1. Fanning maqsad va vazifasi. Kimyo fanining tarixi


Download 107.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.10.2023
Hajmi107.31 Kb.
#1727441
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma`ruza

1-jadval 
Birikma nomi 
Tarkibi, % hisobida 
Tarkibi, og‟irlik qism hisobida 
Uglerod 
vodorod 
uglerod 
vodorod 
Metan CH
4
75 
25 


Etilen C
2
H
4
85,71 
14,29 




Moddaning ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan modda miqdori 
gramm-ekvivalent deyiladi. Masalan: N
2
SO

ning gramm-ekvivalentini hisoblaymiz: 
98 
E = — = 49 g/ekv 

Kimyoviy ekvivalent tushunchasi amaliy hisoblashlarni bajarishda qo‟l keladi (normal 
eritmalar, el- ektrokimyoviy jarayonlar va h.). 
Hajmiy nisbatlar qonuni. Bu qonun 1805 yilda Gey-Lyussak (Fransiya) tomonidan 
kashf etilgan bo‟lib u quyidagicha ta‟riflanadi: 
Bir xil fizikaviy sharoitda (P,T) kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari 
o‟zaro va reaksiya natijasida hosil bo‟ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar 
nisbati kabi nisbatda bo‟ladi. 
Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyaga 
kirishganda 2 hajm suv bug‟i hosil bo‟ladi. 
Sanoatda juda ko‟p qo‟llaniladigan gaz analizi usuli shu qonunga asoslangan (Ors, 
Vyurs-Shtroleyn, BTI — Butunittifok teplotexnika instituti gaz analizatorlari). 
Avogadro qonuni. Tabiiy bilishning asosiy qonunlaridan bin — Avogadro qonuni 
italyan olimi Avogadro tomonidan 1811 yilda maydonga tashlangan: 
Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan 
turli gazlarning mole- kulalar soni o‟zaro teng bo‟ladi. 
Bu qonunni shuningdek, konsentratsiya uncha katta bo’lmagan holatlarda ionlar va 
ionlashgan gazlar elektron- lari uchun qo’llash mumkin. 
Keyinchalik (1850 yil o’rtalarida) Jerar tomonidan Avogadro qonuniga asoslanib
gaz holatdagi moddalarning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda molekulyar massasini 
aniqlashning ikki yo’lini ko’rsatildi: 
Bir xil fizik sharoitda har qanday gazning gramm-molekulasi bir xil hajmni egallaydi 
(O°C, 760 mm. sim. ust.). 
v = 22414 sm
3
/mol = 22,4 l/mol yoki 22,4 m
3
/kmol. 
Bu miqdor gazlarning molyar xajmi deyiladi. 
Gazsimon moddaning molekulyar massasi uning vodorodga nisbatan zichligini ikkiga 
ko‟paytirilganiga teng (aniqrog‟i 2,016). 
M
x
= M
h
= 2,016D
x
(2) 
2 P
H 2
bu yerda: D
X
(H
2
) - X gazining vodorodga nisbatan zichligi yoki 
X va H
2
gazlari zichliklarining nisbati, bu oddiy fizik 
eksperiment bilan aniqlanadi. 
1908-1910 yillarda fransuz olimi Perren tomonidan birinchi bo‟lib 10 g molekula 
gazdagi (n.sh.da) molekulalar soni aniqlandi: 
N = 6,02 • 10
23
mol
-1
Bu son Avogadro soni deb ataladi. 


Nazorat uchun savol va mashqlar. 
1.Kimyoning fan sifatida shakllanish tarixi haqida nimani bilasiz? 
2.O‟zbekistonda kimyo fani va uning tarixiga oid qanday ma‟lumotlar bor? 
3.O‟zbekistondagi kimyo sanoatining qanday tarmoklarini bilasiz? 
4.Respublikamiz kimyo fani rivojiga munosib hissa qo‟shgan va qo‟shayotgan
akademiklardan kimlarni bilasiz? 
5.«Korpuskula» va molekula o‟rtasida qanday farq bor? 
6.Kimyoviy element massasi energiyaga aylanishi mumkinmi? Javobingizni izohlang. 
7.Tarkibning doimiylik qonuniga qanday moddalar bo „ysunadi? 
8.H
3
PO
4
va HCl ning ekvivalent massalarini hisoblang. 
9.Gazning molyar hajmi deganda nima tushuniladi? 
10.Modda massasining saqlanish qonunini mohiyati nimadan iborat? 
Mavzuga oid tayanch iboralar 
1) 
Atom-molekulyar ta‟limot 
2) 
Atom 
3) 
Massaning saqlanish qonuni 
4) 
Tarkibning doimiylik qonuni 
5) 
Karrali nisbatlar qonuni 
6) 
Ekvivalentlar qonuni 
7) 
Ekvivalent 
8) 
Xajmiy nisbatlar qonuni 
9) 
Avogadro qonuni 
10) 
Molyar hajm 
11) 
Nisbiy atom massa 
12) 
Nisbiy molekulyar massa  

Download 107.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling