1. Falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi ro'li Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli Fan va ilmiy dunyoqarash shakli


Download 73.43 Kb.
bet6/6
Sana02.11.2023
Hajmi73.43 Kb.
#1740226
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
falsafadan mustaqil ish

Bog‘lanishlarning turlari. Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik, ta'sir va aks ta'sir asos bo‘ladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta'sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta'sirda bo‘lmagan birorta ham voqyea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta'sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lishi turli darajada bo‘lganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim yil mobaynidagi o‘zgarishini, ya'ni ulg‘ayishini yoki bo‘lmasa, tabiatdagi qish faslidan bahor fasliga o‘tishdagi o‘zgarishlarni oddiy ko‘z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, yer qa'ridagi ichki jarayonlarni ma'lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g‘aflatda qolib kelmoqdalar. Ya'ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug‘lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. ulardagi o‘zaro bog‘liqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson ko‘rish va ilg‘ash mumkin bo‘lgan, ochiq-oydin ro‘y beradigan voqyea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg‘ash qiyin bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo‘llaniladi. O‘rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga alohida e'tibor berilgan.
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli, bu yerda uning quyidagi qisqa ta'rifi bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo‘lishi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o‘tmishdan kelajakka tomon o‘tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalarning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bo‘lib turadi. Ba'zida taraqqiyotning ma'lum bir bosqichida oldingi bosib o‘tilgan davr takrorlangandek bo‘ladi, ammo bu ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Holbuki, har kuni tongda o‘sha Quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni, bog‘u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning ichidag‘ unda minglab bolalar tug‘ilmadimi, son-sanoqsiz jarayonlar ro‘y berib, yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmadimig‘ Ona zamin o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimig‘ Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishidir.
Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan.
Hayot gо‘zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan gо‘zaldir. Inson gо‘zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma’naviyligi, ya’ni ahloq va odobi hisoblanadi. О‘zbek xalqining “Inson odobi bilan gо‘zal” degan maqolining mohiyatida chuqur falsafiy ma’no yotadi.
Konfusiy insonni о‘z mohiyatini ma’naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi о‘zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj, his va tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir. Faqat insondagi ma’naviy mas’ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish kerakmasligini о‘rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi ma’naviylik inson va insonlar faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va mazmun beradigan omildir.
G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik mavjudot, tabiatdagi evolyusion о‘zgarishlarning mahsuli deb qaraldi.
Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi. Inson eng avvalo boshqa mavjudotlardan о‘zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Boshqa mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning о‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish malakasiga ega ekanligi ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson hayotida mehnat asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni о‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim B.Franklin “Inson mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir”, deb ta’riflagan.
Oilaviy munosabatlar va ma’naviy-ahloqiy meyorlar insonni hayvondan farq qiluvchi eng muhim xususiyati sanaladi.
Inson о‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi, о‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bо‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va ma’naviyatning yig‘indisi ekanligini ta’kidlamoqdalar. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar kirsa, uning ijtimoiy xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, о‘zini-о‘zi idora etish, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar bilan ish kо‘rish va boshqalar kiradi. Psixik xususiyatlarini ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar tashkil etadi.
Inson о‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson yashashining birlamchi, asosiy sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bо‘lish, qorin tо‘yg‘azish, lazzatlanish, boylikka ruju qо‘yishdangina iborat emas. Inson ruhi ham о‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj insonda ma’rifatparvarlik, odamiylik, adolatlilik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy himmatlilik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga olib keladi.
Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolatni о‘rnatib, sahiy va oliyhimmat bо‘lishga undaydi. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir.
Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida mujassamlashtirgan individ. Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi.
Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi, ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. Natijada insonda irsiy bо‘lmagan yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi.
Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir. U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi.
О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan.
Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. Erkinlik – insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon, matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi.
Inson, shaxs tushunchalari bilan birga fuqaro, fuqarolik tushunchalari ham yonma-yon ishlatib kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi “faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib, hozirgi davrda uning ma’nosi о‘zgarib ketgan.
Fuqarolik tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa-da, asosan о‘rta asrlar oxirida feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga о‘ta boshlaganida, hozirgi shakl va mazmunda paydo bо‘la boshlagan. Ilk bor fransuzchada “situayyan”, inglizchada “sitizen” – “shaharli”, ruscha “gorojanin - grajdanin”, ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal munosabatlardan ozod inson, jamiyatning teng huquqli a’zosi, degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan sо‘ng, о‘zbek tilida о‘tmishdagi “grajdanlik” sо‘zi о‘rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.
Ushbu mavzuni yoritishda falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan biri ekanligiga, falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos tushuncha ekanligiga, u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik kabi ko`plab muammolar haqidagi fan ekanligiga e'tiborni qaratish lozim. «Falsafa» atamasi yunoncha «filosofiya» so`zidan olingan bo`lib, «donishmandlikni sevish» ma'nosida ishlatiladi. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy maslalar bilan shug`ullanishidan qat'iy nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm hisoblangan. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni haqidagi qarashlar tizimi ekanligini talabalar anglab etishlari zarur bo`ladi. Shu bilan birga talabalar bir narsani yaxshi anglashlari zarur bo`ladiki, u ham bo`lsa falsafa fanining birinchi bo`lib, sharqda paydo bo`lganligini, ya'ni falsafa fanining vatani Osiyo ekanligini anglab etishlari zarur, holbuki «filosofiya» yunonchadan olingan bo`lsada, bu falsafaning vatani Yunoniston, ya'ni Evropa emasligini anglab etishlari muhimdir. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «filosofiya» so`zini «hikmatni qadrlash», deb talqin etganligiga talabalar e'tiborini qaratish zarur bo`ladi. Shu bilan bir narsani anglab etish lozimki, falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo`lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy baholashni taqazo etadi. Bu 12 ham bo`lsa tanqidiy yondoshuv va vorislik fasafaning muhim xususiyatlaridan ekanligini anglashdir. Har bir falsafiy g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun Aflotun, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar o’z davri ruhidan kelib chiqib falsafiy g’oyalarni ilgari surganlar. Bir vaqtlar falsafa «fanlarning fani» mavqeini olganligiga e'tiborni qaratib, talabalarga shuni ta'kidlash lozimki, falsafa hech qachon da'vogar bo`lmagan. Gap shundaki, fanlar klassifikatsiyasiga ko`ra, xususiy va umumiy fanlarga bo`linadi. Barcha fanlar xususiy fanlar yoki spetsifik fanlar deb ataladi. Falsafa esa, umumiy fanlar majmuasini tashkil etadi. Shuning uchun falsafa fani barcha fanlar uchun metodologik asos rolini bajaradi. Demak, falsafa fani tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o`rganadi. Shu jihatdan olganda, falsafa fani barcha fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan dialektik birlik va aloqadorlikdadir. Ijtimoiy - gumanitar fanlarsiz falsafani to`liq tushunib bo`lmaganidek falsafasiz ham bu fanlar taraqqiyotini bilish, tushunib etish mumkin emas. Falsafaning boshqa fanlarga ta'sirini bilmoq uchun, metodologiya sifatidagi ahamiyatini anglamoq uchun dunyoqarash tushunchasining mohiyatini anglamoq zarur. Dunyoqarash - kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va tizimlaridan iborat. Dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatining faoliyati yo`nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Dunyoqarash o`zining tub mohiyatiga ko`ra mifologik, diniy, falsafiy turlarga bo`linadi. Mifologiya - kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo`lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Voqelikni bilishning, dunyoga qarashning o`ziga xos usuli bo`lgan mifning xususiyati shuki, hamma narsa va hodisalar unda bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko`chirish mumkin bo`ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlab ko`rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga osonlik bilan ko`chirilganligi sababli u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qg`anday o`zgarishlar qilishi va jasoratlar ko`rsatish mumkin bo`ladi. Har qanday mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida engadi, o`ziga bo`ysundiradi va shakllantiradi. Mifologiya, binobarin, tabiatning ana shu kuchlari ustidan haqiqatda hukmronlik boshlanishi bilan yo`qolib ketadi. G`ayritabiiy kuch haqidagi tasavvurlar mavjud bo`lganligi sababli mifologiyada din elementlari bor, shuningdek, unda axloqiy qarashlar ham 8.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi:
Milliy;
Diniy;
Mintaqaviy;
Umuminsoniy turlarga bo‘linadi.
Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi.
Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi”


bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir.


Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash,
Download 73.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling