1. Fanning maqsad va vazifasi. Kimyo fanining tarixi


Download 107.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.10.2023
Hajmi107.31 Kb.
#1727441
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma`ruza

Atom-molekulyar ta’limot. Moddalarning nihoyatda mayda zarrachalar atomlardan 
tuzilganligi haqidagi tasavvurlar qadimgi Gresiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi V asrda 
Demokrit moddaning eng mayda bo‟linmaydigan zarrachasini atom deb atadi. Lekin atomning 
qanday zarracha ekani va uning xossasi to‟g‟risidagi tasavvurlar XVI asrning boshlaridan 
o‟rganila boshlandi. Fransuz olimi P.Gassendi tarixda unutilib yuborilgan atom tushunchasini 
fanga yana kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko‟p emas, 
degan fikrni maydonga tashladi. Lekin bu fikrni o‟zi bilan moddalar asosini tashkil qiluvchi 
zarrachalar to‟g‟risidagi tasav- vurlarni to‟la tushuntirib berib bo‟lmaydi. 
Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta‟limot XVIII - XIX asrlardagina yaratildi. Bu 
ta‟limotni 1741 yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uning mazmunini «Matematik kimyo 


elementlari» asarida bayon etdi. 
Atom-molekulyar ta‟limotning mohiyati quyidagilardan iborat: 
1) barcha moddalar «korpuskula» lardan iborat bo‟lib, ular bir-biridan oraliq fazo bilan 
ajralgandir (Lomono- sovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma‟nosiga ega); 
2) «korpuskula»lar to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi. 
3) «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element» 
tushunchasi hozirgi «atom» ma‟nosiga ega). «Element»lar ham to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi; 
4) «element»lar aniq massa va o‟lchamga ega; 
5) oddiy moddalarning «korpuskula»lari bir xil «element»lardan, murakkab 
modddalarning «korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan bo‟ldi. 
Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o‟zgarishlarining tabiati 
haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari atom-molekulyar ta‟limot asosida moddalarning diskretligi 
prinsipi yotadi, ya‟ni moddalar yaxlit bo‟lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan. 
Moddalar doimo harakatda bo‟ladi: jism harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, harakat ham 
shunchalik intensiv bo‘ladi. 
 
Ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig‟ilgan tekshirish natijalariga asoslanib, 
1808 yilda atomistik ta‟limotni yaratdi. U atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini 
kashf etdi. Atomistik ta‟limot mohiyati quyidagicha: 
a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq 
zarrachalarga bo‟lina olmaydi; 
b) har qaysi kimyoviy element faqat o‟ziga xos «oddiy» atomlardan tuzilgan bo‟lib, bu 
atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o‟ziga xos massa va 
o‟lchamga ega; 
v) kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o‟zaro aniq va 
o‟zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi; 
g) faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo‟lgan atomlargina o‟zaro birika oladi, bir 
elementning atomlari hech qachon o‟zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular bir-biridan 
itariladi. 
Dalton atomistik ta‟limotga asoslanib, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta‟rif berdi: 
Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir. 
Dalton ta‟limotida kamchiliklar borligi o‟sha vaqtdayoq ma‟lum bo‟ldi. Birinchidan, 
oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo‟lishini inkor etdi. Ikkinchidan, murakkab 
moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir ele- mentning bir atomi ikkinchi elementning faqat 
bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda suv NO, ammiak NH, etilen SN kabi formulalar 
bilan ifodalangan bo‟lar edi. Shuning uchun ba‟zi elementlarning atom massalari ikki xil 
qiymatli bo‟lib chiqdi. Demak, atom bo‟linishi mumkin deb faraz qilishga to‟g‟ri keladi, bu esa 
atom bo‟linmaydi degan fikrga ziddir. 
Ko‟rinib turibdiki, atom-molekulyar ta‟limotning mohiyati chuqur ilmiy asoslanganligi 
sababli atomistik ta‟limotda yechilmagan masalalarni ham yoritib berilganligini ko‟rsatadi. 

Download 107.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling