlarida kuzatilgani kabi koʻpincha turlarning barcha aʼzolari tomonidan juda oʻxshash tarzda amalga oshiriladi.Baʼzi ozganizmlar yuqori harorat yoki mazali ozuqa manbasi kabi stimulga javoban xatti-harakatlarini oʻzgartirish tugʻma xulq-atvoriga ega. Kinezis holatida organizm harakatni yoʻnaltirilmagan shaklda oʻzgartiradi, masalan, signalga javoban tezlashadi yoki sekinlashadi. Misol uchun, eshakqurt (zaxkash) havo haroratiga qarab oʻz tezligini oʻzgartiradi. Harakatlar tasodifiy, ammo yuqori tezlik eshakqurtning yomon muhitdan chiqib ketish ehtimolini shiradi.Taksis – bu stimulga qarab yoki undan teskari harakatlanishni oʻz ichiga oladigan xatti-harakatlar shakli. Ushbu harakat fototaksis deb nomlanuvchi yorugʻlikka javoban, xemotaksis deb ataladigan kimyoviy signallarga javoban yoki geotaksis deb nomlanuvchi gravitatsiyaga javoban boʻlishi mumkin. Shuningdek, u stimul manbasi tomon harakatlanishi (ijobiy) yoki stimul manbasidan qochishi mumkin (salbiy).Masalan, eshakqurtlar salbiy fototaksisni namoyon qiladi, demak, ular yorugʻlikdan qochadi. Bu xatti-harakatlar ular uchun foydali boʻlishi mumkin, chunki eshakqurtlar nam muhitni talab qiladi va quyoshli, yorugʻ joy ular uchun issiqlik qilishi va quruq boʻlishi ehtimoli koʻproq.Harakatlarning belgilangan qonuniyatlari Harakatlarning belgilangan qonuniyatlari – kalit stimul tomonidan qoʻzgʻatilgan, oldindan taxmin qilish mumkin boʻlgan harakatlar ketma-ketligidan tashkil topgan. Belgilangan harakatlar reflekslarga qaraganda ancha murakkab boʻlsa-da, ular avtomatik va beixtiyoriy sodir boʻlmaydi. Harakat qoʻzgʻatilgach, hatto stimul olib tashlangan boʻlsa ham harakat davom etadi.

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling