abiiy tanlanish - organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Tabiiy tanlanish haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858— 59). Olimning fikricha, Tabiiy tanlanish — yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nayel krldirishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik Tabiiy tanlanish ning taʼsiri uchun zarur zamin hisoblanadi. Tabiiy tanlanish ning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilmaxilligi orta boradi; progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi.
jinsiy tanlanish — bir qancha xayvonlarda tabiiy tanlanish shakllaridan biri. J. t. bir xil (odatda, erkak) jinsga mansub individlarning (maye, erkaklar oʻrtasida sodir boʻlib turadigan) boshqa jins bilan qoʻshilish imkoniga ega boʻlishdagi oʻzaro munosabatlardan iborat. Ikkilamchi jinsiy belgilari (maye, pati, rangi, yirtqich tishlari va shoxlari) kuchli rivojlangan erkak hayvonlar boshqalariga nisbatan qarama-qarshi jinsni koʻproq jalb qiladi, binobarin koʻproq koʻpayish imkoniyatiga ega boʻladi. J. t. tushunchasini ilk bor Ch. Darvin taklif etgan. J. t. orqali tur uchun mutlaqo foydasiz, hatto zararli belgilar (maye, bugʻular erkagining yirik shoxi, baʼzi nari qushlarda juda uzun dum) ning paydo boʻlishini tushuntirib beradi. J. t. yashash, yaʼni hayot uchun zarur sharoit (oziq-ovqat, joy va b.)ga ega boʻlish uchun kurashdan iborat boʻlmaydi. J. t.da magʻlub individ yashab qoladi, hatto gʻolibdan ham uzoqroq umr koʻrishi, kelgusi mavsumda gʻolib boʻlishi ham mumkin. Koʻpchilik hayvonlar va barcha oʻsimliklarda J. t. boʻlmaydi. J. t. filogenetik rivojlanish omili sifatida eng yuksak rivojlangan hayvonlar, asosan qushlar va sut emizuvchilarda namoyon boʻladi.
|