Ro‘za. - Ro‘za.
- Ro‘za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari eyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za Hijratning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. SHuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro‘za tutiladi.
- Haj.
- Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, O‘rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilga «qudrati etganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va umra amallari oldinma-ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoq.
Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi. - Islomdagi bo‘linishlarning birlamchi zamini Muhammad alayhis-salom vafotlaridan boshlangan. CHunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab musulmonlarning marhum yo‘lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar kim bo‘lishi ochiq-oydin ko‘rsatilmaganida edi. Ammo Payg‘ambarga “xalifa” (o‘rinbosar) bo‘lishga sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida “ishora” bo‘lgani manbalarda qayd etilgan. Rasululloh vafotlari arafasida Abu Bakr Siddiqning namozda musulmonlarga imomlik vazifasini o‘tab berishga bergan ko‘rsatmalari yirik sahobiylar tomonidan mazkur “ishora” sifatida qabul qilingan edi.
- Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan bo‘lsa, xalifa Usmon ibn Affon davriga kelib jamoa orasida fitnalar paydo bo‘ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |