1. Falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi ro'li Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman»
Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli
Download 112.54 Kb.
|
1. Falsafiy dunyoqarashning o\'z-o\'zini anglashdagi ro\'li Agar fa
2. Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli
Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bolib, ilmiy bilimlar orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi. Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning ozgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat. Odatda, falsafani organishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bolmasin, falsafa togrisida oziga xos biron bir tasavvur mavjud boladi. Bu tasavvurni u oz hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, oz atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bolgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani oqishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni korishi orqali hosil qilgan boladi. Kishi bunda ozining hayoti, yashashi, hayotdagi orni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar, gam-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan otishi haqida malum ta-savvurga ega bolib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, undagi predmet va hodisalar haqida, ozining ularga va ularning oziga munosabatlari haqida oz ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning ozi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, ozining kim-ligi, uning dunyoga va oz atrofidagi kishilarga munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo togrisidagi oddiy ong, oddiy qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari mavjud boladi. Kishilarning dunyoni va unga bolgan oz munosabatlarini organishi ularning oz turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari oz miyalarida qayta ishlanib, chuqur oylagan, nazariy ozlashtirilgan, ularning etiqodlariga aylangan oziga xos dunyoqarashning paydo bolishiga olib kelgan. Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi, tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida oziga xos inikosi bolib, u insonning dunyoni va oz-ozini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bolgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan konikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni malum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy ozlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda korishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi oz orni va rolini belgilashi hamdir. Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning oziga xos dunyoqarashi boladi. Shunga kora dunyoqarash oziga xos alo-hida, maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy oz-ozini anglash sifati-dagi oziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa va voqealarga kishi va kishilarning, ularning oz hayotiy maqsad va manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi munosa-batlarining ifodalanishidir. Shunga kora dunyoqarash insonning dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bolmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta ozlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning oziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, yani olamning haqiqiy manzarasini, holatini bilishdan iborat. Dunyoqarash bir butun uyushma bolib, ozida uch asosiy holatni: bilish - baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos boladi. Dunyoqarashning 3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qoyidagilardan iborat: Dunyoni his qilish; Dunyoni tasavvur qilish; Dunyoni tushunish. Download 112.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling