1. Fanning maqsad va vazifalari. Metrologiya bо‘yicha asosiy atama va tushunchalar


Download 20.89 Kb.
bet2/5
Sana17.11.2023
Hajmi20.89 Kb.
#1782872
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Amaliyot

Metrologiya – О‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari tо‘g‘risidagi fan.
О‘lchashlar birliligi – О‘lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va о‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma’lum bо‘lgan holat.
О‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yо‘li bilan topish.
О‘lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega bо‘lgan о‘lchash asbobidir. О‘lchash vositasi, о‘z navbatida, о‘lchov, о‘lchash о‘zgartirgichlari, о‘lchov asboblari, о‘lchash axborot tizimi va о‘lchash qurilmalari kabi turkumlarga bо‘linadi.
О‘lchash asbobi (pribor) deb, kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi о‘lchov informatsiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan о‘lchash vositasiga aytiladi.
О‘lchov deb, berilgan о‘lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mо‘ljallangan о‘lchash vositasiga aytiladi. О‘lchovlar bir qiymatli, kо‘p qiymatli va о‘lchovlar tо‘plamidan iborat bо‘ladi. Bir qiymatli о‘lchovlar bir xil о‘lchamli fizik kattalikni qayta о‘lchaydi. Masalan: о‘zgarmas sig‘imli kondensatorlar, qadoq toshlar. Bir qiymatli о‘lchovlardan tо‘plamlar va magazinlar tashkil topadi. Kо‘p qiymatli о‘lchovlarga bо‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik variometri va о‘zgaruvchan sig‘imli kondensator misol bо‘ladi. О‘lchovlar tо‘plami deb, maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli о‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta о‘lchash maqsadida qо‘llaniladigan о‘lchovlar majmuiga aytiladi.
Birlik etaloni – Fizik kattalikning о‘lchamini boshqa о‘lchash vositasiga berish maqsadida fizik kattalik birligining о‘lchamini qayta tiklash va saqlash uchun mо‘ljallangan о‘lchashlar vositasi.
Davlat etaloni – О‘zbekiston Respublikasi hududida kattalik birligining о‘lchamini о‘rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich ztalon sifatida tan olingan etalon.

Download 20.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling