Metodologik funksiya. Uning ma’nosi shundaki, falsafa metod sifatida
umumiy ta’limot va inson tomonidan voqelikni bilish hamda o’zlashtirishning eng
umumiy metodlari yig’indisidir.
Prognostik funksiya. Bu funksiya materiya va ong, inson va olam
taraqqiyotining eng umumiy tendensiyalari haqidagi farazni anglatadi. Falsafa fanga
asoslansa, ehtimollikning faraz darajasi shuncha yuqori bo’ladi.
Falsafa nazariy tafakkur va donishmandlik maktabi sifatida ham funksiya
bajaradi. Bu narsa ayniqsa falsafa tarixini o’rganishga dahldordir.
Falsafaning tanqidiy funksiyasi. Bu funksiya nafaqat boshqa fanlarga, balki
falsafaning o’ziga nisbatan ham qo’llaniladi. «Hamma narsaga shubha bilan qarash»
degan prinsip antik zamondan boshlab qo’llanilib kelinadi.
Falsafaning tanqidiy funksiyasi bilan uning aksiologik funksiyasi uzviy
bog’langan (grekcha aksios - qadrli). Har qanday falsafiy tizim o’zi o’rganayotgan
ob’ektni muayyan qadriyatlar nuqtai nazardan baholaydi: sotsial, axloqiy, estetik,
mafkuraviy va h.k. Bu funksiya ijtimoiy taraqqiyotning o’tish davrlarida alohida
rolp o’ynaydi (mustaqillik va qadriyatlar). CHunki bu davrlarda eski qadriyatlardan
qay birini davom ettirish masalasi kelib chiqadi.
Sotsial funksiya. Bu funksiya ko’p yoqlama xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy
hayotning rang-barang jihatlarini qamrab oladi. Umuman olganda falsafa ikki
yoqlama vazifani bajaradi, birinchidan, sotsial borliqni tushuntirish, ikkinchidan,
uning moddiy va ma’naviy o’zgarishlariga ta’sir etish.
Insonparvarlik funksiyasi. Buning ma’nosi shundaki, falsafa har bir individ
hayotida gumanistik qadriyatlar va ideallarni shakllantirish, hayotning ijobiy ma’no-
maqsadlarini tasdiqlashga xizmat qilishi kerak. Demak, u intellektual davolash rolini
bajaradi, ayniqsa, jamiyatda beqarorlik yuz berganda, eski qadriyat va ideallar
minbardan tushib, yangilari hali shakllanishga ulgurmagan yoki obro’ qozona
olmagan paytlarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Endi esa ma’ruzamizning asosiy qismi bo’lmish bu fanning jamiyatda tutgan
rolini ko’rib chiqamiz. Hamma jamiyatlar qatori bizning jamiyat ham bir qator
kamchiliklardan xoli emas. Va afsuski ularning ko’pchiligi aynan falsafiy
dunyoqarashning o’z vazifasini bajara olmaganligidan kelib chiqqan desak xato
bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |